Ekotizimdagi biotik munosabatlar
Reja:
1. Sinekologiya xakida tushuncha.
2. Biotik omillar.
3. Biotik munosabatlarni xillari
4. Xayvon va usimlik urtasida biotik va trofik alokalar.
5 Ut bilan ovkatlanuvchi xayvonlarni biosenozga ta’siri.
6. Yoruglik manbalari xakida.
7. Usimliklarda fotosintez jarayonini utishida yoruglikni axamiyati.
8. Yoruglikni xayvonlar xayotiga ta’siri.
Sinekologiya xakida tushuncha. Ma’lumki, xar xil turlar populyasiyasi integrallashib (yigilib) biosenozni xosil kiladi. Biosenoz ma’lum maydonda xosil bulgan usimliklar, xayvonlar, migroorganizmlar majmuasidir. Biosenoz tushunchasini 1877 yilda nemis zoologi K.Mebus fanga kiritgan. Biosenoz uz navbatiga zoosenoz va fitosenozga bulinadi (биос - xayot, роинос - umumiy).
Biosenoz tabiiy tanlashni maxsulidir. Xar kanday biosenoz mustakil yashay olmaydi, ularni urab turgan muxitga boglik. Shuning uchun tabiatda tirik va ulik (abiotik) komponentlar yigindisi bir-biriga boglik xolda moslashadi. Shu asosda makonda ma’lum sharoitda (tuprok, xavo, suv, xarorat) organizmlar majmuasi (biosenoz) xosil bulib, uni biotop deyiladi. Yoki biotop - bu biosenozni yashash joyi.
Xar kanday biosenoz biotop bilan birga biologik biosistemani - ya’ni biogeosenozni tashkil etadi. "Biogeosenoz" suzini 1940 yilda V.N.Sukachev fanga kiritgan bulib, uning tarkibiga odamdan boshka xamma organizmlar kiradi, ya’ni biogeosenozga tabiatni barcha tirik kismlari, atmosferaning erga yakin katlami, undagi gaz va issiklik vositalari, kuyosh kuvvata, tuprok va undagi suv, mineral vositalar kiradi. Biogeosenoz xar xil kattalikda bulishi mumkin. Masalan, urmon, kul, utlok, chul, ba’zan kichikrok suv xavzasi, kul biogeosenozni tashkil etishi mumkin, undagi barcha omillar (er, suvni kimyoviy, fizikaviy xususiyati, organizmlar majmuasi).
Biosenozni zoosenoz, fitosenoz mikrobiosenozlarga bulinishi sun’iydir, chunki bularni xammasi mustakil, aloxida yashay olmaydi. Bularning xammasiga biologik jixatdan yagona sistema deb karash lozim. V.A.Dogel, E.N.Pavlovskiylar parazitosenoz degan tushunchani fanga kiritganlar, ya’ni parazitosenoz biosenozni- bir komponenti sifatida tabiatda mavjuddirlar.
Xozirgi vaktda inson faoliyati orkali tabiatdagi biogeosenoz (chul, urmon, kul) uzgartirilib (uzlashtirilib), uning urniga madaniy usimliklar-ekinzorlar barpo kilinayapti; bularni agrobiogeosenoz yoki agrosenoz deyilib, ularning mikdori erimizda kupayib bormokda (Karshi chulini uzlashtirilishi, bu borada kilingan ishlar, ixota daraxtlar, erlar xaydalishi, sugorilishi yoki urmonlarni kesilishi).
Do'stlaringiz bilan baham: |