Reja Naqqoshlik san`at fanining maxsad va vazifalari. Naqqoshlik san`atning inson xaetida tutgan urni. Naqqoshlik san`atning kelib chikishi rivojlanishi Naqqoshlik san`atga oyd adabietlar


Lektsiya 12.Mavzu: To’qimachilik va boshqa ayrim kasblar



Download 441,18 Kb.
bet22/30
Sana01.01.2022
Hajmi441,18 Kb.
#281545
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
2 5332519815758220754

Lektsiya

12.Mavzu: To’qimachilik va boshqa ayrim kasblar

Reja:

  1. Etikchilik hunari.

  2. Ko’nchilik hunari.

Adabiyotlar

  1. A. O’temisov. Qoraqalpoqlarning hunar- kasblari. Qoraqalpog’iston bosmasi 1991-y.

  2. A. Allamuratov. “Mangu meros”, Bilim bosmasi. 1993-y.

XIX asrning va XXasrning boshlarida to’qimachilik barcha qoraqolpoq qishloqlariga tarqalgan edi. Boshqa mayda kasblar bilan bir qatorda to’qimachilik asosiy o’rinlarning birini egallaydi. To’qimachilik bilan shug’ullanuvchilar xo’jalikning talabini, ayniqasa xo’jalik asboblariga,qorauyni bezaydigan buyumlarga bo’lgan talabni qanoatlantiradi.

Ular asosan paxta ipidan va jun gazlamalardan to’qiladi. Ular bir oilada ayoli ip igiradi, bo’yaydi, kiyim va har xil ro’zg’or buymlari uchun gazlamalar to’qishgan. Odat bo’yicha har bir oilada qiz bola ip igirish va to’qish usullarini yaxshi o’zlashtirishi shart. Qozoqlar, Qirg’izlar Turkmanlar kabi qoraqalpoqlarda ham to’qimachilik bilan faqat ayol qizlar shug’ullangan, o’zbeklarda va tojiklarda to’qimachilik bilan erkaklar shugullangan, ipni bo’lsa ayol qizlar egirgan.

O’rta osiyoning boshqa xalqlari singari, qoraqalpoqlarda oddiy stanok- chig’irchiq yordamida paxtani chigitdan tozalab tolasini oladi, chig’irchiq yaxshi egalgan yoki yo’goch valikdan iborat, u qo’l yordami bilan aylantiriladi. Valiklar bir-biriga qarab aylanib, paxta tolasini chiqaradi, chigit ikkisining orasidan o’ta olmaydi, hamda tola erkin o’tadi, paxta chigitdan ana shunday tozalanadi.

Jun gazlamalar asosan jergilikli qo’y: malshi, qozoqi qo’yning, echkining, tuyaning junidan to’qiladi. Kuzgi qirqim eng yaxshi jun bo’lib hisoblanadi. Gazlama uchun echkining tuki va tuyaning juni yuqori baholanadi. Mustaqillikka erishmasdan oldin qoraqalpoqlarda tuyaning juni oz bo’lgan, sababi tuyani ko’p uylar saqlamagan.

Paxta va jun iplarni egirish uchun qoraqalpoq ayol- qizlari urchiqni qo’llaganlar. U yaxshilab yo’nilgan aylana uzunchoq tayoqdan va urchuq boshdan iborat, taoqning bir uchi mayda uchli, ikkinchi uchi topir bo’lib keladi. To’pir tomoniga urchuq bosh kiyiladi , urchuq bosh toshdan, yog’ochdan yoki suyakdan ishlanadi. Bundan tashqari urchuq boshda spiralsimon bo’rtma bo’ladi. Ip egirilganda u ipni to’xtatadi.

Pazta ipni asosan qo’lda ishlagan oddiy shariqda egiradi, uning ikki aylanasi qo’l bilan aylantiriladi. Shariqni shijim ip harakatga keltiradi. O’rta Osiyo shariqidan uning farqi yo’q.

O’rta osiyoning boshqa xalqlari singari qoraqalpoqlar ham XIX asrda va XXasrning boshida xo’jalikda, uyda to’qish uchun to’qimachilik stanoklarining ikki turidan foydalanganlar. Jun gazlamalarni va gilamlarni to’qiydigan stanoklarni, hamda paxta gazlamasini to’qiydigan oddiy stanok o’rmekdan foydalanadi. O’rmak Orta Osiyoning ko’chmanci va yarim ko’chmanchi xalqlari orasida keng tarqalgan. Qoraqalpoqlarning ana shunday to’qimachilik stanoklari qo’shni xalqlarning to’qimachilik stanoklarida oz- moz farq qilgan. Remizning sonida va stanokning enida o’zgachalik bo’lgan.

Oddiy to’qish usuli tovon bilan arqov orqali o’tqizib to’qish usuli qo’llaniladi. To’quvchi oldinga egilib o’tirib olib pedalni bosadi, remizlarni ko’taradi, mokini tovon bilan iplarning orasidan o’tkazib, arqoq ipni niqlaydi.

Alashani to’qish uchun ikki qavat ipdan foydalaniladi. Gazlama to’qish uchun ikki qavat ipdan foydalaniladi. Gazlama to’qish uchun tayyorgarlik quyidagicha amalga oshiriladi:

Yerga uch va to’rt qoziq qoqiladi, ular uch yoki to’rt burchakni hosil qiadi. Ammo tomonning orasiga bir qoziq oraliq qoqiladi, shu bilan bir qatorda ikkinchi qoziq qoqiladi, u alashani to’qiydigan ikki parallel iplarni ayirib turadi.

Undan keyin tovonni tayyorlash jarayoni boshlanadi. Qoziqlarning biriga kerakli rangdagi iplarning birini bog’laydi va qoziqlarga quyidagicha qilib o’raydi. Uchburchakning boshi bilan kelib ip oraliq bilan ajratib turuvchi qoziqning o’rtasi bilan o’tadi, shuning bilan birga unga ikkinchi ip – guzew tutashadi, bu ip bu ikki qoziqni aylantirilib, orqaliqning tashqi tomonidan shiy tayoqcha biriktiriladi. Tovonning yana bir ipi barcha qoziqni aylantiriladi, ajratib turuvchi qoziqning tashqi tomoniga qo’yiladi hamda ip o’raladi va oraliqning tashqi tomonidan shiy tayoqchaga biriktiriladi. Guziw ip ana shunday bir biri bilan ayqashtiriladi. Tovon iplarni va guziw iplarni shundayligicha ayqashtirish tovonni ikki qator hosil qiladi, orqaliqning tovonini tayyorlash bilan burchak bo’lib ayqashadi, tortib ikki kespeltek yog’ochga qo’yiladi yoki o’rmekka biriktiriladi.

Oralaridan tovonning ikki qator iplari o’tadigan guziw iplari ajralib turuvchi qoziqdan bo’shatiladi. Tovonning ikki qator iplari orasiga serew ip o’tkaziladi, unga serew ip shunday hisob bilan o’raladi, uning tugunlari orasidan tovonning yuqorigi qatorining ikki ipi o’tishi joiz. Serew ip tovon bilan enni cho’zadi, bu naqsh tushirish mobaynida ipni hisoblash uchun qulaylik tug’diradi va to’qish jarayonini yengillashtiradi.

Bundan keyin tovonni gazlama uchun cho’zadi. Tovonning bir uchi ikki qoziqqa bog’lanadi, ikkinchi uchi yega qoqilgan qoziqqa tortiladi. Boshqa qoraqalpoq to’qimachilik stanogi quyidagi bo’laklardan iborat: terew yog’och, uning yordami bilan naqsh ishlanadi, o’tkir uchli bo’lib keladi. Qilich- yalpoq qilich tarzli taxta, u bilan arqoq ipni niqlaydi. Avarg’i- yalpoq taxta, uning yordami bilan to’qish tovonining yuqorigi va pastki qatorlarining holati o’zgaradi.

Barcha jun va yarim jun gazlamalar o’rmekda to’qiladi. Ularni quyidagi turlarga bo’lsak bo’ladi: bir turdagi jolaqli, naqshli gazlamalar. Ularning qo’llanilish o’rni har xil.

Tuyaning junidan kiyim va boshqa maqsad uchun yupqa, bir rangli gazlamalar to’qiladi, chakmon bilan shalvar uchun yupqa gazlama yuqpri baholanadi.

Yirik egirilgan ipdan qop tikish uchun gazlamalar to’qiladi, hamda bir rangli va jolaq alasha to’qiladi. U asosan to’shak uchun foydalaniladi.

Qoraqalpoqlar qadimda qo’y junidan paytaba to’qigan. Qoraqalpoq ayol- qizlari o’rmekte tubitli va tubitsiz gilam gazlamalar, xususan qora uyni bezaydigan aqbosh hamda gazlamalar to’qigan.

Paxta gazlamani o’zbeklar bilan qozoqlar stanokda to’qishgan. Paxta ipdan tekis gazlama- bo’z to’qigan. Oq rangli bo’z qadimda ko’ylak bilan lozim uchun, mayda jolaqli bo’z esa xalat uchun va shatrash bo’z ayol qizlar ko’ylagi uchun foydalanilgan. Erkaklar xalati uchun atalgan paxta bo’z mo’reshilarga berilib yiltiratiladi. Buning uchun gazlamani un yelimga botirilib olishgan keyin taxtaning ustiga yoyib shisha yaltiratgich bilan yaltiratishgan. Ana shunday xalatlarni qoraqolpoqlarda mo’reli chopon deb atashgan. Moreshilar shaharlarda, qishloqlarda yashagan va buyirtma bo’yicha ishlagan. Ma’lumotlarga qaraganda,XXasrning boshida Shimboyda 17 mo’reshi bo’lgan, ular buyurtma bo’yicha ishlagan. Ayrim vaqtlarda tekis oq bo’zga rangli naqsh solingan. Bu ish bilan chitchilar shug’ullanishgan. Chutchilarning asosiy quroli yog’ochdan har xil qoliplar bo’lgan, ularni yog’och ustalar yasashgan. Qolipning yordami bilan naqshlar tushirilgan.

Oldin to’qimachilik bilan har xil urf-odatlar bo’g’liq bo’lgan. Qoraqalpoq to’quvchilar to’qimachilikning piri Biybi Patpa deb bilgan, unga sig’ingan, uni dunyoda birinchi bo’lib to’qimachilik kasbini egallagan odam deb tushungan. Ayollar egirishga yoki to’qishga kirishishdan oldin Biybi Patpaga sig’inib, undan quvvat va yordam so’rashgan.

Etnografik izlanishlar qoraqalpoqlarda to’qimachilik qadimdan rivojlanganligini, u bilan ayollar shug’ullanganligini ko’rsatadi. Qoraqalpoqlarda ipni tayyorlash va to’qish usulida ham mehnat qurollarida ham qo’shni xalqlar: o’zbeklar, turkmanlar va qozoqlar bilan kop umumiylik bor edi

Hozirgi paytda paxta gazlamasini qo’ldan to’qish butunlay yo’qolib ketdi. Qozoq stanogi qolib ketdi, uni faqat muzeyda ko’rsa bo’ladi. O’rnekda to’qish hali bir qancha bor, ayollar bilan qizlar unda har xil rangli jundan naqshli palaslar, olachalar, toshaklar, naqshli doroshkalar, qora uy uchun bosh qurlar to’qiydi.


Download 441,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish