Reja Naqqoshlik san`at fanining maxsad va vazifalari. Naqqoshlik san`atning inson xaetida tutgan urni. Naqqoshlik san`atning kelib chikishi rivojlanishi Naqqoshlik san`atga oyd adabietlar



Download 441,18 Kb.
bet27/30
Sana01.01.2022
Hajmi441,18 Kb.
#281545
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
2 5332519815758220754

Savollar.

  1. Kiygiz bosish hunari bu nima?

  2. Pishirish deganimiz nima?

  3. Kiygiz nimadan tayyorlanadi?

  4. Chiy to’qish deganimiz nima?

  5. Chiy nimadan to’qiladi?

Lektsiya

17.Mavzu: Zargarlik hunari

Reja:

  1. Qoraqalpoq xalqida zargarlik hunarining tarqalishi

  2. Zargarlik buyumlarining turlari

Adabiyotlar

  1. A Allamuratov “mangu meros” , “bilim” bosmasi, 1993-y

  2. G Kamalova “go’zal o’lka” . “qoraqalpog’iston bosmasi 1986-y”

Xalqimizning qadimiy tarixi qiziq va boy. Hamda madaniyati hamma vaqtda tarix bilan tig’iz bog’liq ekanligini ko’ramiz. Zargarchilik hunarining siri butunlay o’zgacha. Uning alvon turli o’yma naqshlari oltin va kumushga shunchalik nozik, aqlga sig’maydigan ko’z ilg’amas bo’rtma gul g’unchalari sirilgan ishlarni sezasan. Biroq bunga diqqat bilan qaramasang ularni payqamaysan. Zargarlikning ilg’or zehnli, hayolning kengligi xalq dastonlarida, shoirlarning jo’shqin qo’shiqlarida berilganligining guvohi bo’lamiz. Sababi ularning gulag xos nozikligini faqat shoirlargina bera olgan. Bunga misol xalqimizning eng qadimgi paydo bo’lgan soz asboblaridan chinqo’biz, qobiz, dutor, bolaman, surnayga o’xshash asboblarning dostonlarida yigit uchrashishini aytib o’tsak bo’ladi. Ular hattoki hozirgi bizning zaminimzning rivojlangan madaniyatida o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Hamda, shuning bilan birga ularning hammasida zargarlarning qo’shgan hissalari alohida.

Bundan tashqari xalqimizning qo’l hunari hosilalarining mo’l hazinasi xalq ustalarining ma’lum bir yo’nalishini rivojlantirishda ham zargarlarning mehnati bo’lib topiladi. Bu hunar barcha qo’l hunarining eng mashaqqatli va chiroyli, o’z nozikliogi bilan ham ajralib turadi. Ayol qizlarning ko’rkiga ko’rk qo’shishni orzu qilishni zargarlik hunarini dunyoga keltirdi. Bu bezanish buyumlari nomini, kumushdan, yoqut va marvariddan, gavharga o’xshash eng qimmat toshlardan ishlangan. Xalqimizning zargarlari bilan temirchi ustalari foydalanish buyumlarini chiroyli qilib temir metallar bilan kumush va oltindan ishlangan.

Mashxur chevarlar o’zlarining o’yish hunarining ajobyib na’munalarini yoddan ishlab, o’zlari o’ylab topgan. Hamda ishlagan har bir buyumiga jonini berish darajasiga yetgan. Xalq bunday odamlarni “qo’li gul”, “o’yuvchi” deb atagan. Bu chevarlar har bir yurtda, har bir qishloqda bo’lgan. Ularni mashxur xalq “o’yuvchilari” deb atagan. Ular o’zlarining o’yish na’munalarini qo’shni xalqlarga yoyib o’tgan. Kumushdan otning erturmanini, qiz kelinlarning bezanish buyumlarini, boshqa va hayot uchun zarur mis qumg’on, tumcha, dung, pichoq va boshqa buyumlarni chiroyli qilib naqshlab o’yilgan. Hatto temirchi ustal;arning kul otadigan belkuraklari bilan bel,- ketmonlariniham o’zlariga xos chevarlik sirlari bo’lgan. Xalq ularning qaysi ustaniki ekanligini buyumlaridan ayiradigan bo’lgan.

Temirchilik ustachiligi va zargarlik hunari ota- bobolardan bolaga meros bo’lib qolgan. Nasldan naslga o’tib kelayotgan. Temirchilik bilan asosn erkak kishilar shug’ullangan. Hamda zargarlik kasbini ayol qizlar bajargan. Bo’lmasa ular usta akasi bilan erlariga yordamchi ham bo’lgan. Agar mashhur zargarlarning o’g’li bo’lmasa uning kasbini qizi yoki ayoli ulashtirib o’tirgan. Shuning orqasida zargarlik kasbini zanjirma zanjir meros qilib kelganlar ham bo’lgan.

Bunday xalqnin ichidan chiqqan mashxur chevarlarning mehnati odamlar hurmat bilan izzatga belagan. Ularga qimmat baho sovg’alar in’om qilib, dovrug’ini ko’klarga ko’targan. Hatto ularning ovozasi yurtdan yurtga tarqab, mashxur biylar bilan podsholar ham ularni o’z saroylariga chaqirtirib. Qimmat buyumlarga buyurtma bergan. Hamda, ayrim chevarlar xon saroyiga “bormayman” deb podshohlikka xizmat qilishdan bosh tortib, podsholar g’azabiga ham uchrashgan. Ammo ularni shu yerda yashovchi xalq himoya qilgan, o’zlari g’amxo’rlik yasagan. Umuman xalq orasida hunar egalarining chevarligi haqida har xil afsonalar ham mavjud.

Zargarlik hunari- har bir xalqning etnografik o’zgachaligini aniqlashda alohida ahamiyatga ega. Sababi har bir zargarlik buyumlarining ko’rinishi, naqshlari va texnologiyasi bo’yicha takrorlanmaydigan milliy o’zgachaliklarga ega.

Shunday chevar ustalarning ishlagan buyumlari otadan bolaga meros bo’lib o’tib, eskirmasdan, o’z mazmunini yo’qotmay bizning davrgacha yetib kelgan. Bu meroslarni asrab avaylab, kelajak avlodlarga yetkazish ishiga Qoraqalpog’iston davlat ulke taniw muzeyi alohida hissa qo’shib kelmoqda.

Zargarning juda zavqlanib ishlaydigan buyumlari ayol qizlarimizning bezanish buyumlari va ularga o’yilgan har xil naqsh na’munalari hisoblanadi. Bu buyumlarning eng bir ahamiyatlilari duziw, shekelik, to’belik, haykel, o’nirmo’nshaq, sirg’a, arabek, shashbaw, tumar, tuyma, ayqish, silsinneli sirg’alar (halqapli) va boshqalar bo’lgan.

Qoraqalpoq ayol qizlarning bezanish buyumlari qoraqalpoq zargarlarining bosh kasbi hisoblangan. Bu bezanish buyimlarini taqish mumkinchiligiga qarab quyidagicha bo’lib ko’rsatishga bo’ladi.


  1. Bas ashako’yleri- aribek, sirg’a

  2. Ko’krak ashako’yleri- haykal, o’ngirmo’nchoq, giltalgish, tumar, ayqish,baqa tuyma, ilgak, va b

  3. Qal ashako’yleri- juzik bilaguzuk.

Qoraqalpoq zargarlari o’zlari yasagan bezanish buyumlarini bir- biridan o’zgacha qilib ishlagan. Ular o’zlari yasagan bunday buyumlari, ya’ni bargga o’xshagan mayda qo’ng’iroqchalarining tagi bilan juft sirg’ani biriktirib turgan osma sirg’alar, barmoqlariga taqilgan qimmat qoshli uzuklar bilan, zanjir orqali biriktiriladigan qosh bilaguzuklar xalqimizning milliy boyligi sifatida haligacha saqlanib kelmoqda. Bunga misol qilib xalqimizning orasida hinji-marjan toshlarning qosh qo’ndirilgan uzuk va sirg’alar hozirgi vaqtda foydalanib kelinayotganini ko’rsatsak bo’ladi.

Xalqimizning “kumush halollikka yaqin” deb qo’lga uzuk taqishni odat qilgan. Bu eski dastur bo’lgani bilan bizning fikrimizcha buning asosida shu davr ruxoniylaridan chevar hunar egalari qo’rqqan bo’lib, sababi, shu ruxoniylar soz bilan suhbatga ham, xalq marakalaida qo’shiq aytganlarni ham yoqtirmay, u narsalarni gunoh hisoblaganlari bizga ma’lum. Shuning uchun bir tomondan dinni yoqlagan bo’lib ko’ringisi kelish bahonasida kumushdan ishlangan buyumlarni “halollikka yaxshi” qilib ko’rsatsa, ikkinchi tomondan zargarning hunari bilan uning mulki bo’lgan kumushning bahosini ko’tarish bo’lishi ehtimoli deb o’ylaymiz. Shu sababli ham xalqimizning qo’l hunarining ahamiyati hamon yo’qolmay kelayotganini ham isbotlaganday ko’rinadi.

Endi zargarlarning bu buyumlardagi (uzuk, bilaguzuk) estetik ta’sirini va xalq orasidagi mangu xususiyatlarini saqlashda ham katta ma’no anglatib, kuzatuvchilarga alohida zavq bag’ishlaydi. Feruza inju- marjon toshlaridan ayol qizlarimizning bezanish buyumlarida qo’llanilib, ularning nozik tabiatiga mos tomonlarini ochib, yangilantirib bera olganini ham anglaymiz.

Haykal –qoraqalpoq zargarlarining ajoyib ijod na’munalaridan biri bo’lib, u ayol qizlarning eng bir go’zal bezanish buyumlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shimboy, Kegeyli tumanlarida mashxur Omar zargarning yasagan haykal, o’nirmonshaqlari bilan, Taxtako’pirlik Ametzargarning yasagan haykali o’nirmonshaqlarida, sirg’alarida, bu ikki chevar also bir- biriga o’xshamaydigan o’zgacha-monera, o’zgacha stil- obraz yaratish chevarligi seziladi.

Hozirgi qoraqalpoq sawkelesining 5 donasi bizga yetib kelgan. Ular har bir yurtning muzeylarida saqlanadi. Sawkele qoraqalpoq xalq ko’rkam hunarining eng ajoyib na’munalaridan. U xalqning madaniyatiga qo’shgan yirik hissalarining biri.

Qadimgi davrlarda bo’lgan bosh kiyimning na’munasi to’belik ham saqlangan. U boshi kesik konus tarzida bo’ladi. Yupqa kumush tnukalardan aylana qilib ishlanib, baland qilib o’rnatilgan qoshlar bilan bezaladi. Orqasida uzun qizil shuberklardan tizilgan halqasi bo’ladi.

Xulosa qilib aytganda zargarlarning chevar qo’llaridan chiqqan shunday yarashgan, insonga go’zallik in’om etadigan buyumlarimizning qanchalik tarixiy yo’llarni bosib o’tishiga qaramasdan uni asrab, boylik sifatida hurmatlab saqlaymiz. Bu buyumlarning necha turlisi muzey ekspoditsiyasidan topiladi. Bunga qarab o’tirib xalqimizning juda qadimgi zamonlardan boshlaboq boy qo’l hunarlariga ega, iqtidorli, izlanuvchan xalq bo’lganligini ko’ramiz. Biz shunday o’tmish madaniyatining va tarixiy xabarlarning asosini isbotlashni maqsadga muvofiq hisoblaymiz.


Download 441,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish