Reja Naqqoshlik san`at fanining maxsad va vazifalari. Naqqoshlik san`atning inson xaetida tutgan urni. Naqqoshlik san`atning kelib chikishi rivojlanishi Naqqoshlik san`atga oyd adabietlar



Download 441,18 Kb.
bet28/30
Sana01.01.2022
Hajmi441,18 Kb.
#281545
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
2 5332519815758220754

18.Mavzu: Kulolchilik

Reja:

  1. Kulolchilik haqida tushuncha.

  2. Qoraqalpoqlarda kulolchilik hunarining tarqalishi.

Adabiyotlar

  1. A. O’temisov “qoraqalpoqlarning hunar kasblari” Qoraqalpog’iston” bosmasi, 1991-y.

  2. A. allamuratov. “mangu meros”, Bilim” bosmasi, 1993.

O’rta Osiyonoing boshqa tumanlaridagidek, quyi Amudaryoda yashaydigan xalq turmishida va xo’jaligida kulolchilik katta o’rin egallaydi. Ayniqsa Xorazmda kulolchilik qadim zamondan beri bor. Xorazmda kulolchilik keng yoyilibgina qolmasdan, kulol buyumlari chiroyliligi bilan ko’zga tushdi, buni Xorazmning qadimgi davriga tegishli ko’p kulol materiallar isbotlaydi.

Qoraqolpoqlarda kulolchilikbilan shug’ullanuvchilarni kulolchi yoki qumbizchi, Xorazmda kulol yoki xumbizchi, hamda Toshkenda kumdanchi deb ataladi. Ko’rilayotgan davrda Xorazm oazisining boshqa xalqlar kabi qoraqalpoqlar orasida kulolchilik faqat erkak odamlarning kasbi bo’ladi. E. m. Pesherovaning ixtirosiga qaraganda, Tojikistonda kulol buyumlarini yasash bilan ayollar shug’ullangan, hamda erkak odamlar ularni sotgan.

XIX asrning ikkinchi yarmida va XXasrning boshlarida kulolchilik ancha rivojlandi, etnografik materialning ko’rsatishiga qaraganda, bu davrda kulolchilik asosan To’rkolda, Xojelida, Qong’irotda, Shimboyda va katta elat punktlarda Mang’itda, Qipchoqda, Qitoyda va boshqa elatli punktlarda rivojlangan. Ammo bu davrda qoraqalpoqlar orasida kulolchilik past rivojlangan. Xabarlarga qaraganda, qoraqalpoq ustalari o’zbek ustalaridan o’rgangan.

1971-1975-yillari etnografik ekspeditsiyaga chiqqan vaqtda Qoraqalpogiston hududida kulol buyumlari tayyorlangan uch kulolchilik ustaxonasi topilgan. Ularning bittasi Xojeli tumani hududida joylashgan. Unda kulollar Sheyxnazar Qalenderov va Jangabay Allaniyazov ishlagan. Avval ularning stanogida Qalender Jumamuratov ishladi. Uning ota bobosining kulolchilik bilan shug’ullanganiga 7 avlod bo’lgan, kulolchilik unga ham ota- bobosidan meros bo’lib qolgan.

Ikkinchi ustaxona Shimboy shahrida topildi. Bu yerda 1870-yildan buyon Rambergen Zaripatning avlodlari kulolchilik bilan shug’ullangan. U kulolchilikni o’z akasidan o’rgangan. Remberganning aytishicha, uning akasinig kulolchilikni o’z tug’ishganlaridan va orasida boshqalardan ham o’rgangan. Kulolchi usta Zerip ikki shogird tayyorladi: bittasi Xojelida Avezmurot- o’zbek, ikkinchisi Taqiatoshdan qoraqalpoq. Ular shogird bo’lib 4 yil ishladi. Muddat tugagach shogird ustozini siylab sarpo in’om qilgan. Ustoz unda mollaning va oqsoqolning oldida shogirdlariga fotiha bergan va mustaqil ishlab kulolchilik qilishga ruxsat etgan. Shunday qilib 1916-yili Awezmurat Xojelida, Qutlimurat Taqiatoshda o’z ustaxonasini ochgan.

Uchinchi artel ustaxonasi Qo’ng’irotda edi, unga ota-bobosidan qolgan kulolchi Amet O’temuratov ishlaydi.

Rambergen Zaripovning va Amet O’temuratovning ustaxonasi uyiga yaqin bo’lgan. Ikki ustaxonaning ham uyining kulol pechi uyidan 10- 15 metr oraliqda joylashgan. Uning yonida kichkina kulol pech bo’lgan. Katta pech katta- katta buyumlar ishlash uchun, kichik pesh kichkina kulol buyumlarini ishlash uchun mo’ljallangan.

Ustaxonada oddiy kulolchilik asboblari sharq, gigirman, (qo’l tegirmoni) o’roq, kichkina keli, kapcha, elgezer, bo’yaydigan asboblar bo’ladi. Choyan qozonda glazur bilan bo’yoq tayyorlanadi, tosh to’qmoq, qum to’qmoq, tandir toqmoq har xil kulol buyumlar ayniqsa ularnin ichini sirtini ishlash uchun qo’llaniladi. Loy to’qmoq loyni maydalash uchun foydalaniladi.

Kulolchilar bu asboblar bilan har xil buyumlar: qum, tosh ko’za, digir yoki shigir ko’za, badya tovoq, gubi, quman, tosh shira, tubak va kulol tandir yasashgan.

Kulolchilarning aytishiga qaraganda, kulolchilar qadimda 62 turli buyum yasashgan.

Barcha buyumlarni asosan loydan yasagan. Loy uchun soz yoki soqa yerning tuprog’i bo’ladi. Loy qadimdan ko’pgina xalqlarda har xil qurilish materiallarining o’rnida ishlatilgan, undan xom va pishgan g’isht ishlangan, undan uyning devorlari tiklangan.

Kulolchilar dastlab loyni tayyorlaydi. Loyni tayyorlaganda kulolchi unga oz-moz qum, hamda tozaq aralashtiradi. Tozaq ekandan olinadi. Keyin suv bilan aralashtirib uni bel bilan urib, to’qmoq bilan to’qmoqlab oyoq bilan bosib pishiradi. . Rambergen Zaripov, Amet O’temuratov, Shixnazar Qalenderov kulolchilarning aytishicha loy ko’p turgan sayin u yelimday bo’ladi.

Egid qishloq tojiklari loyga echki junini aralashtiradigan bolgan Ekspeditsiya vaqtida bizlar hududdan shunday usul bilan ishlangan kulol buyumini uchratmadik.

Kulol stanok sharqda kulol buyumlariga o’z ko’rinishini beradi.Sharq ko’shege kiygizilgan do’galaq yogochdan iborat.U bo’yiga quriladi.Usta kulol buyumlarni ishlashga kirishganda sharikdi oldiga olib oyog’I bilan quyidagi aylanani loy bilan qo’shib aylantiradi.Usta stanokni aylantirib o’tirib.loyni so’zib qisib kerakli ko’rinishga keltiradi,ichiga ora tura ozmos suv quyib turiladi.Tayyor bo’lgandfan keyin yaxshilab quritiladi qurigach naqsh solinadi.Naqshni qalam bilan soladi,shuning bilan naqshlar tushiriladigan tayyor qoliblarni qo’llaniladi.

Katta qumlar va moy gubi quyidagicha ishlanadi.Dastlab pastki va yuqori tomonlari o’z oldiga ayrim ishlanadi,keyin biriktiriladi.Buning uchun dastlab stanokga pastki tomonini ,keyin yuqorisi qo’yiladi.Bundan keyin ichki va tashqi tomonidan loy surkaladi.

Paliv ishlash uchun kulni (qarabaraqdan) foydalaniladi.kuzda uni chopib olib yoqiladi.Yig’ilgan kulni qum qo’shib suvda aralashtiriladi,bundan keyin qumbuzda pishiriladi.Bundan keyin uni kelida tuyadi,tegirmonda tortadi,shundayligicha un olinadi.Buluntaq olinadigab bo’yoqning barcha turlarining asosi bo’lib hisoblanadi,uni sircha deb ataydi.18gr sircha 1kg bugdoy uni suvda aralashtiriladi shundan keyin coyin qozonda bu aralashma qaynatiladi.

Paliv tayyorlashda shisha qo’llana boshlandi.Uni kelida maydalaydi keyin tegirmonda tortadi yuqorida aytilgan sirchadek foydalaniladi.

Kulol buyumlarining ichini bo’yash uchun unga palivni quyip chayqaydi,ortganini boshqa buyumga quyadi qozonga quyadi.Har xil rangli naqsh berish uchun ma’lum rangli tog’ jinsidan foydalaniladi,uni Sulton Uvays va Qorataw tumanidan qazib olinadi.

Qizil kesak mag’il tosh (yumshoq tosh)qora tosh,oq tosh,maya yumshoq oq tuproq.Bu loyni Chilpiqga yaqin joydan olinadi uni kelida alohida tuyadi,keyin tegirmonda tortadi.Olingan har hil rangli untoqni qaynagan suvda sircha va bug’doy uni bilan aralshtirib choyin qozonda yopishqoq bo’lmaguncha qaynatiladi.Mag’il toshdan tayyorlangan untoqni mis turshakga sircha,bugdoy uni va suv bilan shundayligicha oladi.Bu Xorazmlik kulolchilarining eski boyoq olish usili.Sunday usul bilan kulolchilar oq,qizil,qora,sariq boyoqlar oladi.

Bo’yoqni quruq buyumga keyin uni yana qurutadi, va undan keyin paliv surtiladi va yana quritiladi.Qumbuzning har hil ot,qamish yantoq jangal ,umumiy quruq o’t bilan qizdiriladi,yaxshilab qizdirilgandan keyin qumbuzda 5-6 kun davomida issiq havo saqlanadi o’t yoqishdan oldin pastkli va yuqori teshiklarini loy bilan bekitib tashlashdi.




Download 441,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish