Sharxlashning filologik usulini – yuridik adabiyotlarda kо`pincha grammatik yoki tilga oid usul deb ham atashadi. Uning xususiyati huquqiy normaning mazmunini aniqlashda qonun matnini yoki boshqa normativ hujjatni grammatik tahlil vositalari bilan aniqlashda ifodalanadi. Kundalik hayotda bu huquqiy qoidani bilishning eng kо`p uchraydigan kо`rinishi xisoblanadi. Odatda, amaldagi qonunchilik bilan tanishish jarayoni shundan boshlanadi.
Sharxlashning tarixiy-siyosiy usuli – huquqiy normaning mazmunini aniqlaydigan ikki holatni birlashtiradi. Bular normativ hujjatning tarixiy kelib chiqish shartlari va huquqiy hujjatni chiqarish bilan huquqshunosning о`z oldiga qо`ygan ijtimoiy-siyosiy maqsadlaridir. О`z navbatida, tarixiy-siyosiy sharxning mazmuni huquqiy norma ma`nosining qabul qilinishi tarixiga murojat qilish orqali, uning huquqiy tartibga solish tizimiga kiritilishidan kо`zlangan maqsadni aniqlashdir. Umuman huquq singari normalar ham vujudga kelishda turli xil iqtisodiy-ijtimoiy omillarga asoslangan. Bu omillanni chuqur о`rganish zarur. Ularni о`rganish qonunchilikni mazmunini anglashga imkon beradi.
Huquqni sharxlashning mantiqiy usuli – huquqiy xolatlarni bilishda formal va dialektik mantiq vositalaridan foydalanishni taqozo etadi. Bunda, filologik sharxlashdan farqli ravishda, alohida sо`zlar emas, balki normativ hujjat ichki qismlarning о`zaro aloqadorligi izlanish obyekti bо`lib xisoblanadi. Bu yerda mantiqiy qonuniyat, prinsiplar va kategoriyalar grammatik tahlil vositalari bilan birga mustaqil ravishda ishlatiladi.
Mantiqiy sharxlash usulining mustaqilligini e`tirof etish uchun yuridik adabiyotlarda, tо`g`ri fikrlash har doim mantiqiy fikrlashdir, mantiq vositalari esa sharxlashning hamma usullarida ishlatiladi deyiladi. Bunday munosabat grammatik va mantiqiy о`xshashlikka asoslangan. Grammatika va mantiq о`rtasida о`zaro uzviy bog`liqlik bor. Shunga qaramay, ular doimo bilimning ikki tarmog`ini namoyon qiladi.
Huquqiy normalarning mazmunini aniqlash uchun quyidagi usullar ishlatiladi: grammatik usul, mantiqiy usul, tarixiy-siyosiy usul va sistematik usul. Bu usullar orqali huquqiy normalarning barcha xususiyatlari aniqlanadi: a) huquqiy normaning turlari va uning mazmuni;b) huquqiy normaning yozilgan tili; v) huquqiy normaning huquq tizimida tutgan о`rni va hokazo.
Gramatik usulda qо`llaniladigan huquqiy norma mazmuni uning matni gramatik-filologiya, til qoidalariga asosan tahlil qilib beriladi. Huquqiy norma matnidagi sо`z va iboralarning, masalan, О`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidagi «yomon oqibatlar», «ig`vo qilish», «jinoyat tarkibi» va boshqalarning mazmuni aniqlanadi. Bunda huquq normasi matnidagi har bir sо`z va jumlaning mazmuni grammatik jihatdan tо`g`ri va notо`g`riligi tahlal qilinadi. Grammatik usulda tatbiq qilinadigan huquqiy norma turli joylarda uchraydigan sо`z va iborlarning tо`g`riligi, ularning о`xshashlik va bog`liqlik tomonlariga e`tibor berib, huquqiy normalarning mazmunini aniqlab, keyin ular sharhdanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |