Reja: Katta yarim sharlar po’stlog’ining hujayraviy tuzilishi



Download 150,5 Kb.
bet5/5
Sana24.05.2023
Hajmi150,5 Kb.
#943216
1   2   3   4   5
Bog'liq
24-Ma\'ruza (1)

Uyqu haqida nazariyalar: I.P.Pavlovning ta’biricha uyqu va ichki tormozlanish bir jarayondir. Uyqu miya katta yarim sharlar po’stlog’ini egallagan va po’stloq ostidagi tugunlarga va o’rta miyaga tushgan va keng tarqalgan, irradiatsiyalangan tormozlanishlardir. Uyqu vujudda uni muhofazalash vazifasini o’taydi. Miya po’stlog’ining faollik paytida fosforli birikmalar, oqsil va aminokislotalar parchalanadi, ionlar muvozanati o’zgaradi, ya’ni protoplazmada natriy ionlar ko’payib, kaliy ionlar yo’qoladi. Natijada tinchlik potentsiali, qo’zg’aluvchanlik darajasi sinaptik potentsiallar amplitudasi, harakat potentsiallari o’zgaradi. Tormozlovchi shartli signallar ta’sirida faol uyqu deb atadi. Barcha sezgi a’zolari ishdan chiqqan odam va hayvon surunkali uxlaydi. Bunday uyquni Sechenov o’z tajribasida odamda va itlarda ko’p kuzatilgan. Ba’zi olimlar uyqu markazi nazariyasini ilgari surdilar. Ular ko’pchilik hayvonlarning o’rta va oraliq miyalarini elektr toki bilan qitiqlaganda ularning darxol uyquga ketganligiga asoslanib bu nazariyani ilgari surganlar. Retikulyar formatsiyaning faoliyati, ahamiyati aniqlangach va katta yarim sharlar po’stlog’i bilan retikulyar formatsiya o’rtasida o’zaro ta’sir aniqlangan, yuqorida aytilgan uyqu markazi nazariyasi yangicha izohlanadi. Bosh miya kata yarim sharlar po’stlog’i bilan retikulyar formatsiya o’rtasida doiraviy bog’lanish borligi normal uyquning kelib chiqishida muhim rol o’ynaydi.
Bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’ining retikulyar formatsiyani tonus holatiga keltiruvchi qismlarida tormozlanish jarayonlarining avj olishi tufayli retikulyar formatsiyaning ko’tariluvchi, faollashtiruvchi ta’siri susayadi, natijada butun miya po’stlog’ining faolligi kamayadi. Shuning uchun po’stloqning bir chakkasida vujudga kelgan tormozlanish jarayoni butun katta yarim sharlar po’stlog’ida tormozlanish holatini vujudga keltiradi. Po’stloq hujayrasining uzoq ishlab ketishi natijasida charchashi, atrofidagi sharoitlarning bir xilligi, ya’ni bir xil ta’sirlovchilarning uzoq ta’sir etib turishi, odam miya po’stlog’ining tormozlanishi, ya’ni uyquga sabab bo’ladi. Keyingi yillarda uyquning kelib chiqishida talamusning ba’zi bir yadrolaridagi neyronlarning maxsus guruhlari sababchi ekanligi aniqlanadi. Uyquning kelib chiqishida vujudda ko’plab sut kislotasining hosil bo’lishi sabab deguvchilar ham bor. Uyquning sodir bo’lishi uchun shart-sharoitlar bo’lishi kerak.
Tush ko’rish odamda ham yuqori tuzilgan hayvonda ham bo’ladi. Odamning va hayvonning tushiga tirikligidagi ko’rgan kechirganlari, eshitgan narsalari kiradi. Tushlar har xil bo’ladi: Orzu-havas tushlari, maqsadga yetishish tushlari, qo’rqinchli tushlar, hursandchilik tushlari bo’ladi.
Miyaning ish faoliyatida o’tmish ta’sirotlar o’zining miya po’stlog’ida qolishi va retikulyar formasi tormozlanib turgan bir sharoitda bosh miya hujayralarining faol faoliyati tufayli tush ko’rish sodir bo’ladi. Tushga kirib chiqadigan narsalar (manzaralar) mavjud vaziyatga to’g’ri kelavermaydi, bular ayrim kechirgan, hatti harakatlarining yagona bir guruhi bo’lib tushga kiradigan alla qanday parcha va bo’laklardir. Ba’zan o’tmish tushga kiradi, chunki tush po’stloqdagi o’tmishdan qolgan ta’sirotlar o’ziga asoslangan bo’ladi. Kattalar va bolalarning tush ko’rish sabablari bir xil bo’ladi.
Gipnoz xodisasi odamlarni qadimdan hayratga solib kelayotgan muammodir. I.P.Pavlov gipnozning miya po’stlog’ining ichki tormozlanishi bilan tushuntiradi. Gipnoz chala uyqu bo’lib, sun’iy yo’l bilan boshqa odam tomonidan yuzaga keltiradi. O’sha odam bir xildagi harakatlar, bir xildagi kuchsiz ta’sirotlar, yaltiroq sharchalar bilan, uyqu holatini so’zlar bilan tasvirlash va uxlash kerakligiga ishontirish yo’li bilan kishini uxlatib qo’yadi. Po’stloqda ayrim qismlarning faoliyati tormozlanadi. Bosh harakat markazlar qo’zg’algan vaqtda(o’yg’oq xolda) saqlanadi. Shu uyg’oq joylar orqali gipnozchi buyruq berib boradi. Bolalarni 7 yoshidan boshlab gipnoz qilsa bo’ladi. Chunki bunda tormozlanish kontsentratsiyalanadigan va tormozlangan joylar yoniga «qorovul» qismlar yuzaga kelgan bo’ladi. Bosh miya po’stlog’i qo’zg’aluvchanligi kamaygan bo’lsa, 7-14 yashar bolalarni ayniqsa gipnozlash oson bo’ladi. 7 yoshdan kichik bolalar, psixik kasallar gipnozga tushmaydi.

1 Lauralee Sherwood. Human Physiology: From Cells to Systems, Seventh Edition. Printed in Canada. р.133.

Download 150,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish