Reja: Katta yarim sharlar po’stlog’ining hujayraviy tuzilishi


Harakatlarga har xil sharoitlarning ta’siri



Download 150,5 Kb.
bet2/5
Sana24.05.2023
Hajmi150,5 Kb.
#943216
1   2   3   4   5
Bog'liq
24-Ma\'ruza (1)

Harakatlarga har xil sharoitlarning ta’siri. Kuzatilganda shu narsani payqash mumkinki, tajribasiz ishchi mehnat harakatlarini bajarganda, harakat apparatining ayrim sohalari tejamli va aniq harakat qiladigan ishchidagiga nisbatan boshqacha bo’ladi. Masalan: tajribasiz ishchi arralanganda bilak mushaklari ritmik ravishda bukilib yoziladi. Shunga qaramay bu aktda qatnashishi lozim bo’lgan boshqa (elka) mushaklari uzluksiz qo’zg’algan bo’ladi.
Kishining bu mehnatdagi tajribasi oshgan sari, ishtirok etadigan barcha mushaklarning harakati bajarilibgina qolmay, odam biror poza holatga ham tura oladi. Gavdaning og’irlik markazi oyoq kaftining polga tegib turish maydoni bilan chegaralangan tekislik ustida turgandagina muvozanat saqlash mumkin, odam tik turganda ozmi-ko’pmi tebranib turadi. Bu gavda muvozanatning beqaror ekanligidan dalolat beradi.
Sog’lom kishida umumiy og’irlik markazining tebranishlar amplitudasi 12 mm dan oshmaydig’
Orqa miya zararlanganda (kasalliklarida) miyacha o’smalariga gavda normadagiga nisbatan ko’proq tebranadi va ayniqsa ko’z yumganida barqaror tikka turib bo’lmaydi. Miya ikkita uyqu arteriyasi va ikkita umurtqa pog’onasi arteriyasidan qon oladi. Miya kislorodga, glyukozaga ehtiyoji katta bo’lganligidan qon ta’minotiga juda sezgir bo’ladi, ya’ni qonning kamroq kelishi miyaga tez ta’sir qiladi.
Likvor miyaning o’ziga xos ichki muhiti hisoblanadi, miyada tuzlar tarkibini va osmatik bosimni bir xilda ushlab turadi. Likvor gidravlik yostiqcha hamdir, ya’ni asab hujayralarini mexanik shikastlardan yaxshi saqlaydi. Likvor, umuman miyani ma’lum darajada oziqlantiruvchi muhit hisoblanadi.
Xotira-tirik organizmning muhim hususiyati. Xotira tufayli organizm tashqi ta’surotlarni qabul qilib, olingan axborotni o’zida saqlash markaziy nerv tizimining asosiy vazifalaridan biri. har lahzada organizm o’zi o’tmishidan kelajakka qadam qo’yadi va uning hozirgi va kelajakdagi hatti-harakatlari boshidan kechirgan tajribasiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. hayot davomida orttirilgan tajriba va bo’limlarni xotirada saqlashni markaziy nerv tizimida yuzaga chiqadigan tuzilma faoliy o’zgarishlarni ta’minlaydi.
Ba’zi olimlar xotirada saqlaydigan axborot kabi DNK yordamida kodga solinadi, degan fikrni aytadilar. Lekin bu taxminni isbot qilishga qaratilgan tadqiqotlar ijobiy natija bermadi. Olingan ma’lumotlar xotira mexanizmlarida RNK sintezini fikrga olib keldi. RNK sintezini tezlashtiradigan moddalar, masalan: fenalin o’rganishni jadallashtiradi. O’rganish jarayonida hayvonlarning miyasida RNK sintezlanishi tezlashadi. Ayni vaqtda miyada kichik peptidlar soni ortadi. Bu peptidlar postsinaptik membrananing ion o’tkazuvchanligiga ta’sir qiladi.
Xotira mexanizmlari miya neyronlarining o’zaro bog’lanishlari takomillashishi, ular o’rtasidagi sinapslar faoliyatining faollashishiga ham bog’liq. Xususan, o’zgaruvchan sharoitda o’stirilgan hayvonlarda miya neyronlari o’rtasidagi sinapslar soni ko’payadi, postsinaptik membrana qalinlashadi, sinaptik tugmachalar kattalashadi va boshqa o’zgarishlar ro’y beradi.
Ma’lumotni esda saqlash vaqtiga qarab xotira, qisqa va uzoq vaqtli xotiralar tafavut qilinadi. Avtobus oynasidan ko’rib ketilayotgan narsalar 400-500 millisekund davomida esda turadi. Agar yaqqol, ko’zga tashlanadigan narsa bo’lmasa, ular darrov esdan chiqadi. Bu haqda qisqa muddatli bo’lgan bevosita xotira. Ammo, shu payt nimadir bizning e’tiborimizni o’ziga tortsa, shu axborot qisqa muddatli xotiraga o’tkaziladi.
Qisqa muddatli xotira axborot bir necha lahza saqlanadi. Masalan: siz kimdandir tanishingizning telefon apparatiga yetib borguncha esda saqlaysiz, keyin unutib yuborasiz. Ammo telefon izlab yurganingizda nimadir diqqatingizni tortsa raqam esdan chiqadi. Bu misol qisqa muddatli xotira uzoq vaqt davom etmasligini, juda nozik bo’lishini ko’rsatadi. Uni narkoz, miyaga elektr toki ta’sir qilish, gipoksiya va boshqalar shikastlaydi.
Chamasi, qisqa muddatli xotiraning elektrofiziologik mexanizmlari impulslarining halqa hosil qilib ulangan neyronlar o’rtasida aylanib yurishidan iborat bo’lsa kerak.
Qisqa muddatli xotiradan ba’zi ma’lumotlar uzoq vaqtli xotiraga o’tkaziladi. Bu tizimda axborot oylab, yillab, ko’pincha bir umrga saqlanadi.
Asab kasalliklariga duchor odamlarda o’tkazilgan kuzatishlar yangi axborotlarni o’zlashtirish va eski axborotni esda saqlash jarayonlarining mexanizmlari bir emasligini ko’rsatdi. Bu jarayonlarni biri yo’qotilganda, ikkinchisi saqlanib qolishi mumkin.
Axborotni xotiradan izlab, yuzaga chiqarish jarayonini axborotni saqlash jarayonidan farqlash kerak.
Biz har qaysi faoliyatning katta yarim sharlar po’stlog’ida o’z «vakolatxonasi» bo’lishini aytib o’tdik. Miyaning ensa sohalari ko’rish bilan, chakka sohalari eshitish bilan bog’liqligini aniqlashga qaratilgan tekshirishlar natija bermadi. Axborot eslab qolish miya ma’lum sohasining emas, balki bir butun miyaning vazifasidir. Miyasi jarohatlangan odamlarni kuzatish bu taxminning to’g’riligidan dalolat beradi: miya po’stlog’i to’qimasi qancha ko’p yo’qotilsa, xotiraning buzilishi darajasi shuncha yuqori bo’ladi.
Markaziy asab tartibining oliy bo’limini bosh miya katta yarim sharlar va po’stloq osti tuzilmalar tashkil etadi. Odamning va hayvonning hulq-atvori ana shu bo’limlarga bog’liq. Demak, odamning hulq-atvori uning oliy nerv faoliyati hisoblanadi. Odamning ana shu faoliyati yordamida tashqi muhit bilan aloqada bo’lib turadi. Ko’yi asab faoliyati esa vujud ichidagi faoliyatlarni birlashtiruvchi reaktsiyalarning yig’indisidan iborat. Bosh miya haqidagi tasavvurlarni birinchi bo’lib rivojlantirgan I.M.Sechenovdir. bu haqda u o’zining «Bosh miya reflekslari» haqidagi kitobida keng tushuntirdi. Tirik jarayonlarni fiziologik asosda tushuntirishga I.M.Sechenovgacha hech kim jur’at qilolmagan. I.M.Sechenov-gacha ko’pchilik olimlar psixologik jarayon bilan fiziologik jarayonlar ikki xil narsa deb qarab keldilar. I.M.Sechenov inson hulq-atvori, ongi bilan bog’liq bo’lgan masalalarni ayniqsa keng va to’g’ri tushuntirdi. Oliy nerv faoliyati haqida muntazam ta’limot yaratdi. I.P.Pavlov reflektor reaktsiyalar irsiyat yo’li bilan markaziy asab tartibini qo’yi bo’limlar asosida yuzaga chiqadi. hayvon va odamning hulq-atvori, odamning ko’nikma va malakalari katta yarim sharlar po’stlog’ida sodir bo’ladigan asab aloqalari asosida yuzaga chiqadi dedi. I.P.Pavlov faoliyati 2 davrga bo’linadi. Miya fiziologiyasini rivojlantirishdagi fiziologik Pavlov davri va oliy nerv faoliyati paydo bo’lgan, ulug’ I.P.Pavlov davrining ilk bosqichi deb hisoblanuvchi oldingi davrida I.P.Pavlov sof fiziologik jarayonlarni analitik tarzda o’rgandi. Bunda u asosan vujudning tashqi dunyo bilan munosabatlarini izohlaydigan jarayonlarni o’rgandi. Vujud bilan tashqi muhit o’rtasidagi munosabatlarni izohlaydigan jarayonlar quyidagilar kiradi: vujudning muhit bilan o’zaro ta’siri: barcha hayotiy jarayonlarda bosh miyaning yetakchi rol o’ynashini tan olish I.P.Pavlov oliy nerv faoliyatning asosini tashkil etuvchi uchta printsipni ta’riflab berdi. Birinchi determinizm printsipi, ikkinchi analiz va sintez printsipi, uchinchi printsipi ovqatning ko’rinishida, hidi sezilganda yoki ovqat haqida to’g’ridan-to’g’ri gaplashilganda so’lak bezlarining psixik yo’l bilan qo’zg’alishi I.P.Pavlovni qiziqtirib qo’ydi. I.P.Pavlov itlar ustida tajribalar olib bordi.
Bunda ovqatdan oldin 20-30 sekund qo’ng’iroq chalib yoki chiroq yoqib, keyin itlarga ovqat berildi. Bu tajriba bir necha bor takorlangach, qo’ng’iroq chalingandan yoki chiroq yoqilgandan so’ng endi ovqat berilmasa ham itda so’lak ajralganligini aniqladi. Ovqat yeyishidan oldin ta’sir etgan agentlarga javoban itda so’lak ajralishini tabiiy, ilmiy jihatdan tekshirish yo’li bilan shartli reflekslar haqidagi ta’limotni yaratdi. I.P.Pavlovga qadar bu xodisani hech kim ilmiy jihatdan to’g’ri tushuntirib bermagan edi. I.P.Pavlov so’lak bezlarining «psixik» qo’zg’alishini sifat mohiyati jihatidan o’ziga xos reflekslar deb hisoblanadi va bu reflektor aktlarning hosil bo’lishini boshqaruvchi umumiy qonuniyatlarni ochib berdi. I.P.Pavlov reflekslar to’g’risida ta’limot yaratdi, yuksak darajada taraqqiy etgan materiya bo’lmish bosh miyada ro’y beradigan jarayonlari mexanizmini ochib berdi. U ruhiy xodisalar o’ziga xos refleksdir, bosh miya faoliyatini xossasidir dedi.
Pavlov aytdiki, retseptorlar ta’sirlangandagina bosh miya katta yarim sharlarida asab jarayoni vujudga kelgandan keyingina shartli refleks hosil bo’ladi. Odamdan, uning ongidan tashqarida mustaqil ravishda mavjud bo’lgan tashqi moddiy olamning yuzasida joylashgan retseptorlarga ta’sir qilishi o’sha qo’zg’alishni keltirib chiqaradi. Katta yarim sharlarda asab jarayonlarining vujudga kelishida ichki a’zolar retseptorlarning ta’sirlanishi ancha kam rolni o’ynaydi. Shu yerda sababiy bog’lanish ya’ni determinizm printsipini namoyon qiladi. Shartli reflekslar usuli bosh miya faoliyatini o’rganishga imkon beradi. Bosh miyaning tuzilishini, markaziy asab sistemasi faoliyatining asosiy qonunlarini bilib olish, ta’sirotlarning sifati intensivligi va muddatini shuningdek reflekslarning tabiati va miqdorining aniq xisobga olib borish miya faoliyatining asosiy qonuniyatlarini olib tashlashga imkon beradi.
Organizmlarda ro’y beradigan hamma reflekslar shartsiz va shartli reflekslar deb 2 guruhga bo’linadi. Hayvonlar ma’lum miqdorda tayyor reflekslar bilan tug’iladi. Bu reflekslar evolyutsion jarayonda vujudga kelgan va mustahkamlangan bo’lib nasldan-naslga o’tadi. Shartsiz reflekslar deb ataladigan shu reflekslar unchalik ko’p emas, aksincha to’xtovsiz ravishda o’zgaruvchan muhitda yashaydi. Organizm o’zgaruvchan muhit sharoitida hayot kechirib turadi va moslashadi. Bu bosh miya po’stlog’ida yangi reflekslar hosil bo’lishi tufayli mumkin bo’ladi. Shartsiz reflekslar bilan shartli reflekslar o’rtasida kattagina farq bor.
Shartsiz reflekslarning yo’llari, ya’ni reflekslar yoyi va markaziy nerv sistemalarda qo’zg’alish markazga intiluvchi toladan markazdan qochuvchi tolaga o’tadigan yo’llar shuningdek miya po’stlog’iga boradigan yo’l yoki odam tug’ilguncha mavjud bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolada dastlabki kunlardayoq ovqatlanishga ta’luqli bir qancha shartsiz reflekslar paydo bo’ladi. Shartsiz reflekslar tug’ma bo’lib nasldan naslga o’tadi.
Shartli reflekslar-tug’ma bo’lmaydi. Shartli refleksning yoyi hayvon yoki odam tug’iladigan paytgacha mavjud bo’lmaydi. Shartli reflekslar hayot davomida paydo bo’ladi, mustahkamlanadi, so’nadi va yo’qolib ketadi, yangi shartli reflekslar, individual reflekslardan hisoblanadi.
It bolalari avval boshda faqat sut bilan boqib turiladi. Keyin ular sutning o’zini ko’rishi bilan so’lagi ajraladigan bo’lib qoldi. Ilgari biror marta ham go’shtni topib ko’rmagan shu it bolalariga go’shtni ko’rsatganda ularda so’lak ajralmaydi. Bir ikki marta go’sht yedirgandan keyin go’shtni ko’rish va hidini sezish bilan so’lak ajrala boshlaydi. Ushbu xodisalarni yosh bolalarda ham uchratish mumkin. Bir marta ham limon topib ko’rmagan bolaga limon ko’rsatilsa limonning rangggi va shakli bolani e’tiborini o’ziga tortadi-yu, ovqatlanishga taaluqli reaktsiya ya’ni so’lak oqishiga sabab bo’lmaydi. Ammo bola limonni tortib ko’rgandan so’ng shu mevani ko’rishi bilan og’zidan so’lagi ajraladi. Katta yoshli kishilarga limon haqida gapirilganda so’lak ajrala boshlaydi. Shartsiz reflekslarning yuzaga chiqishida markaziy nerv sistemasining asosan po’stloq ostidagi bo’limlari qatnashadi. Shartsiz reflekslarning yoyi markaziy nerv sistemasining har bir bo’limidan o’tishi mumkin, reflekslar katta yarim sharlar po’stlog’ining ishtirokisiz yuzaga chiqa oladi. Shartsiz reflekslar birmuncha doimiy barqaror o’zgarmas bo’lib, butun umr bo’yi saqlanadi. Odam bosh miya po’stlog’ining ishtiroki bilan shartsiz reflekslarning yuzaga chiqishini to’xtata oladi. Masalan: odam qorni ochib ketishiga qaramay sabr qila oladi va ovqatga shoshilmaydi.
Shartli reflekslar o’zguruvchandir: ular vaqtincha bo’lib vujudga kelishi ham, yo’qolib ketishi ham oson.
Shartli refleks paydo bo’lishi uchun maxsus ta’sirlovchining bo’lishi shart emas. har qanday retseptorlarga qo’yiladigan har bir ta’sirlovchi shartli refleksni vujudga keltira oladigan ta’sirlovchiga aylanishi mumkin. Tashqi muhitning har bir o’zgarishiga va organizmning ichki holatining har qanday o’zgarishiga javoban shartli refleks paydo bo’lishi mumkin. tashqi muhitda va organizmning ichida kelib chiqqan har bir o’zgarish shartli ta’sirlovchi yoki signal bo’lib qoladi, ya’ni tashqi muhitning har bir shartli refleksni vujudga keltira oladigan ta’sirlovchiga aylanishi mumkin, labaratoriya sharoitida shartli reflekslarning vujudga kelishiga sabab bo’la oladigan ta’sirlovchilar: chiroq yoqish, musiqa asbobining ovozi, shovqin, issiq va sovuq ta’siri, tegish, igna sanchish. har xil hid, shuningdek ichki organlarning holati, muskullarning tarangligi va shu kabilar.
Shartsiz refleks deganda uning yoyini ravshan ochiq tasavvur qilamiz. Maslan: so’lak ajralish shartsiz refleks haqida gap boradigan bo’lsa og’iz bo’shlig’idagi retseptorlar ta’sirlanib, qo’zg’aladi va shunda kelib chiqadigan qo’zg’alish markazga intiluvchi nervlar orqali uzunchoq miyaga boradi va undagi so’lak ajratish markaziga kiradi. So’lak ajratish markazdan qochuvchi nervlar orqali so’lak ajratish markazidan qo’zg’alish markazdan qochuvchi nervlar orqali so’lak bezlariga keladi, natijada bu bezlar sekret chiqara boshlaydi. Bu shartsiz refleksning yoyidir.
Shartli refleksda so’lak ajralishiga hech qanday aloqador bo’lmagan retseptorlar yoki organlar ta’sirlanishi bilan so’lak chiqadi.
Qo’ng’iroq tovushiga javoban shartli refleks kelib chiqadigan bo’lsa, tovush so’lak ajralishiga sabab bo’ladigan ta’sirlovchi bo’lib qoladi. Bunda qo’zg’alish eshituv nervlari orqali bosh miya po’stlog’iga borib, eshituv sohasiga yotadi, ovqatlanish shartsiz refleksning miya po’stlog’idagi qismiga kiradi, so’lak ajratish markaziga yetadi: markazdan qochuvchi yo’l shartsiz refleksda ham shunday bo’lib qoladi, markazga intiluvchi yo’l o’zgaradi. Shartli refleks hosil bo’lganda bosh miya po’stlog’ida 2-qo’zg’alish o’chog’i vujudga keladi: biri tovush ta’sirini sezadigan markazda, ikkinchisi esa ovqatlanish shartsiz refleksning miya po’stlog’idagi qismida bo’ladi.
Ta’sirlovchilar shu tariqa qo’shilishidan ilgarigi miya po’stlog’ining yuqorida ko’rsatilgan qismlari o’rtasida hech qanday aloqa bo’lmagan edi. Ammo ta’sirlovchilar shu tariqa qo’shilib takrorlanganda o’sha 2 ta markaz vaqtincha aloqa bog’laydi. Eshituv zonasida qo’zg’alish o’chog’i kelib chiqqandan keyin shu orada ovqatlanish shartsiz refleksning miya po’stlog’idagi qismida kuchliroq qo’zg’alish o’chog’i kelib chiqadi, ikkala markaz bir-biri bilan vaqtincha aloqa bog’laydi.
Fiziologik jihatdan katta ahamiyatga ega bo’lgan ana shu qo’zg’alish o’chog’i miya po’stlog’ining boshqa qismlarida qo’zg’alishni o’ziga tortadi. Ikkala qo’zg’alish o’chog’i takror paydo bo’ladi, uning o’rtasidagi yo’l asta-sekin tekislanadi va keyinchalik shartli ta’sirlovchi tufayli kelib chiqadigan qo’zg’alish shartsiz refleks sohasiga o’tadi. Shunday aloqa bog’lanishini I.P.Pavlov ulanish deb atagan edi. Aloqa bog’langandan keyin qo’zg’alish miya po’stlog’ining eshituv sohasidan ovqatlanish markazining miya po’stlog’idagi, qismiga o’tadi, undan ovqatlanish markaziga boradi, so’ngra markazdan qochuvchi nervlar orqali so’lak bezlariga kelib, uni ishga soladi.
Organizmning hayotida, uning muhit o’zgarishlariga moslashishida sodda shartsiz reflekslar bilan bir qatorda instinktlarning ham ahamiyati katta. I.P.Pavlov bularni murakkab shartsiz reflekslar, deb ifodalangan.
Instinktlar maqsadga erishishiga qaratilgan hatti harakatlarni to’g’ridan-to’g’ri bo’lib ular ontogenetik rivojlanish jarayonida ro’yobga chiqadi va turning har bir ko’rinishida o’zgarmas xolda kuzatiladi. Ovqatlanish, taqlid qilish, ko’payish va boshqa instinktlar individual hayotda va turni saqlanishida muhim rol o’ynaydi.
Instinktlarning oddiy shartsiz reflekslaridan farqi shundaki, ular bir nechta reflektor harakatlardan iborat bo’ladi. Instinktlar asosini va uning birinchi bosqichini organizmning ichki biologik ehtiyoji tashkil etadi. Bu ehtiyoj (ochlik, jinsiy qo’zg’alish, qo’rqish) ma’lum intilishni shakllaydi va unga erishish uchun organizm bir qator sterioptik va ichki sekretsiya bezlari katta ahamiyatga ega. Bu faoliyat tashqi muhit o’zgarishlariga ham bog’liq.
Masalan: qushlarda in qurish, bola ochish instinkti paydo bo’lishi uchun kunlar uzayib, havo isishi kerak.
Odamning odob-ahloqi ko’p jihatdan jamiyatning ijtimoiy qonunlariga bog’liq bo’ladi. Shu tufayli, odamning instinktlari o’zgargan va ong faoliyatiga bo’ysunadi. Shartsiz refleks va ular asosida vujudga kelgan shartli reflekslarning hammasi faoliyat ahamiyatiga qarab bir necha guruhlarga: ovqatlanish, ximoyalanish, jinsiy, statokinetik, lakomotor, mo’ljal olish, gomeostazni saqlovchi va boshqalarga ajratadi.
Ovqatlanish refleksi: chaynash, yutish, emish, so’lak natijasi, me’da va me’da osti sekretsiyasi va boshqalar.
Ximoyalanish refleksi: shikast yetkazuvchi va og’rituvchi ta’sirotlarni bartaraf qilish.
Jinsiy reflekslar: jinsiy aktni yuzaga chiqaruvchi barcha reflekslar, nasl uchun qayg’urish, parvarish qilishga aloqador ota-onalik reflekslari.
Stato-kinetik va lakomotor reflekslari kiradi: gavda vaziyatini va fazodan harakatni saqlash harakatlari.
Gomeostaz refleksi: haroratni boshqarish, nafas, yurak reflekslari, qon bosimni doimiy saqlashga yordam beruvchi tomir reflekslari kiradi.
Mo’ljal olish reflekslari: tevarak atrof o’zgarishlariga tezda moslashish, tezda quloq solish, xidlab ko’rish, ko’rish reflekslari kirib, shartsiz refleks orasida eng muhimi hisoblanadi.
Shartsiz reflekslar asosida shartli reflekslarning vujudga keltirilishi birinchi tartibi shartli refleks hisoblanadi. Shartli reflekslarni ilgari vujudga keltirilgan boshqa shartli refleks asosida ham yuzaga chiqarish mumkin. buning uchun ovqat berish bilan bir vaqtda boshqa qandaydir shartli ta’sirot ham beriladi. Masalan: qo’ng’iroq tovushiga nisbatan shartli refleks hosil qilingach ana shu qo’ng’iroq tovushiga yana boshqa shartli ta’sirot ham qo’shiladi. It siypalanadi, bunda avval bir necha sekund itning terisi silab turiladi va so’ngra qo’ng’iroq chalinadi. Tajriba bir necha marta takrorlanadi. Endi teri silanishi bilanoq qo’ng’iroq chalinmasa va ovqat berilmasa ham shartli refleks yuzaga chiqadi. Bu ikkinchi tartibli shartli refleksning vujudga keltirmoq uchun shu shartli refleksning yuzaga chiqaradigan shartli signal, birinchi tartibli shartli signaldan 10-15 sekund ilgari ta’sir qilinishi kerak. Itlarda uchinchi tartibli shartli refleks vujudga keltirish mumkin. Masalan: itning oyog’iga elektr tokini ta’sir etishi bilan ularda to’rtinchi tartibni shartli reflekslarni ham hosil qilish mumkin. Bolalarda esa oltinchi tartibli shartli reflekslarni ham hosil qilsa bo’ladi.
Har xil yot ta’sirlovchilar shartli reflekslarni osongina tormozlaydi. Masalan: ovqatlanish shartli refleksidan oldin bexos yot tovush kelsa hid sezilsa shartli refleks susayadi, ba’zan butunlay yo’qoladi. har qanday yot narsa itda mo’ljallash refleksini vujudga keltiradi, bu refleks esa shartli refleksni tormozlaydi. hayvonning oyoq terisiga elektr toki ta’sir etib, oyog’i og’ritilsa, ovqatlanish shartli refleksi keskin tormozlanadi. Ichki a’zolardan keluvchi shartli refleksi keskin tormozlanadi. Ichki a’zolardan keluvchi ta’sirotlar ham shunday natijani beradi. Qovuqning to’lib ketishi, qusish, jinsiy qo’zg’alish, bir a’zodan yallig’lanish jarayoni ovqatlanish shartli reflekslarni susaytiradi. I.Pavlov bunday tormozlanishni tashqi tormozlanish deb atadi.
I.Pavlovning ta’kidlashicha signal har gal ta’sir etganda qo’zg’alish miya po’stlog’ining bevosita ta’sirlanadigan hujayralaridan qo’shni hujayralarga yoyilib (irradiatsiyalanib) ularni hosil bo’layotgan vaqtincha aloqaga tortadi. Qo’zg’alish irradiatsiyasida gorizontal yo’llar bilan bir qatorda vertikal yo’llar: po’stloq-po’stloq osti-po’stloq yo’llari, ayniqsa muhim rol o’ynaydi.
Pavlov faqat qo’zg’alish irradiatsiyalanib qolmay, tormozlanish ham irradiatsiyalanadi, degan xulosaga keldi.
Tormozlovchi shartli signal ta’sir etganda, shu ta’sirotni idrok etuvchi po’stloq hujayralarida tormozlanish jarayoni ro’y beradi. Bu jarayon avval po’stloqqa yoyiladi (irradiatsiya), so’ngra boshlang’ich nuqtada to’planadi (kontsentratsiya). Tormozlanish irradiatsiyasi turli tezlik bilan 20 sekunddan 5 minutgacha vaqt ichida avj oladi. Tormozlanish kontsentratsiyasi esa 4-5 barobar sekinroq ro’y beradi.

Download 150,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish