Kichik o‘lchamli va kichik massali (2,5 t gacha) buyumlar uchun cho‘yanni qizdirib payvandlashdan foydalanish mumkin, chunki qizdirilgan metall hajmi katta bo‘lganda payvandlash
121
qiyinlashadi. Cho‘yanni qizdirib payvandlash quyidagi ketma- ketlikda bajariladi.
Payvandlashga tayyorlash. G‘ovaklar va shlak aralashmalari kesib olib tashlanib yoki parmalab batamom yo‘qotiladi. Payvandlanishi kerak bo‘lgan darzlar kesib olib tashlanib ishlov beriladi; 3—6 mm o‘lchamli to‘mtoqliklar kesib olinmaydi. Agar eritib qoplanishi kerak bo‘lgan metall hajmi katta va 60 sm dan ortiq bo‘lsa, u holda payvandlash uchun mo‘ljallangan joy shunday qoliplanishi kerakki, vannaning shu qismini suyuq cho‘yanga to‘ldirish mumkin bo‘lsin. Qoliplash grafit plastinalar yoki suyuq shishada qorilgan qoliplash qumi bilan bajariladi. Qolip vannadan suyuq metallning oqib chiqishiga imkon bermasligi kerak (2.5.1-rasm).
Qolipda suyuqlantirilgan vanna hajmi cho‘yanning suyuq holatda turish imkonini ta'minlashi lozim. Bitta seksiya payvandlab bo‘linganidan va payvandlangan hudud qotganidan keyin quyma chiqarib olinadi.
Pechlarda yoki maxsus qizdirish o‘ralarida qizdirish. Gaz alangasida payvandlashda qizdirish harorati, odatda 450 —600˚C atrofida saqlab turiladi. Payvandlash oldidan cho‘yan buyumlarni bunday yuqori haroratgacha qizdirish chok metalining sovitilish tezligini pasaytirish va unga nisbatan yuqori plastiklik xossalari
5
k.5.1-raxm. Darz ketgan cho‘yan buyumni qizdirib turib payvandlashga tayyorlash:
1 — darz; 2 — grafit plastinalar; S — qoliplanadigan aralashma;
4 — payvandlanadigan buyum; 5 — grafit qo‘yma.
122
berish, shuningdek, kesuvchi asbob bilan ishlov berish imkonini tug‘dirish uchun talab etiladi; butun buyum bir tekis sovishi va darzlar vujudga kelmasligi uchun payvandlashdan keyin ham qizdirilishi zarur.
Payvandlash. Gaz alangasida payvandlash 5—7-raqamli uchlikli gorelka bilan normal alangada bajariladi. Uglerodlovchi alanga bilan payvandlashga ham ruxsat etiladi. Cho‘yanlarni gaz alangasida payvandlaganda albatta flyusdan foydalanish kerak. Flyus sifatida ko‘pincha qizdirilgan bura yoki 50% natriy karbonat va 50% natriy bikarbonatdan iborat aralashmadan foydalaniladi. Payvandlash vannasini uchuvchi bororganik suyuqlikdan iborat БM-1 gazsimon flyusi bilan himoyalash ancha samaralidir.
Gaz alangasida qizdirib payvandlashda A, Б, MU-1, MU-2 va MU-3 cho‘yan chiviqlari qo‘shimcha material bo‘lib xizmat qiladi. Payvandlashda chiviqlar suyuqlantirib qoplangan metallning perlit-ferritli yoki perlitli strukturaga ega bo‘lishini ta'minlaydi.
Gaz alangasida payvandlaganda cho‘yan chiviq payvandlash vannasiga faqat chiviqning uchi och qizil rangga kirish ha- roratigacha qizdirilgandan keyin botiriladi. Chiviq faqat uning yuzasiga flyus yugurtirish uchun vannadan chiqarib olinadi. Asosiy metall va payvandlash chizig‘i flyus qatlami ostida su- yuqlanadi.
Payvandlanadigan qismlarning biriktirilish sifati va u bog‘liq bo‘lgan harorat payvandlash vannasining shakliga qarab aniq- lanadi. Vannaning yuzasi qavariq bo‘lsa, birikma yomon baja- rilganligini ko‘rsatadi (2.5.2-rasm, a).
a b d
k.5.k-raxm. Qizdirilishiga qarab payvandlash vannasining shakli:
a — sovuq; b — o‘ta qizdirilgan; d — normal.
123
Bunday holda payvandchi buyum devorlarini ko‘proq qizdirishi kerak. Vanna haddan tashqari qizdirilganda buyum devorlari jadal suyuqlanadi, devorda juda xarakterli kesik hosil bo‘ladi (2.5.2-rasm, b). Bu holda alangani vanna markaziga ko‘chirish, vannaga sterjen bo‘lakchalarini, elektrodlar yoki oldindan tayyorlab qo‘yilgan cho‘yanning mayda bo‘lakchalarini solib, uning haroratini pasaytirish talab etiladi.
Payvandlash to‘g‘ri bajarilganida kesiksiz payvandlash vannasining botiq yuzasi hosil bo‘ladi (2.5.2-rasm, d); suyuq cho‘yan detal devorlarini yaxshi ho‘llaydi.
Cho‘yanni ko‘p qatlamlab payvandlash kamdan kam hollarda va butan vannani suyuq holatda saqlab turish mumkin bo‘lmagan hollardagina qo‘llaniladi.
4. Sovitish. Qizdirib payvandlangandan keyin buyumlar sekin, ba'zan 3 — 5 sutka davomida sovitiladi. Buyumni sovitishga quyidagicha tayyorlanadi. Payvandlash tugagandan keyin chok metalining yuzasiga pista ko‘mirning mayda kukuni qatlam tarzida sepiladi, buyumning o‘zi esa hamma tomondan asbest tunukalar va quruq qum bilan o‘rab yopiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |