3| GAZ ALANGASIDA ISHLOV BERISH VA GAZ BILAN
PAYVANDLASHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI
3.1. GAZ BILAN PAYVANDLASHDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI
Gaz bilan payvandlashda xavf sodir bo'lishining asosiy manbalari quyidagilar bo'lishi mumkin: - asetilen generatorlari, kalsiy karbidi va gorelkalardan noto'g'ri foydalanilganida, shuningdek, alanga gorelka ichiga
urganida asetilen-havo aralashmasining portlashi;
agar suv tambasi ishga tushmasa alanganing orqaga urilishi oqibatida asetilenli generatorlarning portlashi (suv tambasi har doim belgilangan sathgacha suvga to'lg'azilgan bo'lishini kuzatib turish va tambaning nazorat jo'mragini ochib uni vaqt-vaqti bilan tekshirib turish kerak);
agar ballon shtutserida yoki reduktor klapanida moy bo'lsa, kislorod ballonlarini ochish paytida ularning portlab ketishi; kislorod ballon ventili keskin ochilganda uning yonib ketish hollari ham bo'lishi mumkin;
- gorelka alangasidan ehtiyotsizlik bilan foydalanish; alanga
sochning, kiyimning yonishiga, payvandchining kuyishi va
xonada yong'in chiqishiga sabab bo'lishi mumkin;
- payvandchilar yorug'lik filtrlaridan foydalanmagan hol larda ko'zlarining kuyishi (payvandlash va boshqa gaz alangasi yordamida ishlov berish jarayonlarida payvandchilar F-1, 1-2 va F-3 oynali, yordamchi ishchilar esa B-1, B-2 va B-3 oynali himoya ko'zoynagi taqib ishlashlari kerak, ulardan I-3 va B-3 oynalilari eng to'q rangda);
- xonada havo almashtirish ventilatsiyasi bo'lmaganda to'planib qolgan zararli gaz bilan zaharlanish; zararli gazlar to'planib qolishi mumkin bo'lgan bo'linmalar, o'ralar va rezervuarlar ichida gaz alangasi yordamida ishlarni bajarishda so'rish-haydash ventilatorlari ishlashi kerak.
1 m³ yongan asetilenga 2500-3000 m³ havo ventilatsiyasi boʻlishi kerak. Kichik hajmli xonalarda (sosudlar, sisternalar va shu kabilarda) 1 m³ yongan asetilen miqdoriga 4000-5000 m³ havo ventilatsiyasi bo'lishi zarur.
Ochiq alanga bilan asetilen apparatiga 10 m masofaga yaqinlashish mumkin emas. Generator hajmi kamida 60 m³ va havosi yangilanib turiladigan xonaga o'rnatilishi zarur. Apparatdagi suv muzlab qolmasligi uchun xonaning harorati kamida 5°C bo'lishi kerak.
Suv tambasi hamisha tegishli sathgacha suvga to'la bo'lishini kuzatib turish hamda tamba kranini ochib, uni vaqt-vaqti bilan tekshirib turish lozim. Karbid solingan retortaga suv quygandan keyin uni gazning birinchi porsiyalari bilan puflab, tashqariga chiqarib yuborish kerak. Suv tambasini ishga solmasdan yoki buzuq suv tambasi bilan ishlash man etiladi.
Yuklash qutilari seksiyalarini karbidga to'lg'azib yuborish yoki generatorning texnik pasportida ko'rsatilgan o'lchamdan boshqa o'lchamdagi karbid ishlatish mumkin emas. Generator korpusi va kameralarga suv yuboriladigan idish doim suvga keragicha to'lg'azilgan bo'lishini kuzatib turish zarur. Qayta zaryadlash uchun kamerani uning nazorat kranidan suv oqa boshlaganidagina ochish kerak. Qopqoqni ochishdan oldin gazni nazorat krandan chiqarib yuborib, kameradagi bosimni kamaytirish kerak. Belgilangan chegaradan ortiq asetilen sarflab, generatorga o'ta kuchlanish berib bo'lmaydi. Bitta suv tambasiga bir necha gorelka yoki keskichni ulash man etiladi. Generator har kuni ishlatilsa bir oyda kamida ikki marta ohak quyqasidan suv bilan yaxshilab tozalash kerak.
Ishlatilgan generator nuqsonlarini payvandlash zarur bo'lib qolsa, uni oldindan qurigan ohak quyqasi qoldiqlaridan yaxshilab tozalash va bir necha marta suv to'lg'azib yuvish, payvandlashga doir barcha ishlar esa ochiq havoda bajarilishi lozim. Asetilenli generatordan foydalanish va unga qarash qoidalarini
ayni generatorni ishlatish qo'llanmasiga muvofiq qat'iy bajarish lozim. Gaz to'ldirilgan ballonlarni tashishda jo'mrakni shikast lanish yoki ifloslanishdan saqlash uchun ularga muhofaza qalpoqchasini burab kiygizish kerak. Ballonlarni qalpoqsiz
tashishga ruxsat berilmaydi. Ballonlarni zambillarda (3.1-rasm)
yoki maxsus aravachalarda (3.2-rasm) tashish zarur. Ballonlarni
yelkada ko'tarib tashish man etiladi.
Ballonlarni tashishda, shuningdek, ularni ortish yoki tushi rishda ballonlar bir-birining ustiga tushib ketishiga va urilishiga yo'l qo'ymaslik choralarini ko'rish zarur.
To'ldirilgan ballonlar tushib ketmasligi uchun maxsus ustunchalarga mahkamlanib tikkasiga saqlanishi kerak. Bo'sh ballonlarni ko'pi bilan to'rt qator qilib taxlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |