24-mavzu. BOSH MIYA KATTA YARIM SHARLARINING PO‘STLOQ QAVATLARI TUZILISHI.
REJA:
1. Katta yarim sharlar po’stlog’ining hujayraviy tuzilishi.
2. Katta yarim sharlarni olib tashlash oqibatlari.
3. Katta yarim sharlar po’stlog’idagi elektr xodisalar (elektro-entsefalogramma).
4. Katta yarim sharlar po’stlog’idagi sohalar.
5. Xotira va uning mexanizmi.
Markaziy nerv sistemasi bosh miya va orqa miyadan iborat. Sizning miyangizda 100 milliarddan ortiq neyronlar murakkab struktura hosil qilib, ichki muhitni boshqaradi, xis hayajonni vujudga keltiradi, harakatlarni nazorat qiladi, ongli ravishda o’z tanasi va muhitini anglash, oliy jarayonlarda fikr va xotirani shakllantirishda ishtirok etadi.1
Bosh miya katta yarim sharlari nerv hujayralari, ularning aksoni va dendriti, hamda neyrogliya hujayralaridan iborat.
Katta yarim sharlarning butun qismi 1,5-3 mm qalinlikdagi po’stloq bilan qoplangan. U o’rta yoshli odamda bu yuza 1450-1700 sm kvadratga teng bo’ladi. Po’stloqda 12 mlrd dan 18 mlrdgacha nerv hujayralari bor. Po’stloq bir necha qavatdan tashkil topgan: molekulyar qavat (asosan nerv tolalari chigalidan iborat), donali ko’rinishdagi mayda hujayralar qavati: katta-kichik piramida hujayralar qavati. Bu qavat ham mayda hujayralardan tashkil topgan bo’ladi: katta piramida hujayralar qavati. Bu qavatning dendritlari po’stloqning yuza qatlamlarida, aksonlari esa oq modda ichiga kirib po’stloq osti yadrolariga yoki orqa miyaga tomon yo’naladi: amorf hujayralar qavati. U uchburchak va duksimon hujayralardan tashkil topgan.
Faoliyat jihatidan esa katta yarim sharlar hujayralarni uch guruhga bo’lish mumkin. birinchi guruh hujayralari ko’ruv dumboqlaridan impulslar qabul qiladi. Bularni sensor hujayralar deyiladi. Ikkinchi guruhsiga po’stloq ostiga, miya stvoli va orqa miyaga impulslar yuboradi. Uchinchi guruh hujayralari esa miya po’stlog’ining bir yoki bir necha sohalarni bir-biri bilan bog’laydi. Shuning uchun tuzilishi va faoliyati jihatidan katta yarim sharlar po’stlog’i 52 ta maydonchaga bo’linadi. Buni birinchi Brodman tavsiya etgan va jahon bo’yicha qabul qilingan.
XIX asrning boshlarida birinchi marta Flurans qushlar bosh miyasining katta yarim sharlarini olib tashladi. Keyinchalik tadqiqotchilar sut emizuvchilardan ham bosh miya yarim sharlarini olib tashladi. Shu yo’l bilan hayvonning qaysi faoliyatlari saqlanib qolishi o’rganildi. Bunday qushlar havoga uloqtirilsa uchadi. Turgan joyida itarib yuborilsa yuradi, ammo harakatsiz turgan paytda ta’sir etmasa qimirlamay turaveradi. Ko’ruv va eshituv qismidan mahrum bo’ladi. Bunday qushlarda hulq-atvorining turmush tajribasidan kelib chiqqan harakatlari buziladi. Ular o’zicha ovqat topa olmaydi. Qo’lga o’rganish qobiliyatini ham yo’qotadi.
Sut emizuvchilarda esa hulq-atvor yaqqol buziladi. Bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’i olib tashlangan it jarroxlikning jarohatlari bitgach harakat qila oladi, ammo harakat chaqqonligi, tekisligi, aniqligi kamayadi, jinsiy instinkt susayadi, it uyg’onib uxlaydi, ammo uyqusi uzoq davom etmaydi. It qisman ko’r va karga o’xshab qoladi, to’siqqa qo’yilgan ovqatga yaqin kelmaydi, xidining farqiga bormaydi. Ammo bunday itda eshituv, ko’ruv, ta’m biluv sezgisi saqlanib qoladi.
Itboshli maymunlarning bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’i olib tashlanganda, ularda yanada keskin o’zgarishlar ro’y beradi.
Bosh miya katta yarim sharlaridan mahrum bo’lib tug’ilgan bolalar (anentsefalar) da hulq atvorda chuqur o’zgarishlar sodir bo’ladi. Bunday bolalar odatda bir necha kun yashaydi. 1913 yilda bir bolaning 3 yilu 9 oy yashagani fanga ma’lum. U bola jasadi (o’lgandan so’ng) yorib ko’rilganda kalla suyagi ichida bosh miya katta yarim sharlari po’stloq o’rniga ikkita yupqa devorli pufak topilgan. Markaziy asab tartibining pastiga o’tkazuvchi yo’llar bo’lmagan, ko’ruv, dumboqlari chala rivojlangan bo’lib ammo miyacha to’rt tepalik va oraliq miya norma taraqqiy etgan bo’lgan. Bu bola hayotining birinchi yilida uzuluksiz uxlagan. Emizilganda so’rish harakatlarini bajargan. Tovush va yorug’likka reaktsiya ko’rsatmagan, faqat kuchli yorug’likdagina qovog’ini yumgan.
Bular shundan guvohlik beradiki markaziy asab sistemasining oliy bo’limlari fiologenetik taraqqiyot jarayonida toboro ahamiyatga ega bo’lib borgan. Katta yarim sharlar po’stlog’i murakab hulq-atvor harakatlarida katta rol o’ynaydi. hayvon murakkablashgan sayin bu bo’limning olib tashlanishi tuban hayvonlarga qaraganda chuqurroq o’zgarishlarni keltirib chiqarishi shuni ko’rsatadi. Buning sababi shuki, murakkab nerv faoliyatlari, markaziy nerv sistemasining tarixan yoshroq bo’limi katta yarim sharlar po’stlog’iga ko’chib o’tgan. Odamning katta yarim sharlar po’stlog’i shikastlanganda katta o’zgarishlar ro’y beradi.
Agar po’stloqqa yoki teriga 2 ta elektrod o’rnatib, unga kuchaytirgich ulansa, amplitudasi har xil bo’lgan potentsiallarini ketma-ket tebranishlarini qayd qilish mumkin, bu tebranishlarni tekshirish usuli elektroentsefalografiya deb ataladi.
Elektroentsefalogramma 2 usul bilan ajratiladi. Biopolyar va monopolyar. Biopolyar usul bo’yicha po’stloqqa yoki teriga 2 elektrod qo’yiladi. Bunda po’stloqning elektrodlar ostiga oralig’ida kelib chiqadigan potentsiallar farqi aniqlanib qayd qilinadi.
Monopolyar usul bo’yicha bir elektrod po’stloq sohasiga , 2 chi elektrod esa quloqning yumshoq joyiga qo’yiladi. Bunda tebranishlar amplitudasi odamda 5-10 dan 200-300 mkv gacha, chastotasi esa sekundiga 0,5dan 70 tebranishgacha bo’ladi.
Analizatorning markaziy bo’limlari joylashgan sohalarni katta yarim sharlar po’stlog’ining sensor zonalari deyiladi. Bu turgan zonalar tuzilmalari kiradi. Katta yarim sharlar po’stlog’ida ko’ruv zonalari bo’lib, bu zona ikkala yarim shardagi ko’ruv zonalar deyiladi. Katta yarim sharlar po’stlog’idagi sohalar. Analizatorning markaziy bo’limlari joylashgan sohalarni katta yarimsharlar po’stlog’ining sensor zonalari deyiladi. Birinchi chekka nuqtasi va ko’ndalang chekka nuqtasida eshituv zonasi joylashgan. Bu zonaga eshituv yo’lining uchinchi neyronlaridan impulslar kelib turadi. Bosh miyaning chekka bo’lagida eshituv zonasi joylashgan.
Bu sohada ta’m bilish analizatorining miya noksimon bo’lagining oldingi qismidagi hujayralardan iborat. hid bilishning birinchi neyronlari burun shilliq pardasida, ikkinchi neyronlari xid biluv piyozida joylashgan. Mana shu keyingi (ikkinchi) neyronlari hid biluv piyozida tolalari noksimon bo’lakka borib turadi.
Afferent impulslar faqat sensor zonalardagina kirib qolmay yondosh sohalarga ham kiradi. Shu sohalarni assotsiativ sohalar deyiladi. Assotsiativ sohalar sensor sohalarining chekkalarida joylashib, ulardan hamma tomonga 1-5 sm atrofida yoyiladi. Assotsiativ soha turli retseptorlarning pereferik ta’sirotlarini analiz va sintez qilishda muhim rol o’ynaydi.
Evolyutsion jarayonda bu sohalarning ta’siri toboro ortib borgan va odamda esa yuksak darajada taraqqiy etgan. harakatlarning miya yarim sharlar po’stlog’ida nazorat qilinadi.
Odam va yuksak hayvonlar bosh miyasining katta yarim sharlar po’stlog’i harakatini yuzaga chiqaradigan efferent impulslarni yuboradi. harakat natijasida esa kelib chiqadigan qaytar impulslarni qabul qiladi. Shunday qilib yarim sharlar po’stlog’i bilan harakat apparati orasida bog’lanish bor.
Yurish va yugurish mexanizmi. Skelet, tana va qo’l-oyoq muskullarining murakkab kooordinatsiyalangan faoliyati tufayli odam yuradi.
Yurish ikki davr asosida sodir bo’ladi. Bir tayanchli davr: Bunda odam goh chap oyog’iga tayanadi, bu yurishda oyoqlar navbatma-navbat gavdani ko’tarib turadi. Ikkinchi tayanchli davr: Oldinga uzatilgan chap oyoq hali yerdan uzilmay turib tana bir necha vaqtgacha ikkala oyoqqa tayanib turadi. Yurish akti o’zining ayrim komponentlarining juda aniq takrorlanishi bilan harakterlanadi.
Yurish aktida qo’llar ham qatnashadi. O’ng oyoq oldinga uzatilganda, o’ng qo’l orqaga va chap oyoq mushaklarigagina bog’liq bo’lib qolishga jalb qilinishini, qisqarishlarning aniq koordinatsiyasini markaziy asab sistemasi, asosan bosh miya yarim sharlari nazorat qiladi. Yurish faol asab mexanizmi jihatdan avtomatlashgan zanjirli refleksdir.
Odam yugurganda orqadagi oyoq kuchli ravishda yozilib oldinga uzatilganda ikkinchi oyoq yerga tegib ulgurmasdan ertaroq yerdan uziladi. Shunga ko’ra odam yugurganda bir necha vaqt yerga tayanmay muallaq turadi.
Natijada butun tana oldinga ketishi bilan birga yuqoriga va pastga ham ancha siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |