Reja: Diplomatiya tushunchasi


Frankfurt sulhidan so’ng xalqaro munosabatlar



Download 417,5 Kb.
bet8/18
Sana29.04.2022
Hajmi417,5 Kb.
#593475
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
diplomatiya 2 (2)

Frankfurt sulhidan so’ng xalqaro munosabatlar.
Reja.

  1. Fransiya-Prusiya urushi davrida Yevropa davlatlari diplomatiyasi.

  2. Frankfurt sulh shartnomasi va uning tarixiy o’rni.

  3. Germanya Imperyasining e’lon qilinishi va uning xalqaro munosabatlarga ta’siri.

  4. 1871-1873 yillarda Fransiya Germanya munosabatlari.

  5. Uch Imperator Shartnomasi.

Frankfurt sulh shartnomasi fransuz-pruss urushiga yakun yasadi, biroq Germaniya va Fransiya o`rtasidagi qadimgi dushmanlikni tugata olmadi. Fransiya unga qo`yilgan talonchikik shartnomasining shartlariga ko`nika olmadi
Nemislar tomonidan Elzas va Lotaringiyaning anneksiya qilinishi Germaniyaning katta yutug`i edi. Agar 1870-yilgi german hujum harakatlari oson kechgan bo`lsa, Lotaringiyani yo`q qilish german havfini Parijga yanada yaqinlashuvidan darak berar edi.
1871-yilda fransuz siyosatchilaring ko`pchiligi uchun Fransiya yaqin yillarda tinchlikga muhtoj ekanligi ochiq oydin ma`lum edi. Mamlakat yana qayta urush olib borish uchun juda zaif edi. Tyerning Bismark oldida laganbardorlik qilishi to`liq asosda ta`naga uchraydi. Biroq uning Gambettan tashqari so`l taraf dushmanlari ham, hamda o`ng taraf muholiflari ham (Broyliy va dekarlar kabi) Fransiyaning Germaniyaga qarshi tez fursatda omadli harakat qilishiga ishona olmas edi. 1870-yilgi tajribadan so'ng sog'lom fikrlovchi fransuzlar Germaniyaga qarshi ittifoqdoshsiz birma-bir qarshi chiqish ilojsiz ekanligini bilishardi, shuningdek ular toki Fransiya o'z harbiy kuchini qayta tiklab olmaguncha hech qaysi davlat u bilan ittifoqga kirmasligini ham bilar edi.
Lekin o'sha vaqtda Fransiyani boshqarayotgan kuchlar harbiy imkoniyatlarni tezlik bilan oshirish ittifoqdosh topishga harakat qilishga urinishar edi. Fransiya sharqiy qushnisining hujumiga doimo tayyor turishi kerak edi. Fransiyaning 1873 yilgacha tashqi ishlar masalasi bo`yicha ma`suliyatni bo`yniga olgan va Germaniya bilan tinchlik munosabatini o`rnatishga uringan. Tyer “Agar Yevropada konflikt (yani mojora) kelib chiqsa biz bundan tabiiyki foydalanamiz” shu kun etib kelgunicha esa Fransiya o`zining armiyasini qayta tiklashi lozim edi.
Tyer va fransuz ichki siyosatini boshqaruvchilardan bo’lmish Tyerning safdoshlari monarxist gersoglar Broyl va Dekarlar Fransiyaning kelajakdagi ittifoqchilarisifatida birinchi o’rinda Rossiya, shuningdek Avstro-Vengriya va Angliyani ko’rar edilar. Burjua Respublikachilar liderlari Gombetta va uning guruppasi bir hil qarashlarni qo’llab-quvvatlardilar.
Fransiya hukumati deyarli qurolsiz armiyaga ega bo’lgan Fransiya davlati bilan ittifoqga kiruvchi ittifoqdosh topishning murakkab ekanligini yaxshi tushunar edi. SHunday bo’lsada umid hali so’nmaan edi. Tyer hukumatining chet davlatlar ishlari ministri Y. Tavr shunday deydi “Biz Peterburg va Berlin devorlarini qanday uzviy aloqalar bo’glab turganini bilamiz. O’zimizni omadsiz xavfga qo’ymasdan turib biz bugun ikki davlat o’rtasidagi rivojlanishi jiddiy sovuqchilik aloqasini tushiruvchi biror bir xizmat talab qila olmaymiz. Pruss kuchining to’xtovsiz rivojlanishi ertami kechmi uni pastga tushushiga yoki bo’lmasam yangi Germaniya imperiyasi bundan keyin Rossiya tahdidi havfisiz rivojlanishi mumkin emas edi.
Fransiyani o’z kuchlarini qayta tiklab olishi german kansleri uchun trevoga edi. Uning fikricha bu holat Fransiyada juda tez rivojlanayotgan edi. Bismark Fransiyaga zudlik bilan bosim o’tkazishga kirishdi. 1872-yilning aprel-may oylarida Fransiya va Germaniya o’rtasida kelishuvlar jarayoni kechib, u asosan hali to’lanmagan 3 mlyard miqdordagi kontributsiyaning belgilangan muddatgacha to’lanishi kerakligi haqida edi. Tyer bunga erishish uchun fransuz territoriyasidan german okkupatsion qo’shinini tezlik bilan olib ketishi natijasida erishmoqchi edi.
Bismark bunga rozi bo’ladi u pulni tezroq olishga harakat qilardi, lekin Tyerning taklifi German hukumatini uzoq vaqt qoniqtira olmadi. SHu masala yuzasidan fransuzlar bilan savdolashayotgan german diplomatlari bir vaqtning o’zida mag’lubiyatga uchragan qo’shnising tiklanmasligiga harakat qilishayotgan edi.
Tez orada Bismark Fransiyaga to’g’ridan- to’g’ri tahdid solish yo’liga o’tdi. 1872-yili may oyida Bismark Parijdagi german elchisiga shunday ahborot yetkazadi. Kayzerning Fransiyaga hujum qilishini tavsiya etadigan maslahatchilari yo’qligi uning kamchiligi Germaniya esa bu ishni amalga oshirishi zarur.
Bismark hammasidan ko’proq Fransiya o’ziga ittifoqdosh topa olmasligi uchun qayg’urar edi. U Fransiyaga do’stona aloqada bo’lgan davlatlarni germaniya imperiyasiga qaratib olishga urinar edi.
Rus diplomati Graf Pyotr SHuvalovning mohirligi Bismarkda “Kaolitsiyalar dahshatini uyg’otar edi bu dahshat Germaniya kansleri tinchini buzayotgani bekorga emas edi ”. 1870-yillarning boshidagi halqaro ahvolda Fransiyaning Avstriya va Rossiya bilan yaqinlashuvi bunga sabab edi.
1866-yilda Avstriya- Vengriya Prussiya tomonidan mag’lubiyatga uchratilgan edi. Avstriya feodal aristokratiyasining yarmi katolik cherkov va saroy atrofi nomoyondalari ersgersog Alberxt boshchiligida Sadovadagi mag`lubiyat va Gabsburglarning Germaniyadagi barcha pozitsiyasini yuqotganliklariga ko`nika olishmayotgan edi, ular Rossiya va Fransiyaga Germaniyaga qarshi kurash deb o`ylar edi. Unga qarshi guruh Avstriya burjuaziyasi va Vengeriya dvoryanlari edi. Ular o`tmishdagi voqealarni unitib Germaniya bilan yaqinlashishni talab qilardi. Sabab Germaniya yordamida Avstriya-Vengriyani tiklash Bolqon yarim orolida hukmronlikni qo`lga kiritish va Bolqon himoyachisi Rossiyaga Germaniya orqali zarba berishni o`ylar edi. Slavyan xalqlarining milliy harakatlari shuningdek ruminlar va italyanlarning qo’zg’olonlari venger pomeshchiklariga Slovakiya, Xorvatiya, Transilvaniyani qo’ldan boy beruishiga olib kelardi. Bu holat Avstriya burjuaziyasi uchun esa Bolqon bozoridagi o’rta va quyi Dunaydagi gegamonlikdan mahrum bo’lishni anglatar edi.
1871-yil fevralda Gabsburglar davlati antigerman gruppirovkasida omadga erishdi hokimiyatga graf Gogenvardning feodal klerikal hukumati keldi. U yangi tashkil etilgan Germaniya imperiyasiga dushmanlik bilan qarar edi. Biroq Gogenvard hukumati hokimiyatda uzoq vaqt qola olmadi. 1871-yil oktyabr oyida u quladi. Uning o`rniga hukumatga nemis liberallari, germaniya bilan do`stona aloqalar o`rnatish tarafdorlari keladi. Bu vaziyat Bismarkni yengillashtirdi, uning Avstriya-Vengriya bilan yaqinlashuvi osonlashdi Gogenvard hukumati qulagach, Avstriya-Vengriyaning chet – ellar ministri lavozimiga graf Oyul Andrashi, Andrashi Rossiya va slavyanlarni o`zining asosiy dushmani sifatida, Germaniya va Angliyani esa o`z ittifoqdoshi sifatida ko`rar edi.
Andrashi Germaniya bilan ittifoq turishga va uning yordamida Rossiyaga
qarshi chiqishga umid qilardi . Bu ittifoqqa Angliyani ham jalb qilishni o`ylardi.
1871-yil avgustda hali chet davlat ministri lavozimiga tayinlanmasdan sal avval imperatorni Gashteynga kurortga kuzatib bordi. U yerda imperator Frans Iosifning Vilgelm I va Bismark bilan uchrashuvi tashkillashtirildi. Gashteynda Andrashi Bismarkni antiniss siyosatigajalb qilishga urindi. Germaniya kansleri Germaniya kansleri bu urinishni chetga surdi. Chunki u Avstriya-Vengriya bilan ham do`stona munosabatlarni qo`llab-quvvatlashni xohlardi. ”Uch imperator shartnomasi ” -Bismark aslida harakat qilgan asosiy urinish edi. Kansler Rossiyadan hayiqardi. Rossiya unda qo’rquv o`yg`otganligi sabab sar hukumati bilan “an`anaviy do`stlik munosabatlari” deb atalgan ittifoqni tezroq tuzishga harakat qildi. Kansler Rossiya bilan urush olib borishdan qo`rqardi. Chunki son-sanoqsiz odamlari rus soldatlarining chidamga ega ekanligi va tugamas tabiiy resurslar katastrofa olib kelardi. Bismark Rossiya bilan qurolli tuqnashuv olib boradigan taqdirda Fransiyaga hujum qila olmasligini bilar edi. U ikki frontda urush olib bora olmasdi. Kansler rus revolyutsuyadan juda qurqardi. Ayniqsa Rossiya qirolligi o`rniga rossiya demokratiyasining o`rnatilishidan.
Bismark Rossiyaning Somaderjaviyasini qo`llab-quvvatlashga va rus sarizmining biror reformasiga qarshilik qilmadi. Tashqi siyosatda uni qullaydi. Uch imperator shartnomasini u faqat germaniyaning ichki siyosati yaxshilanishi uchun emas balki Rossiya, Polsha, Germaniya va Avstriyadagi revolyutsion harakatga qarshi qurol sifatida qaraydi.
70-yillar boshida Bismark tomonidan O`ylangan kaolitsiya uch sharqiy Yevropa monarxiyalarining ittifoqini tuzish jarayoni o`z o`rniga tusha boshlaydi. Andrashi Gashteyndagi Bismark bilan suhbatidan so`ng ingliz hukumatiga murojaat qiladi va u bilan Rossiyaga qarshi avstro-ingliz rejasinituzishga urinadi. Biroq tez orada u Bolqon masalasida Rossiya bilan qarshi kurashga Gladston hukumatidan yordam kutish foydasizligini tushunadi. Angliya diplomatiyasi har qanday ittifoqdoshlikdan o`zini olib qochayotgan edi. Avstriyaning Rossiyaga qarshi siyosatiga hech qanday e`tiroz bildirmagan holda, Gladston ingliz-rus yaqinlashuviga harakat qilar edi.
Avstriya – Vengriya hukumati britan diplomatiyasi o`yinida qug`irchoq bo`lishni istamas edi. Rossiyaga qarshi ittifoq tuzish masalasi bo`yicha Andrashi qilgan harakatlar samarasiz yakunlangach, uning oldida faqat bir yo`l qolgan bo`ladi: xoxlaydimi yuqmi Avstriya-Vengriya bu dushman bilan kelishishga majbur bo`ladi.shunday qilib Bolqon masalasida Rossiya va Avstriya tortishuvi 70-yillar boshlarida vaqtinchalik to`xtatildi va keskin choralar ko`rilmadi.
1872-yil sentyabrda Berlinda 3 imperator uchrashuvi tashkil etildi. Unda uchinchi bir davlatga hujum havfi tug`ilgan chog`da qolgan ikki monarx yordamga kelishi rejalashtirilgan edi.
Rossiya bilan bitimga imperiyaning G`arbiy chegaralarining havfsizligini ta`minlash uchun ham qo`shildi. Bu bilan Angliyaning sharqiy mamlakatlaridagi siyosatiga dushmanlik yuzaga keldi. Biroq Gorchakov Bismark istagan yo`ldan ketib Germaniya bilan mustshkam aloqa ham o`rnatmaydi, natijada Rossiya Germaniyaning Fransiyani zaiflashtirib, G`arbiy Evropada o`z gegemonligini o`rnatishga yo`l qo`ymadi.
Uch imperator ittifoqi shartnomasi imzolangan bir vaqtda Fransiyada Tyer hukumati quladi. Hokimiyatga monarxistlar kelishdi. Germaniya hukumati va harbiylari endi Fransiyaning katoliklar yordamida Klerikal Vena saroyi bilan aloqa o`rnatishidan vahimaga tushadi. Lekin Berlinda bundan ham kuchli vahima fransuz monarxistlarining rus qiroli bilan munosabatlari qurqitayotgan edi. Bismark siyosiy qarashlarga ko`ra tez orada respublikachilardan ko`ra rus sarizmining ishonchini tezroq qozonadi deya taxmin qilardi Berlindagi so`zlarga qaraganda Fransiyaga monarxistlarning kelishi uning yanada “ittifoqdosh ” bo`lganligi qayd etiladi. Eng muximi Fransiya uzining armiyasini tezda qayta tiklab ola boshlaydi. 1873-yil sentyabrda german okkupasion qo`shini fransuz teritoriyasini tark etishlari kerak edi. Endi Fransiya o`zining ichki siyosatida katta erkinligini namoyish qilish imkoniyatiga erishdi. Bu esa kanslerning jig`iga tegardi.
Fransiyaning qurolli kuchi tiklanishiga qarshi hatto yana urush olib borishga tayyor edi. Germaniya hukumati Fransiyaga qarshi biron bir shartnomani qo`ldan boy berishni istsmas edi.

Download 417,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish