2-mavzu. Masnaviyni sharhlab o‘qitish
Reja:
Yaratilish tarixi, adresati, tarkibiy tuzilishi.
Navoiy badiiy ijod haqida.
Sharhlashda badiiy san’atlarning o‘rni
Alisher Navoiyning turli nav’lardagi (ruboiy, qit’a, masnaviy, bayt-fard) she’rlari uning nasriy asarlari tarkibida ham mavjud. Bunday she’rlar nasriy bayonni izohlash yoki kuchaytirish, shoir hasbi holini bayon etish, shoh vasfi, asar yozilish vaqti-tarixini ifoda etish kabi mavzularga bag’ishlangan. Bunday holni «Vaqfiya», «Tarixi anbiyo va hukamo», «Tarixi muluki Ajam», «Munshaot», «Mahbub ul-qulub» va boshqa nasriy asarlarda uchratish mumkin.
Aytilganlarni dalillash maqsadida ayrim asarlarni so’z yuritilayotgan mavzu nuqtai nazaridan ko’zdan kechirish maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |