Savollar
Qoraqalpoqlarda kiyimlar qayerlarda tikilgan?
Qanday milliy naqsh turlarini bilasiz?
Qanday milliy kiyimlarni bilasiz?
Beshpent necha turga bo’linadi?
Kiymeshekni kimlar kiygan?
Lektsiya
14.Mavzu: Qora uyning tuzilishi va bezalishi.
Reja:
Qora uyning tuzilishi
Qora uyning bezalishi
Adabiyotlar
1. A. O’temisov. Qoraqalpoqlarning hunar- kasblari.Qoraqalpog’iston bosmasi 1991-y.
2. A. Allamuratov. “Mangu meros”, Bilim bosmasi. 1993-y.
Qadim zamonlardan buyon yashab kelayotgan qoraqalpoq xalqi dunyo madaniyatiga o’zining m’alum ulushini qo’shib kelgan.
Xalqimiz rivojlanish davrida o’ziga xos dasturlarni tuzishga erishdi. Ular ajoyib moddiy va ma’naviy dunyosini, avloddan avlodaga yetkazib bera oldi.
Hozirgi vaqtgacha saqlanib kelgan madaniy merosimizga e’tibor berib qarasak, ularning ishida qo’l hunarining o’rni bo’lakcha. Umuman olganda, boshqa millatlarning hunari bilan bir qancha o’xshashliklarga ega bo’lishi bilan birga, boshqa xalqlarda uchraydigan hunar turlarining borligini ko’rishimiz mumkin.
Qo’l hunarimillatning milliy psixologiyasiga ta’sir qila turib, buni o’rganish orqali qoraqalpoqlarning ma’naviy va madaniy madaniyatini anglasa bo’ladi. Uning asosiy turlariga ko’pincha marakada kiyadigan naqshli kiyimlar, qimmat metaldan yasalgan zargarlik buyumlari, asbob- uskuna, har xil asboblar va boshqalarni aytib o’tsa bo’ladi.
Bu hunarlarda ish bajarishda ko’pincha mahalliy buyumlardan, masalan jun, paxta, yog’och, ipak va chetdan keltirilgan har xil metal va qimmatbaho toshlardan foydalangan.Mahalliy qurilish materiallaridan uylar solingan, ularning orasida sho’pker uylar ko’p uchrashadi. Hamda, vaqtincha solingan qaqira va ilashiqlar bo’lgan. Ulardan eng asosiysi bu qorauy bo’lib hisoblanadi. Ota-bobolarimiz bolaga iloji boricha uy qurib, alohida oila qurish dasturi saqlanib, bizgacha yetib kelgan.
Qora uy hayotda kata o’rin egallab, ularning asosiy yashash o’rni bo’lgan. Shu sabab ularning orasida uy quradigan maxsus usta piri bo’lgan. Uni Ibrayim Halil deb atashgan. Qora uyni yasash uchun maxsus yog’ochlardan foydalangan janewit tol, oq tol, oq sariq, qora tol va boshqalardan tayyorlangan.
Yaqin vaqtlargacha yarim ko’chmanchi hayot kechirgan xalq uchun yig’ilishi va qurilishi oson, yengil,yozda salqin, qishda issiq bo’ladigan qora uy juda qulay bo’lgan. Uni qadimgi zamonda turkey xalqlar o’ylab topgan, keyinchalik bir qancha yerlarga tarqalgan.o’tovda asrlar bo’yi otadan- bolaga yetib kelgan xalq qurilish texnikasining bilish usullarining eng yuqori natijalarini ko’rishimiz mumkin.
Qora uy asosan uch bo’lakdan iborat.
Karaga
Uwiq
Shangaraq
1. Karaga oralari bog’ bilan biriktirilgan bir necha bo’lakdan iborat, ko’zlari tez qiyilib ketmasligi uchun buqa terisidan ishlangan ipdan foydalanilgan.uni “ karaganing ko’ki deb atashgan”. Karaga har xil hajmda bo’lib 6,7, 8, 10, 12 qanot bo’lgan. Odatda 6 qanotli uylar yosh oilalar uchun qurilgan. 8 qanotli uylar xo’jaligi kata oilalarga tikilgan. 12 qanotli o’tovlar yuztacha odam o’tirib maraca- yig’ilish o’tkazadigan joy bo’lgan.
2. karaganing har boshiga uwiqlar biriktiriladi. Ular 40 sm to’g’ri chiqib, keyin ichga qarab egiladi. To’g’ri ketgan uchlari shangaraqning ernagidagi uyalarga borib kiradi.
3. shangaraq gumbazlanib kelib, o’tovning asosiy ko’rinishini tugatadi. U karaga va uwiqqa qaraganda yirik bo’ladi. Kletka tarzida o’tkazilgan o’ntacha yog’och uning aylanasini mahkam qilib turadi.
Shangaraq uyning yakunlovchi va eng yuqori bo’lagi bo’lib unga kata astarli ma’no berilgan. Sababi qadimda joy, uylangan farzand uchun ishlangan, shuning uchun “shangaraq tiklash” yangi oila qurish degan ma’noni bildirgan.
Qora uyning bunday arxitekturasi ko’p asrlik tajribadan kelib chiqqan va uning asosida xalqning ekologik hamda ayrodinamik tajribalariga asoslanib ishlab chiqarilganligining guvohi bo’lamiz. Bunga tarif beradigan bo’lsak:
Birinchidan, gumbazlangan tepasiga yog’gan yomg’ir va qorni tomiga yig’masdan tezda pastga yuboradi.
Ikkinchidan. Qattiq esgan dovul, shamollar uyga kuchli urilmasdan uni o’rab o’tadi.
Uchinchidan, o’choqqa o’t yoqilganda uning tutuni tepadagi ochib qo’yilgan tuynikdan chiqib ketadi.
Hozirgi kkungacha sababi noma’lum bo’lgan dastur (irim) bo’yicha qora uyning yergenegini quruvchi usta emas, balki yerganakchi o’yuvchi ishlagan. Yerganak bir uyga ikkita qilib ishlanadi. U hamisha ichkariga tomon ochiladi. Manglaysha, tabaldiq, shabaqsha, tayanish kabi bo’laklardan iborat qolipga joylashtiriladi.
Qadimgi chevarlarimiz yaratgan to’qish hunarlarining katta bir guruh uyning buyumlarini ya’ni qora uyning baw- shuwi bo’lib hisoblanadi. Ana shu baw – shuwning asosiy bo’lagining boshqur, qur, janbaw, kiygizbosish hunari, kergi, beldew va boshqalar kiradi.
Naqshli qurlarning barchasi o’tovni bezash uchun ishlanadi. Shu sabab, uning uzunligi, eni, naqsh ishlash texnikasi, rangi ishlanadigan naqshlari bilan ma’lum bir na’munaga ega. Asosan qurlar ikki turga bo’linadi. Birinchisi tukli naqsh bilan to’qiladiganlari: ularga, oqboshqur, beldew, beljip, janbaw, iyinbaw, suwag’ar shiyo’ngir, kergi kiradi. Ikkinchi turi tuksiz palas usulida naqshlanib to’qilgan qurlar: bularga, qizil boshqur, oqqur, izbe, dizbe va boshqalar.
Boshqurlar uzunligi 12-13 metrgacha eni esa 30-60 sm oraligida bo’ladi. Rangiga qarab boshqurlar oq boshqur, qizil boshqur bo’lib bo’linadi. Sababi, oq boshqurning tashqi ko’rinishi oq fonda, qizil boshqurning ko’rinishi qizil fonda bo’lib, naqshlar rangli jun iplardan tashqarisining ustiga tukli qilib teriladi. Boshqurlar karaga va uwiqning birikkan chegarasidan to’liq aylana hosil qilib turadi va naqshlar ichga qarab tortilib bog’lanadi. Dastlab, oq boshqur, hamda uning yonidan qizil boshqur tortiladi. Naqshlari o’rtadan boshlab o’tirgan odam bo’lsa ham bir qolipda ko’rinadi. Boshqurlarning naqshlari osimlik tarzli ya’ni daraxt naqsh, putaq naqsh, g’awasha gul, hayvonot muchalaridan: qosh muyiz, toqalaq muyiz, g’arg’a tirnoq hamda geometric burchaklaridan iborat bo’lib uwiqlarning orasidan ko’rinib turadigan aralash usul namunasi bilan to’qiladi.
Boshqurlar o’towning ichki tomonini bezash uchun xizmatini bajargan bo’lsa, qurlar uzikni mustahkamlab tortib turish vazifasini qo’shib bajaradi. Qurlarning uzunligi 10 metrgacha , eni esa12-20 sm oralig’ida bo’ladi. Rangiga qarab oqqur, qizil qur bo’lib bo’linadi. O’tovning go’zal chiroyiga chiroy qo’shib turgan g’ayri naqshlari oldingi uzukning ustidan qiya tortilgan uch juft oqqur ortgi uzikning osti bilan tortilgan uch juft qizil qurdan tuzilgan.
Tukli naqsh ko’proq qo’llaniladigan yana bir qur janbaw va iyinbawlar. Bular o’tovning oldi tomonini ishlash uchun, shu bilan birga yerganak uchun qo’llaniladi. Janbawding uzunligi 3-5 metr oralig’ida bo’lib, eni 20 sm bo’ladi. Ichki janbaw eshikqoshga tutashtirilib, ichdan uyning o’ng va chap tomonlarining karaganing uchidan boshlab eshiknng pastki tomoniga qarab qiya tortiladi. Hamda, tashqi janbaw uyning sirtidan xuddi shunday boshlanadi. Janbawning pastki jiyagida 10- 15 sm oralig’ida rangli sachoqlar bo’lib, ular janbawning naqshli o’ymalari bilan mos tushgan bo’ladi. Janbaw uwiqning ustiga yopiladigan kiygiz uzikning pastini eshikka maxkamlab turadi. Janbawning, iyinbawning pastki jiyagi har xil rangli jun iplar bilan popaklandirib sachoqlangan bo’ladi. Janbaw tiqir oq bo’zga tukli naqsh bilan bezatiladi. Janbawning to’qilish texnikasi aralash usulda to’qiladi, chetlariga “chayon tu’yin”texnikasida ishlangan sachoqlar solinadi.
Iyinbaw-eng ensiz bezash bo’lib ichki janbawning salgina yuqorisidan tortiladi. Beljip oqboshqur kabi naqshi ichga qaratilib, biriktirilgan karagalarni maxkam qilib tortib turadi.
Beldew bo’lsa karaganing sirtidan shiy qoplagandan keyin ayni beljipning to’g’risidan tortiladi. Beldew tashqi bezak bo’lganligidan keyin, naqshi ham sirtga qarab turadi. Bularning uzunligi, eni, rangi, naqshi bir-biriga o’xshash. Shunday bo’lsa ham bir farqi beldew, beljipning ko’pgina mayda naqshlari palas usulida ishlanadi.
O’towning eshigini bezaydigan suwag’ar, shiyo’nir shiy qayiw nomli naqsh buyumlar ham uning oldida juda chiroyli qilib ko’rsatadi. Shuning bilan birga, ular uyning bo’sag’asining chidamli bo’lishi uchun xizmat qiladi. Suwag’ar bilan shiy qayiw eshikka yopilgan shiyning ikki ernagi bilan pastki tomoniga o’rnatiladi. U shiyga shamolga ko’p ko’p tebranmaydigan og’itlik beradi. Uning ikki tomoni o’tovga kirib – chiqqanda qo’lga sanchilmasligini taminlaydi. Shiyo’ngir kirar eshikning ikki tomoniga o’rnatiladi. Suwag’arning ikki yon bo’lagi bilan birga shiyo’ngir o’tovning eshigini gavdalantiradi.
Kergi ichkarini bezaydigan buyumlardan biri. Uning ichiga qadimda mayda narsalar solinib, uyning chap tomonida to’r tomonga karaganing boshiga ildirib (yoyib) qo’ygan. Keyinchalik ichiga narsa solmasdan, uyga uyga bezak sifatida qistirilgan. Kergi 110- 80 smcha bo’lib, uzunligi bo’yicha o’rmekka taqiladi, old tomoni turlicha naqshlar bilan bezalgan bo’lib, hamda pastki jiyagi sachoqlanadi.
Qarshin ko’rinishi jihatdan kergiga o’xshash bo’lgani bilan hajmi biroz kichikroq bo’lib keladi. Qarshin tukli usulda to’qilgan ensiz kichkina gilamcha. Unga “qarshingul”, “taytuyaq” naqshlari to’qiladi. Shu bilan birga uning ichiga uncha kiyilmaydigan kiyim- kechaklarni solib, sandiqning yoki sabayaqning ustiga yig’ilgan ko’rpa- to’shaklar bilan qator turgan.
Qoraqalpoq yerlarida bo’lgan ilmiy izlanish ekspeditsiyalari to’qish usullari bo’yicha ham bir necha ma’lumotlar topilgan. Naqshlar tukli gilam texnikasida ishlansa shalma deb ataladi. Hamda, palas usulida naqshlangan qurlar salma deb ataladi.
O’tovning eshigi hamisha qublag’a qarab solingan, uyning qoq o’rtasida loydan ishlangan to’rt qirrali o’choq solingan. O’choqqa o’t yoqilganda uning tutuni yuqoridagi ochilib qo’yilgan tuynukdan chiqib ketgan. O’t o’chgandan keyin tuynukni maxsus ustun bilan yopib uydagi issiqlikni saqlagan. Qadimda qishda o’tovning ichi issiq bo’lishi uchun kiygizlar bilan qoplangan. Kiygiz bosish hunari qoraqalpoqlard hozirgi kunda ham mavjud. Bu hunar ko’pincha mol chorvachiligi bilan shug’ullanuvchi xalqlarda va bu bizning xalqimizga uning hayot talabiga mos kelgan. Qora uyning tashqarisini aylantirib yopadigan kiygizlar qo’y echkilarning junlaridan tayyorlangan, unga naqsh solinmagan. Bizning xalqimiz orasida keying yaqin yillargacha foydalanib kelingan tus kiygiz maxsus bosilgan kiygizlarning ichida eng yaxshisini saylab olib, undan tusga tutadigan tus kiygiz qilishgan. Tus kiygizga har xil matodan naqsh o’yilib tikiladi. O’tovning to’riga tekiymet yoniga tus kiygiz tortilgan. Tekiymet gul tushirilgan kiygiz bo’lib, farqi uning gullari jundan bo’yalib ishlanib, kiygiz bosgan vaqtda qo’shilib bosiladi. Tekiymetlarga bosilgan naqshlar bir- biriga mos izma-izlik bilan navbatlanib solinadi.
Qora uyning yeganagidan kirgan har bir odam egilib kirgan. Bu esa shu uyga degan hurmatni bildirgan. To’y marakalarda qiz- yigitlar yig’ilganda o’tovning eshigidan kirgandan keyin o’ng tomonida ya’ni g’arbda yigitlar, chap tomonida esa sharqda qiz kelinchaklar o’tirgan. Bunday o’tirishlarining sababi g’arb tomoni qoraqalpoqlarda xislatli o’rin hisoblanib,uyning to’ri hisoblangan. Sharq tomonida qozon – tovoq, choynak – payola turadigan bo’lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |