Leksiya
16.Mavzu: Kiygiz bosish va chiy to’qish hunari
Reja:
Kiygiz bosish hunari haqida ma’lumotlar.
Chiy to’qish hunari.
Adabiyotlar.
O. kinazbaev “ shig’is xalq hunarmanchiligi” ( metodik qo’llanma) nukus 2009.
G. Kamalova “go’zal o’lka” qoraqalpog’iston” bosmasi.
Kiygiz bosish hunari – asosan mol chorvachiligi bilan shug’ullanuvchi xalqlar orasida ko’plab uchraydi. Bizning ota – bobolarimiz yarim o’troq el bo’lib, ular molning holatiga bo’g’liq kochib qo’nib yurgan. Bu vaqtlarda esa ularning asosiy o’troq makoni, turar joyi qora uylar bo’lib hisoblangan. Shu kiygiz bilan bostirilgan qora uylarda qishlab chiqish bizning xalqimizga, uning turmush talabiga mos kelganligi sababli kiygiz bosish usulini yaratgan bo’lsa ne ajab. Qo’y echkilarning junlaridan qora uyni aylantirib yopadigan kiygizlar tayyorlangan, naqsh tushirilmagan. Tuskiygiz maxsus bosilgan kiygizlarning ichidagi eng yaxshini saylab olib undan tusga tutadigan tus kiygiz ishlaydi. Tus kiygizga har xil matodan naqsh o’yib tikiladi. Qoraqalpoqlarning qora uyining ichki tomoniga, ko’rinioshiga tus kiygiz tutilib, to’riga tekiymet to’shaladi. Tekiymet ham gul tushirilgan kiygiz. Ammo uning gullari jundan bo’yalib ishlanib, kiygizni bosgan vaqtda qoshilib bosiladi.
Kiygiz jundan tayyorlangan kundalik hayotda qo’llaniladigan toshamcha va hayotiy buyum. Kiygiz bosish asosan ayol qizlarning ishtirokida o’tkaziladi. Kiygiz uchun jun oldindan maxsus tayyorlangan. Kiygiz bosish uchun qo’y junining kuzgi qirqimi ko’proq foydalanilgan. Qirqib olingan jun titiladi, tozalanadi, savalanadi, natijada uning tolalari taram- taram holiga keladigan bo’ladi. Jun titish qo’lda bajariladi, junni barmoqlar bilan tarab, unng tolalarini ajratib chiqaradigan, junning ichidagi boshqa narsalardan tozalangan bo’ladi. Savash uchun jun qattiq buyumning ustiga yoyilib, savalanib ingichka ying’ildan qilingan tayoq bilan urish orqali tayyorlangan. Oq jun boshqa rangdagi junklarga qaraganda qimmat baholanadi. Kiygizni ikki turda kiygiz va tikeymet qilib bosadigan bo’lgan. Kiygiz faqat jundan rangsiz qilib, va tikeymet chetki jiyaklariga rangli jundan naqshlar qo’yilib tayyorlanadigan bo’lgan. Tikeymetlar to’shak va bezak buyumisifatida qo’llanilgan, masalan, qora uyning karagasiga tutib qo’yilgan.
Kiygiz bosish shapshi- kiygiz bosish sirlarini biladigan egede ayolning boshchiligida o’tkaziladigan bo’lgan. Yuqoridagi usullar bilan qayta ishlanib tayyor bo;lgan jun kiygiz bosish uchun chiyning ustiga yoyib toshab chiqiladi. Bunda kiygizning yuza tomoni chiyga qarab joylashadi. Shu sabab chiy tarafiga oq junni yoki rangli junlarni naqsh ko’rinishida yoyib chiqiladigan bo’lgan. O’rtasiga va ostki tarafiga qo’ng’ir junlar yoyib chiqiladi. Kiygizning o’lchami, qalinligi, naqshli bo’lishi uning qanday maqsadda qo’llanilishiga qarab tanlanadi. Jun chiyning ustiga bir tekis qilib yoyilib bo’lgandan so’ng uning ustiga qaynatilgan issiq suv sepilib chiqiladi. Keyin chiyga o’rab tashlab, chiyning belidan jun siljib ketmasligi uchu ikki-uch joyidan bog’lanib qo’yilgan, tashqarisidan arqonni o’rab olib, nari-beri qo’l bilan arqonni tortib, yumalatib truradigan bo’lgan. Bu kiygizni pishirish deb ataladi. Yumalatish boshida ham chiyning sirtidan qaynagan issiq suv sepilib quyilib boriladi. Kiygizning junlari birikib, qattiq holga keltirilgandan keyin dumalash to’xtatilib kiygiz ko’rinishiga ega bo’lgan, ammo hali yumshoq junchiydan olinib, endi chiyning ustiga kiygizning o’zini yopib qo’yilib, uni bir chetidan boshlab o’ralib, dumalatadigan bo’lgan. Dumaloq qilib o’ralgan kiygizni endi qo’lning bilagi bilan ustidan boshlab pishoirishnio boshlagan. Bu bilaklash deb atalib, bilaklash jarayonida ham kiygiz nari- beri dumalatib otkazilgan. Bilaklovchi ayollar tizzalab o’tirib olib ishlagan. Chiyda dumalatish va bilaklab pishirish jarayonida kiygizning qanday tayyorlanayotganligini shapshi diqqat bilan kuzatib o’tiradigan bo’lgan. U kiygizning tayyor bo’lgan vaqtini aniqlab o’tirgan. Bilaklashning ma’lum bir bosqichiga kelganda kiygiz tayyor bo’lib, keyin uni ochiq havoga chiqarib quritib oladigan bo’lgan. Bilaklash vaqtida ham kiygizning yuzasi ichga qaratib qayirib o’ralgan va bunda 5-10ta ayol qatnashib, ular almashib bilaklaydigan bo’lgan.
Kiygiz bosish usuli quyidagicha bo’ladi. Toza chiyni yoyib, uning ustiga savalgan junni yupqa qilib yoyiladi. U ma’lum bir qalinlikka yetkazilgach kiygizning ustki tomoniga rangba-rang bo’yalgan junlardan naqshlar tushiriladi. Hammasi tugatilgach tajribali biro dam cho’mich bilan kiygizning uistiga qaynagan suvni sepib turadi. So’ng chiyni o’rab qayta- qayta tirsaklab bosib keragicha qaynagan suv quyilib turiladi. Dumalatilgan kiygizga issiq suvni uzmasdan quyib turilgandan keyin yangilanib, tez bir- biri bilan qapishib ko’rinishga ega bo’ladi. Keyin dumalatib tepilgan kiygizni chiydan ajratib olib qaytadan buklanib bilaklanadi. Buni bilaklash deyiladi. Bu ishga ayollar ham erkaklar ham qatnashishi mumkin. Sababi kiygiz bosish usuli ham xalqimizning qoniga singan uy ko’magiga kelgan ko’makchilarning yordami bilan amalga oshiriladi. Shu bilan birga masalan Shimboy, Qong’irot, Xojaylikabi yirik shaharlarda maxsus kiygiz bosadigan shapshilar ham bo’lgan. Ularni “shapshi” deb atashgan.
Bundan keyin esa miygizni qarpiw boshlanadi. Kiygizni qayta- qayta buklab, chiniqtirish “qarpiw” deyiladi. Keyin tayyor bo’lgan kiygiz quyoshga yoyiladi. Kiygizning gul tushgan tomoni o’ngi deb ataladi. Tekiymatlarga tushirilgan naqshlar ham bir – biriga moslanib ketma – ketlik bilan navbatlanib tushiriladi.
Chiy to’qish –qorqalpoqlar orasida chiydan qilingan buyumlar ham kundalik hayotda qo’llanilgan. Chiy mahalliy xom ashyo bo’lgan qamishlardan tayyorlangan, bu jarayonni CHIY TO’QISH deb ataladi. Chiy to’qishda qamishlar avval qobiqlari, barglaridan tozalanib, uzunligi, yirikligi bo’yicha tanlab olinadigan bo’lgan. Chiy bir tekis bi’lishi uchun birdek yiriklikdagi qamishlardan to’qilgan. Qamishni chiy qilib uchini yerdan odam belining balandligida ikki yog’ochga ko’ndalang bir xoda yo’g’och boylanib asosiy ish quroli eshak tayyorlanadi. Ko’ndalang qo’yilgan xoda yog’ochga taqiladigan chiyning ko’lamiga qarab bir qarich yoki undan ham katta masofalar qoldirib, b elidan chiy taqiladigan iplar o’rab bog’langan kesaklar – og’irliklar osib ildirilib qo’yiladi. Tozalangan qamish ko’ndalang xodaning ustiga qo’yilib, u ham ip bilan o’rab olinadi. Shunday qilib chiy to’qilib, uning uzunligi ortib boaveradigan bo’lgan. Chiyni ayol- qizlar to’qiydigan bo’lgan. Chiy to’qish da bir oilaning barcha a’zolari qatnashishi joiz bo’lgan. Sababi chiyni to’liq ishlab chiqarishda qamishni o’rab olishdan boshlab, tozalash, taxlash, ajratish, to’qish, iplarni eshish, tayyorlash og’irliklarga o’rab chiqish, tayyor chiylarni qirqish ishlarini bajarishda ko’p qo’l mehnati kerak bo’ladi.
Chiy uylarga, qoslarga, ilasiqlarga tutilgan. Qora uyning karagasiga tutilgan chiy yozning kunlari kiygiz olib tashlangandan keyin uyning ichini shamollatib turishini amalga oshirgan, havo chiy orasidagi ochiqlardan kirib o’z- o’zidan shamollatishga atalgan.
Qamishni ezib, undan toshak uchun BOYRA to’qilgan. Agar qamishlar siyrak qilib to’qilsa uni QIYRA deb atalgan. Qamishdan jez chiylar to’qilgan. Jez chiy uchun maxsus jez qamishlardan foydalanilgan. Jez qamish ingichka va mahkam bo’lgan. Qamishga rangli jun iplar o’ralib, ulardan naqshlarni moslashtirib to’qiydigan bo’lgan. Jez chiynining usta yangalargina to’qiy oladigan bo’lgan. Sababi qamishga rangli iplarni o’rab chiqish to’qish har kimning ham qo’lidan kelavermagan. Jez chiylar qora uyning eshiklariga tutilgan, bezak uchun devorga, pardalarga tutilgan.
Suvli yerlarda o’sadigan ekan ham mahalliy xom ashyo bo’lib, undan to’shak uchun shipta to’qilgan. Shipta kiygizlarning ostiga to’shalganda yerdan namlikni o’tkazmaydigan bo’lgan. Ekandan baliq soladigan idish mardon, ekan arqonlar to’qilgan. Yosh toldan, ying’ildan savatlar, dudenlar to’qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |