Normativ sharhlashda davlat hududida huquq normalarini bir xilda qо`llash maqsadida, qaysi organi chiqargan bо`lsa, shu davlat organining о`zi sharhlaydi. Bu sharhlashni autentik (muallif tomonidan sharhlash) deb ataladi.
О`zbekiston Respublikasida autentik sharhlash huquqi Prezidentga, Vazirlar Mahkamasiga, vazirliklarga, davlat qо`mitalariga, xalq deputati mahalliy Kengashlariga, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimlariga о`zlari chiqargan huquqiy hujjatlar bо`yicha berilgan. Bu sharhlashning vazifasi: О`zbekiston Respublikasisining hududida huquqiy normalarni tо`g`ri qо`llash uchun umummajburiylik kuchiga qarab, bir xilda sharhlashdir.
О`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 109-moddasi 3-qismiga asosan, О`zbekiston Respublikasining Konstitusiyaviy sudi Konstitusiya va qonun normalarini yuridik kuchiga qarab sharhlaydigan yagona organdir. Bu sharhlash rasmiy normativ bо`lib, barcha davlat organlari, korxonalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
Huquqiy normalarni kazual sharhlashda sud organlari har bir fuqarolik, jinoiy, ma`muriy va boshqa ishlarni kо`rayotganda tegishli huquqiy normalar bilan bu ishlarni kо`rib, hal qilish chog`ida huquqiy normalarni sharhlaydi. Sudning har bir fuqarolik ishi bо`yicha chiqargan qarori yoki jinoiy ishlar bо`yicha chiqargan hukmi huquqiy normani kazual (kazus) sharhlash asosida amalga oshadi. Bu norasmiy sharhlashdir.
О`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan О`zbekiston Respublikasining «Sudlar tо`g`risida»gi qonunning 16-moddasi 4-bandiga asosan О`zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi sud amaliyotini umumlashtirib kо`rib chiqadi va qonun hujjatlarini qо`llash masalalari bо`yicha ularni sharhlab, dasturiy kо`rsatmalar beradi.
Huquqiy normalarni norasmiy sharhlashga shuningdek ilmiy sharhlash kiradi. Tatbiq etilayotgan normalarni ilmiy sharhlash ilmiy xodimlar, olimlar, jamoat va davlat arboblari tomonidan darsliklarlarda, ma`ruzalarda, kitoblarda va ilmiy maqolalarda amalga oshirilishi mumkin.
Norasmiy sharhlash natijalari davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxona, muassasa, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy bо`lmasada, huquqiy normalarning mazmunini sharhlab, tushuntirib beradi. Bu sharhlash huquqiy normalarni amaliyot bilan bog`lab, kishilarning huquqiy ongini va haquqiy madaniyatini rivojlantirishda muhim rol о`ynaydi. Norasmiy sharhlash qonunlarni takomillashtirishga, huquqni muhofaza etuvchi organlar faoliyatini yaxshilashga, qonunchilikni mustahkamlashga yordam beradi. Masalan, О`zbekiston Respublikasisining Konstitusiyasiga sharh, О`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksiga, Fuqarolik kodeksiga, Mehnat kodeksi va boshqa Kodekslariga sharhlar mavjud.
Huquq normalarini sharhlash hajmi bо`yicha uch xil bо`ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |