Kazusning javobi



Download 17,32 Kb.
Sana10.07.2022
Hajmi17,32 Kb.
#772759
Bog'liq
KAZUS


KAZUS

Kazual sharhlash umummajburiy xarakter kasb etmaydigan, balki huquqiy normani aniq hodisa, hayotiy holatga qo‘llash uchun ko‘zlangan rasmiy talqin etishdir. Kazus – hodisa, hayotiy fakt. Kazual sharhlash sud va boshqa huquqni qo‘llovchi organlar tomonidan ko‘rilayotgan va hal qilinayotgan aniq ishlar bo‘yicha tegishli normaga beriladi hamda faqat shu ish uchun majburiy hisoblanadi.


Sudlar har bir fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va boshqa ishlarni ko‘rayotganda tegishli huquqiy normalar bilan ishlarni ko‘rib, hal qilish chog‘ida huquqiy normalarni kazual sharhlaydi. Sudning har bir fuqarolik ishi bo‘yicha chiqargan qarori yoki jinoiy ishlar bo‘yicha chiqargan hukmi asosida huquqiy normani kazual sharhlash yotadi.
Sudlar tomonidan huquqni qo‘llash jarayonidagi kazual sharhining ahamiyatini atroflicha muhokama eting hamda amaliy misollar yordamida kazual sharhning boshqa sharhlardan farqli jihatlarini ko‘rsatib bering.


KAZUSNING JAVOBI

Huquq normalarini sharhlash masalasi huquqning mazmunini


ochish, tushuntirishni va huquqiy hujjatlar yuridik mohiyatini
yoritishga qaratilgan faoliyatdir. Ba’zi hollarda huquq normalari
mazmunini to‘liq yoritish maxsus tushuntirish talab qiladi. Huquq
normalarini sharhlash tatbiq etilayotgan huquq normalarining to‘la
va aniq amalga oshirilishini ta’minlaydi hamda ularni qo‘llash
amaliyotida xatolarni istisno etadi.
Huquqni sharhlashning turlari to‘g‘risidagi masala huquqni
tushuntirish faoliyatining natijalari va sharhlash hujjatlarining yuridik
tabiatiga oid masalalar jumlasiga kiradi. Gap shundaki, huquqiy
normalarning mazmunini tushuntirishning muayyan natijalari
sharhlanayotgan hujjatlar hisoblanadi. Ularning amaliyot uchun yuridik
ahamiyati sharhlash subyektlarining vakolatlaridan kelib chiqadi.
Huquqiy normalarni sharhlashda sharhlovchi subyektlarning roli katta.
O‘zbekiston Respublikasida huquqiy normalarni sharhlaydigan
subyektlar quyidagilardan iborat: davlat hokimiyati vakillik organlari,
davlat boshqaruvi organlari, sud organlari, prokuratura va boshqaorganlar, jamoat birlashmalari, mansabdor shaxslar va fuqarolar.
Shu subyektlar huquqiy normalarni sharhlaganda ularning
mazmunini to‘g‘ri tushunib, huquqiy normalarni qo‘llab,
turmushdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Huquqni sharhlash hujjatlari turli yuridik kuchga, amaliy
ahamiyatga, yuridik xususiyatlarga ega, murakkab va serqirra
faoliyatdir.
Yurisprudensiyada rasmiy sharhlash shartli ravishda normativ (umumiy)

va kazual turlarga bo‘linadi.



Kazual sharhlash aniq bir oddiy kundalik hodisaga qo‘llanadigan
tushuntirishdir. Kazus – hodisa, hayotiy fakt. Kazual sharhlash
sud va boshqa vakolatli organlarga sharoit va shaxslarga nisbatan
ko‘rilayotgan va hal qilinayotgan yuridik ishlarda beriladi. Huquqni
umumlashtirilib bo‘lmaydigan sharhlash hujjatlari bir marotabalik
ahamiyatga ega, lekin jiddiy ishlar yuzasidan qilinganida, ayniqsa,
huquqdagi nuqsonlar mavjud bo‘lganida normativ sharhlash
ahamiyatiga ega bo‘ladi.
Huquqiy normalarni kazual sharhlashda sud organlari har bir
fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va boshqa ishlarni ko‘rayotganda tegishli
huquqiy normalar bilan bu ishlarni ko‘rib, hal qilish chog‘ida huquqiy
normalarni sharhlaydi. Sudning har bir fuqarolik ishi bo‘yicha
chiqargan qarori yoki jinoiy ishlar bo‘yicha chiqargan hukmi huquqiy
normani kazual (kazus) sharhlash asosida amalga oshiriladi.
Kazual sharhlash ikki xil ma’noga ega: birinchidan, muayyan
ish aniqlanadi va sharhlanadi; ikkinchidan, sharhlangan norma unga
o‘xshash normalar uchun yuridik oqibatlarni keltirib chiqarmaydi.
Ammo kazual sharhlashni amalga oshiruvchi boshqa organlar uchun
namuna bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
Oliy sudi Plenumi qarorlari. Mazkur sharhlashni pretsedent
sharhlash deb ham nomlashimiz mumkin, ammo bu anglosakson
huquq oilasi singari bizning huquqiy tizimimizda majburiy ahamiyat
kasb etmaydi.
Download 17,32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish