Dengiz yotqiziqlari - dengiz tagida va qirg‘oqlarida uchraydigan turli o‘lchamdagi mexanik tarkib to‘plam qoldiqlaridan iborat. Dengiz qirg‘oqlarida asosan mayda shag‘al, yirik qum va qum kabi yirik mexanikaviy elementlar yig‘ilgan bo‘lib, qirg‘oqdan uzoqlashgan sayin fizikaviy loy va loyqalarga o‘xshash mayda zarrachalar to‘planadi. Bu yotqiziqlar tarkibida ko‘p miqdorda kimyoviy birikmalar, jumladan xlorid va sulfatlardan iborat suvda tez yeruvchan tuzlar ko‘p, ular ma’lum darajada sho‘rlangandir. Bu yotqiziqlar odatda qatlamli bo‘lishi, yaxshi sajaralanganligiva o‘zida tuzlarni ko‘p saqlashi bilan boshqa yotqiziqlardan ajralib turadi. Dengiz yotqiziqlarinig yer yuzasiga chiqib qolishi natijasida sho‘rlangan tuproqlar vujudga keladi.
Orol va Kaspiy dengizi qirg‘oqlariga yaqin bo‘lgan past tekisliklargacha tarqalgan u yotqiziqlarda sho‘rlangan tuproqlar paydo bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |