k.4.k. Uglerodli po‘latlarni payvandlaxh texnologiyaxi
Uglerodli oddiy sifatli po‘latlar uchun GOST 380-94
bo‘yicha quyidagi rusumlar belgilangan:
Ct0,
Ct1,
Ct2,
Ct3,
Ct4,
Ct5,
Ct6.
Sifatli uglerodli konstruksion po‘latlar mas'uliyatli payvand konstruksiyalarda ishlatiladi. Ular GOST 1050-74 bo‘yicha ishlab chiqiladi, mexanik xususiyatlari va kimyoviy tarkibi kafolatlanadi. Sifatli uglerodli po‘latlar raqamlar bilan rusum- lanadi. Raqamlar uglerod miqdorining yuzdan bir foizini bel- gilaydi. Masalan, Po‘lat 05 — po‘latda uglerod miqdori 0,05% ni tashkil etadi.
Ham uglerodli po‘latlarni payvandlaxh. Tarkibida 0,25% gacha uglerod bo‘lgan kam uglerodli po‘latlar normal alanga bilan yaxshi payvandlanadi. Payvandlashda uglerod, marganes va kremniy yonib ketishi, bu esa chokning mustahkamligini yomonlashtirishi mumkin. Qalinligi katta detallarni payvand- lashda mexanik xossalarni baravarlashtirish uchun payvand- lanadigan detallarga termik ishlov berish mumkin (normal- lashtirish, past haroratda yumshatish). Ish unumdorligini oshirish uchun oksidlovchi alangadan foydalanish mumkin. Bunda tarkibida oksidsizlantiruvchilar — marganes va kremniy ko‘p bo‘lgan qo‘shimcha materialdan, masalan, Cb-08F2C, Cb-12FC simidan foydalanish kerak.
110
O‘rtacha uglerodli po‘latlarni payvandlaxh. Bunday po‘latlarda payvandlash vaqtida kristallanish yoriqlarini hosil qiluvchi, shuningdek, chok atrofi zonasida kam plastik struk- turalar va yoriqlar hosil qiluvchi uglerod miqdori ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun chok metalining chidamliligini oshirish uchun (kristallanish yoriqlari hosil bo‘lishiga qarshi) chok metali tarkibidagi uglerod miqdorini kamaytirish kerak.
Toblangan strukturalarning paydo bo‘lishini kamaytirish uchun buyumni dastlab va payvandlash vaqtida qizdirib turish kerak. Payvand birikmasining asosiy metall bilan bir xil mus- tahkamlikda bo‘lishiga erishishning ishonchli usuli chok metalini marganes yoki kremniy bilan qo‘shimcha legirlashdir.
O‘rtacha uglerodli po‘latlarni payvandlashda faqat normal alangadan foydalaniladi, uning quvvatini kam uglerodli po‘lat- larni payvandlashdagiga qaraganda 20 — 30% kam qilib qabul qilinadi. Metallning qalinligi 3 mm dan ortiq bo‘lganida pay- vandlashdan oldin 250 — 350˚C gacha umumiy qizdirish yoki payvandlash zonasini kallak bilan 600 — 700˚C gacha mahalliy qizdirish tavsiya etiladi. Chok metalining xossalarini oshirish uchun tarkibida 0,5 dan 1,0 gacha xrom va 2 — 4% nikel bo‘lgan qo‘shimcha simdan, masalan, Cb-18XFC dan foydalanish mumkin.
Yuqori uglerodli po‘latlarni payvandlaxh. Yuqori uglerodli po‘latlardan (C>0,45%) payvand konstruksiyalar yasalmaydi. Ular ta'mirlash ishlarida, eritib qoplashda ishlatiladi. Bunda boshqa yomon payvandlanadigan po‘latlarni payvandlash, eritib qoplash usullari kabi usullar ishlatiladi (oldindan va keyin issiqlik bilan ishlov berish, qizdirib borish, payvandlash rejimlari).
Bu holda payvandlashning chap usulini qo‘llab, normal alanga yoki biroz uglerodga boyitadigan alanga bilan uglerodi kam qo‘shimcha simdan foydalanib payvandlash yaxshidir. Flyus sifatida buradan foydalanish mumkin. Qirralarning qalinligi 5 — 6 mm dan oshmaganida birikma sifatli chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |