Huquqni tom ma`nosida sharhlash-bunda turmushga tatbiq etilayotgan huquqiy normaning mazmunini yozilgan matniga qarab, hech narsa qо`shmasdan qо`llash tushuniladi.Bunga misol qilib О`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 21-moddasini kо`rsatish mumkin. Unda shunday deyilgan: «О`zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik о`rnatiladi. О`zbekiston Respublikasisining fuqaroligi, unga qanday asoslarda bо`lganligidan qat`iy nazar, hamma uchun tengdir». Shuningdek, huquqiy normalarning sо`zning tom ma`nosida sharhlashga О`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 22-moddasini keltirish mumkin. Bunda «О`zbekiston Respublikasi о`z hududida ham, uning tashqarisida ham о`z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik о`rsatishni kafolatlaydi», deb kо`rsatilgan.
Cheklangan sharhlash-bunda tatbiq etilayotgan huquqiy normaning о`z matnida cheklanganligi belgilab qо`yiladi. Masalan, О`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 112-moddasida «sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga bо`ysunadilar», deyilgan. Buni kengroq qilib sharhlaydigan bо`lsak, sudlar о`z faoliyatida О`zbekiston Respublikasisining Oliy Majlisi-oliy davlat vakillik organi tomonidan chiqarilgan qonunlar, davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig`i tomonidan chiqarilgan qnormativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi. Yoki bо`lmasa, keng ma`noda huquqiy normalarni sharhlab tatbiq etishda О`zbekiston Respublikasi JKning 55-56-moddalarini-jazoni yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlarini olishimiz mumkin. 55-moddada jazoni yengillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlarga quyidagilar kiritilgan: aybni bо`yniga olish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish, yetkazilgan zararni tо`lash, og`ir shaxsiy va oilaviy sharoitlar oqibatida, majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan qaramlik sababli va boshqa bir qancha sabablar natijasida jinoyat sodir etish, voyaga yetmaganligi, homilador ayolligi sababli. 56-moddada jazoni og`irlashtiruvchi holatlarga quyidagilar kiritilgan: homiladorligi aybdorga ayon ayollarga nisbatan, yosh bola, qariya va ojiz ahvoldagi shaxsga nisatan, aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatdan yoki boshqa jihatdan qaram bо`lsa jinoyat natijasida og`ir oqibatlar kelib chiqqan bо`lsa, umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida, mastlik holatida yoki giyohvandlik vositalari yordamida va boshqa holatlarda jinoyat sodir etilgan bо`lsa.
Sud har bir jinoyat ishini kо`rganda yuqoridagi jazoni yengillashtiradigan va og`irlashtiradigan holatlarni keng ma`noda sharhlaydi. Bu holatlar hamma jinoyatchilar uchun bir xilda qо`llanilmaydi. Har bir jinoiy ish bо`yimcha jinoyatchining shaxsiga oid xarakteri hisobga olinadi.
О`zbekiston bozor iqtisodiyotiga о`tayotgan hozirgi davrda kishilar о`rtasidagi turli ijtimoiy munosabtlar huquq normalari bilan tartibga solinadi. Bunda, huquq normalarini sharhlash avvalo, turli usullar bilan ularning mazmunini aniqlash va huquqiy normalarning hajmi, yuridik kuchiga qarab sharhlash katta yordam beradi. Bu esa aholining huquqiy normalarni yaxshiroq tushunib, ularga amal qilishlikka, huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyatning yuqori darajada bо`lishligiga olib keladi.
Huquqni xajm jixatdan sharxlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |