Reja Naqqoshlik san`at fanining maxsad va vazifalari. Naqqoshlik san`atning inson xaetida tutgan urni. Naqqoshlik san`atning kelib chikishi rivojlanishi Naqqoshlik san`atga oyd adabietlar


Lektsiya 20.Mavzu: Temir ustachiligi va cho’yin quyiosh kasbi



Download 441,18 Kb.
bet30/30
Sana01.01.2022
Hajmi441,18 Kb.
#281545
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
2 5332519815758220754

Lektsiya

20.Mavzu: Temir ustachiligi va cho’yin quyiosh kasbi

Reja:

  1. Temir ustachiligi.

  2. Cho’yin quyish kasbi.

Adabiyotlar.

1.A. O’temisov “Qoraqalpoqlarning hunar kasblari” Qoraqalpog’iston bosmasi. 1991-yil.

2.A. Allamuratov. “Mangu meros” Bilim bosmasi.

Metallardan har xil buyumlar ishlash qoraqalpoqlarda qadimdan mavjud bo’lgan kasb hisoblanadi. Arxeologik izlanishlar bilan etnografik materiallar quyi Amudaryoning xaslarida temir ustachiligining qadimdan bor ekanligini, uning yuqori darajada rivojlanganligini isbotlaydi. Bizning eramizning VI- VIII asrlariga tegishli temir erituvchi pechlarning qoldiqlari Sultonuvaysning etagidan, ruda koniga yaqin yerdan Quyiqqalalardan topilgan. Afsuski, bu qoldiqlar shu vaqtdagi pechni qayta tiklash uchun yetarli bo’lmadi. Shunday bo’lsa ham bu yerdan krits, ko’mir va shlag topilgan. Bular pechdan boshqa topilgan temir buyumlarga tegishli, ular ko’p, yodgorlik buyum kategoriyalarining birini tashkil qiladi. Ularning orasida o’roq o’qning uchi, juwen va boshqa temirdan ishlangan buyumlar topilgan.

Temirdan ko’p foydalanish sababini qoraqalpoq xalq folkloridan, ya’ni ko’pgina xalq dostonlaridan, xalq maqollaridan ham ko’rishimiz mumkin.

Qadimiy qoraqalpoq dostonlarida xususan “Qirq qiz” dostonida va boshqa dostonlarda temir darvoza vat emir qulf, misdan ishlangan buyumlar haqida juda ko’p aytiladi.

1870-yili qoraqalpoqlar orasida bo’lgan Riza Quliy Mirza, Shimbayda temir ustachilik bilan 6 odam shug’ullangan ekan, deb yozadi. Uning ma’lumotlari bo’yicha, amudaryo bo’limida 28 yoyma temir do’kon bo’lgan. Hamda 44yoyma do’kon bor ekanini ko’rsatib o’tgan.

XIX asrda va XXasrning boshida qoraqalpoq qishloqlarida temir ustachilikning yuqori darajada bo’lganligini yig’ilgan dala materiallari ham ko’rsatadi. Bu kasb otadan bolaga o’tib kelgan.

Qadimiy hikoyalarga qaraganda, temir ustachiligi qoraqalpoqlarga sirdaryoning bo'yida yashagan paytdan beri ma'lum ekan. Qariyalarning va temirchi ustalarning aytishihga qaraganda, temirning piri hozirgi Dovut o’zbeklarga ham, qoraqalpoqlarga ham temir ustachilikni bir vaqtda bergan ekan, qoraqalpoqlarda 7- 12 otasidan beri temirchi usta bo’lib kelayoganligi uchraydi.

Temirchi ustalar ma’lum mehnat rejimi bo’lgan, ular uni qatiy saqlagan. Ishga kirishishdan oldin temirchi usta xudoga sig’ingan, Hazrati Dovutdan mehr – shavqat, ishning o’ngidan kelishini so’ragan, hamda kundalik o’qiydiganini og’zaki o’qigan. Bundan keyin borib u ishga kirishgan.

Ustaxonadagi boshqa asboblar singari to’te keli deb hisoblangan, unga o’tirishni gunoh deb bilgan umuman xalq orasida temirni karomatli deb bilgan. Biror kim kasallansa boshiga pichoq qo’ygan. Qoraqalpoqlar yonida pichoq bo’lsa, jin- shaytonlardan ham qo’rqmagan. Ana shunday temirga sig’inish o’zbeklarda, qozoqlarda, turkmanlarda, tojiklarda va kavkaz xalqlarida ham qadimdan bo’lgan.

Ustaxonada temirchi usta shogirdi bilan birga ishlagan. Ayrim ustalar esa bir o’zi ishlagan. Shaharlik temirchi ustalarning do’koni ko’pincha bozorda bo’lgan. Har bir ustaxonada temirchi usta bilan uning shogirdi ishlagan. XXasrning boshlarida esa Qo’ng’irotda, Shimboyda, Mang’itda, Xojaylida, Zangichi ovulda, Cho’yinchi ovulda,Sariq oyimawit ovulida ustaxonalarda ishlovchilarning soni 3-4 ga yetgan. Chamasi ularda mehnat bo’lishtirilgan bo’lishi kerak. Ustaxonaning asboblariga bir qancha to’liqroq toxtab o’tamiz. Ularning aosiysi to’s, ko’rik pesh va ustaning quroli. O’rta osiyoning boshqa xalqlardagi ustalar kabi, qoraqalpoq temirchi ustalari ham ustachilik asboblarini asosan o’zlari yasashgan. Temirchi ustalarning aytioshiga qaraganda faqat to’s Xivadan, Buxorodan, Turkmanistondan, Orenburgdan, yoki o’sha davrda Orta Osiyoga metall va metal buyumlarni asosiy yetkazib beruvchi Rossiyadan olib kelingan. Ustaxonaga ko’rik pechini ustaning o’zi loydan yasagan, yoki xom g’ishtdan slogan, pechning bo’yi 1.50- 0.80 metr, eni esa 1- 1.20 metr bo’lgan.

O’tni yoqish uchun oddiy ko’rikni bir-ikki echki yoki qo’y terisidan ishlagan. Ular ikki uchi suyir bo’lib kelgan taxta edenge bekitilgan metal uchli sharshar tarzli ikki xaltachadan iborat. Qadimda bunday uchli o’choqlar yo’q edi, ko’riklar pechning og’ziga to’g;ridan –to’g’ri kiygizilgan edi, deydi ustalsrninh ko’pchiligi. Ikki ko’rik bilan ishlagan ustalar ham bo’lgan. Odamlarning aytishigha qaraganda shunday ustalar kam uchragan.

Qoraqalpoqlar orasida cho’yin quyuvchilik temir ustachiligiga qaraganda farqli darajada past rivojlangan. Qoraqalpoqlarda cho’yin quyuvchilarni cho’yinchilar deb atashgan. Xorazmda ularni pazmachilar deyiladi. O’zbekistonning boshqa tumanlarida cho’yin quyuvchilikni digriz deb ataladi. Qoraqalpoqlar cho’yin quyuvchilik bilan qadimdan shug’ullangan. Bu haqida bizning xabarchi cho’yinchilarimiz aytib berdi. Yuqorida aytib o’tganimizdek Taxtako’pir tumanining hududida etnografik ekspeditsiya vaqtida bizlar 7-8 ota – bobomizdan buyon cho’yin quyuvchilik bilan shug’ullanadigan Qazayaqli ovulida bo’ldik. Bu ovulning boshqa oilalari ustaxonalar bilan bog’liq bo’lgan. Ovulning o’zi cho’yinchi ovul, ko’p ustali qazayaqli ovul yoki Cho’yin qal’a deb atalgan. Shu bilan birga bu ovulda 7ta temir ustaxona bo’lgan.

78 yoshga yetgan ota- bobolarimizdan kelayotgan cho’yinchi Ismoil Qollibaev ovulda 4 cho’yin do’konining, har bir do’konda 7- 10 odam ishlagan, bir do’konning orqaasidan 3-4 xo’jalik kun ko’rib, ovqat qilganini aytib beradi. Choyinchining aytishiga qaraganda, u cho’yin quyuvchilik bilan shug’ullangan 8- avlod ekan va bu xalq hunari yaqin kunlargacha davom etgan. Kolxoz qurilishi boshlangan paytdanoq u kolxozga a’zo bo’lib kirib, cho’yinchi va temirchi usta bo’lib ishlagan, yana bu ishni 50- yillargacha davom etgan.

Bu ovulning choyinchilari qoraqalpoqlarning orqa tumanlarida katta obroga ega bo’lgan. Ular oz ovulining va qoshni ovullarning buyumini bitirib qo’ymasdan, sotish uchun ham yasagan, yaqin bozorlarga chiqargan. Choyin buyumlarini yani pazma va boshqa buyumlarni sotib olish uchun bu yerga Sirdaryolik qozoqlar keladigan edi. Ularning do’koni, odatda, ovulning yonida, bir ovuldan 100- 200 metr oralida bo’ladi. Bu ovulning barcha cho’yin vat emir do’konlari shu vaqtdagi Shimoy- Qizil o’rda yolining ikki yoqasiga Esimo’zekning eski ko’prigiga yaqin joylashgan edi.

Qoraqalpoq cho’yinchilari asosan uy- ro’zg’or buyumlarini yasash bilan shug’ullangan. Ular birinchi navbatda pazna yasashgan. Bu dehqonchilik xo’jaligi uchun kerkli, kundaga kiygiziladigan qurol. Paznadan boshqa ular qozon, bergenek, pitira yasashgan. Hamda har xil qoliplar, zargarning buyurtmasi bo’yicha to’s yasashgan.

Cho’yinchi quroli uncha ko’p emas. Asosan pech, ko’rik, belcha, cho’mich, egov, bolg’a, har xil qoliplar hisoblanadi. Choynchi ish asboblarini asosan o’zi ishlaydi. Ba’zan ularning buyurtmalari bo’yicha temirchi ustalar yasaydi. Cho’yinchining ustaxonasi do’kon deyilgan. Do’kon uyida bo’lgan. Ayrim cho’yinchilarda uyidan bo’lak do’konbo’lgan. Ustaxonada cho’yin eritadigan pech bo’lgan. Pechning ichki tarafi qalin qilib loy bilan suvalgan. Cho’yin eritish uchun o’choq pechning ichida bo’ladi, u to’trburchak yoki aylana ko’rinishida bo’ladi. Pechning o’ng va chap tomonida loydan ishlangan ikki tutqich bo’lib ular ko’rilar bilan tutashadi, u orqali cho’yin eritiladigan o’choqqa havo yetkaziladi. Har 5ta qo’sh ko’rik ishlaydi. Ko’rik echki yoki buzoq terisidan ishlanadi, ular yog’och devorning pasti bilan yuqorisiga mustahkam berkitiladi.

Cho’yin eritish og’ir ish bo’lib hisoblanadi. Cho’yin eritish vaqtida ikki odam 3-4 soat davomida tinmay bir qolipda ko’rik bosadi. Bir odam onda-sonda belcha bilan pechga ko’mir solib turadi. Ikki odam qolip tayyorlaydi va boshqa ishlarga ham yordamlashadi, cho’yinchining o’zi esa cho’michni tayyorlab, u bilan erigan cho’yinni olib quyda.

Choyin astalik bilan quyiladi, kerakli buyumlar har ustaxonada kuniga bir yoki ikki marta quyiladi, ayrim ustalar oyiga bir marta quyadi. Boshqa vaqtda tayyorgarlik ishini bajaradi. Bir quyganda 5-7 pazna, 30ga yaqin aravaning berganagi tayyorlanadi. Ko’pgina cho’yinchi ustalar cho’yin quyish bilan Hamish shug’ullana olmas edilar, cho’yin toppish qiyin edi, cho’yin etmaganligi sabab ba’zan ustaxonalarning ishi to’xtab qolar edi. Ularning topgan ish haqi yetmay qolardi. Shu sabab cho’yinchilarning ko’pchiligi dexqonchilik bilan shug’ullanadi. Shunday cho’yinchilar oyiga ikki marta cho’yin quyishar edi. Kerakli buyumni quyish uchun uning qolipi tayyorlanadi. Qolip odatda taxtadan yasab tayyorlanadi, uning ichiga qum bilan bug’doy uni aralshtirib solinadi. Shunday usul bilan ustaning o’zi pazna va berganak uchun qolip tayyorlaydi. Bu qolipga eritilgan cho’yin quyiladi. Qolipga quyilgan cho’yin pazna yoki berganak bo’lib chiqadi. Quyib bo’lingandan keyin maxsus qurol bilan ular tekislanadi, pitrada ham maxsus qurolning yordami bilan ishlanadi.

Ayrim ustalarning aytishiga qaraganda, qadimda cho’yinga ozroq mis aralashtiriladigan bo’lgan. Ularning tushunchasi bo’yicha, mis aralashtirilib quyilgan cho’yin pazna mo’rt bo’lib sinmaydi. Buni yozma manbalar dalillaydi.

Yuqorida aytib o’tganimizdek, qadimda cho’yin quyuvchilik avloddan- avlodga o’tib kelgan edi, pirli ish bo’lib hisoblangan. O’rta osiyoning boshqa xalqlari cho’yinchilari singari, qoraqalpoq cho’yinchilari ham Hazrati Dovutni pir deb hisoblagan.



U bilan bog’liq afsonalarda shunday deyiladi, Dovut payg’ambar dunyoda birinchi chevar temirchi usta bo’lgan. Cho’yin quyganda ayrim nuqsonlar sababini bilmagan, shu tufayli ko’z tegdi yoki Hazrati dovutning qarg’ishi deb bilgan. Shuning uchun qoraqalpoq temirchi ustalari ishga kirishishdan oldin hamisha pirdan madad so’ragan va ba’zan ovul odamlari yig’ilib sadaqa bergan. Unga mulla chaqirgan, u qur’on o’qigan. Ovqatdan keuin ham mulla qur’on o’qiydi, keyin choyin eritishga kirishgan.


Download 441,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish