Reja: Huquqiy normalarini sharhlash tushunchasi va mohiyati



Download 102 Kb.
bet1/9
Sana27.04.2023
Hajmi102 Kb.
#932472
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Reja Huquqiy normalarini sharhlash tushunchasi va mohiyati


www.arxiv.uz

Reja:
1. Huquqiy normalarini sharhlash tushunchasi va mohiyati.
2. Huquq normalarini sharhlash usullari.
3. Huquq normalarini sharhlashning turlari.
XXI asr bо`sag`asida О`zbekiston Respublikasi chukur ijtimoiy - siyosiy uzgarishlarni boshidan kechirmokda: mamlakat iktisodiyoti bozor munosabatlariga utmokda; jamiyatda borgan sari kuprok umuminsoniy kadriyatlar karor topmokda; shaxs huquqlari va erkinliklarini, sha`ni va kadr kimmatini ximoya kilish davlatning burchiga aylanmokda. Respublikada demokratik huquqiy davlat barpo etish va adolatli fukarolik jamiyatini karor toptirish maksadi e`lon kilindi.
Ushbu utish davrida fukarolarning huquqiy madaniyati darajasini oshirish, ularning davlat, huquq, konuniylik, huquq-tartibot xakida eng oddiy bilimlarga ega bulishidan iborat utkir zarurat yuzaga keladi. Ayni shu utish davrida fukarolarni konunga, huquqka xurmat ruxida tarbiyalash uchun kabul kilingan huquq normalarini sharxlaydi va fukarolarga sodda ravishda, ya`ni fukarolar tomonidan urnatilgan huquqiy normaning mazmunini anglashi va ular tomonidan bajarilishi tushiniladi.
Huquq normalarini sharxlashdan asosiy maksad urnatilgan huquqiy normalarni uning subyektlari tomonidan bajarilishidir, shu bilan birgalikda fukarolarni huquqlarini ximoya kilishdir.
О`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda tub о`zgarishlar о`tkazish, huquqiy demokratik davlat qurish davriga kirdi. О`zgarib borayotgan shart-sharoitlarni hisobga olib, О`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilindi va shu asosda huquq islohot о`tkazilib, kо`pgina yangi qonunlar qabul qiinmoqda. Bu haqda respublika Prezidenti I.A.Karimov shunday deydi: «qabul qilingan bu muhim qonunlar milliy davlatchilikni barpo etishga, erkin bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga, jahon hamjamiyatidagi mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilishga qaratilgandir»1[27].
Bu qonun va boshqa normativ-huquqiy aktlarni, har bir normani hayotda tо`g`ri tatbiq qilish, qо`llash, ya`ni ular bilan jamiyatda, kishilar о`rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish muhimdir. Buning uchun har bir tatbiq etiladigan huquqiy normaning mohiyati va mazmunini tо`g`ri tushunib, anglab olish va sharhlash juda katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir.
Huquqiy normalar hayotda tо`g`ri qо`llanilib, ular orqali davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar о`rtasidagi turli ijtimoiy munosabatlar tartibga solinadi. Shuning uchun huquqiy normani hayotda tatbiq etishda shu huquqiy norma bilan hal qilinadigan ishni har taraflama о`rganish va ishni tо`g`ri kvalifikatsiya qilish kerak. Sо`ngra, fuqarolar va yuridik shaxslar о`rtasidagi tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan huquqiy normalarni sharhlash lozim.
Huquqiy normalarning mazmunini tо`g`ri anglab olish va ularni sharhlash, sodir bо`lgan ijtimoiy munosabatlarga ularni tatbiq etishdan oldin, uning ma`nosi va mazmunini tо`g`ri anglash muhimdir.
Qonun va boshqa huquqiy aktlar matnidagi sо`z va iboralarni grammatik, mantiqiy va yuridik jihatdan talqin etish, tushunib olish muhimdir. Bunda tatbiq etilayotgan huquqiy normaning, har bir moddaning ta`sir qilish doirasini belgilash, bular bilan tegishli munosabatlarni tartibga solish uchun siyosiy va yuridik malaka talab qilinadi. Amaliyotda huquqiy normalar qо`llanilib hal qilinadigan ishlar sud, prokuratura, tergov va surishtiruv organlari tomonidan kо`rilayotganda, yо`l qо`yiladigan xatolarning kо`pchiligi-huuqiy normalarni notо`g`ri tatbiq etish va sharhlash natijasi bо`lib chiqadi. Shu bois, hayotda tatbiq etiladigan huquqiy normalar bilan tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun birinchi navbatda bu huquqiy normaning ma`nosi va mazmunini aniqlash nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi.
Huquqni sharxlash mavzui yuridik fanlarda aloxida о`rin tutadi. Shu bilan birga sharxlash faqat yuridik fanlarga tegishli bо`lmay, yozma manbalar bilan ishlaydigan barcha fanlarda uchraydi. Sharxlashning filologik, tarixiy, adabiyotshunoslik va boshqa ijtimoiy fanlardan bilish va talqin qilish jarayoni sifatidagi о`rni beqiyosdir. Ushbu masala xozir ham katta munozaralarga sabab bо`lmoqda. Shu munosabat bilan asosiy nuqtai nazarni quyidagi guruhlarga bо`lishimiz mumkin:
Birinchidan, sharxlash huquqning ma`nosini aniqlab berishdir;
Ikkinchidan, sharxlash – huquqning ma`nosini tushuntirib berishdir;
Uchinchidan sharxlash – huquqning ma`nosini ham aniqlab, ham tushuntirib berishdir2[28].
Fikrimizcha, sharxlash huquqning mazmunini ham aniqlaydi, ham tushuntiradi degan fikr tо`g`ri. Dastlabki ikki fikr о`zining tо`liq emasligi, bir taraflama ekanligi va huquqiy normalarning mazmunini ochuvchi kо`p qirrali faoliyatni о`z ichiga kiritmasligi bilan ajralib turadi.
Sharxlash – huquqning mazmunini aniqlashdir, deb, xisoblash – huquqni tushuntirib berish kabi maxsus faoliyatni inkor etishdir. Shuningdek, sharxlashni faqat huquqni mazmunini tushuntirib berish, deb xisoblash, har qanday tushuntirishga taaluqli bо`lgan fikrlash va bilish jarayonini inkor etishdir. Biror narsaning mazmunini boshqalarga tushuntirib berishdan avval, uning о`zini yaxshilab tushunib olmoq lozim. Shuning uchun aniqlash va tushuntirish huquqni sharxlash jarayonining о`zaro bog`liq ikki tomonidir.
Sharxlash iborasi lotincha interpratatsiya tushunchasiga tо`g`ri keladi. Huquqni sharhlash bilan shug`ullanuvchi shaxs esa sharxlovchi deb yuritiladi.
Sharxlashning birinchi belgisini aniqlash deyish mumkin. Shunday qilib, sharxlash normativ aktlarda berilgan ibora va atamalarni ahamiyati va mazmunini aniqlash orqali huquq normalarining mazmunini aniqlab olishdir. Sharxlash – aniqlash sharxchining ongidan tashqariga chiqmaydigan bilish jarayonini ifoda etadi. U sharxlashning bilish tabiatini kо`rsatadi.

Download 102 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish