Prolyuvial yotkiziqlar – tog‘ etaklari va adirlarda sel suvlari to‘plangan turli o‘lchamli tosh, shag‘al, qum kabi har xil mexanik tarkib aralashmasidan tashkil topgan. Bu yotqiziq asosan sel suvlari ta’sirida bo‘lsa buni sel yotqiziqlari ham deyiladi. Masalan: Farg‘onadagi toshloqlar prolyuvial yotqiziqlardir. Ko‘pincha bu ona jinslar taqir tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi.
Allyuvial yotqiziqlar – oqar daryo suvlari oqizib keltirilgan va saralangan turli qalinlikdagi qatlamli yotqiziqlardan iborat bo‘lib, daryo vodiylarida keng tarqalgan. Bu yotqiziqlar toshqinlar vaqtida hosil bo‘lgan har hil qalinlikdagi gorizontal o‘ziga xos gidrogeologik sharoitga va kimyoviy tarkibga ega bo‘lgan daryo sohili, vodiylar va deltalarda tarqalgan unumdor tuproqlarning ona jinsi hisoblanadi. (Amudaryo, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo, Zarafshon, CHirchiq, Ohangaron)
Do'stlaringiz bilan baham: |