Reja: Diplomatiya tushunchasi


XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlardagi ziddiyatlar



Download 417,5 Kb.
bet18/18
Sana29.04.2022
Hajmi417,5 Kb.
#593475
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
diplomatiya 2 (2)

XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlardagi ziddiyatlar
Reja:

  1. XXI asr boshlarida xalqaro munosabatlardagi o`zgarishlar

  2. Rossiyaning xalqaro mavqeyining oshib borishi

  3. Siyosiy jarayonlarda yangi muammolarning vujudga kelishi

Har qanday tarixiy davr singari yadro-kosmik davri ham o’ziga xos qonunlarga ega. Bu qonuniyatlarning asosida davlat va xalqlarning qarama-qarshiligi va kurashi o’zaro bog’liqligida obyektiv tendensiyalarning o’sishi bilan birga namoyon bo’ladi. Il­miy-texnika taraqqiyoti Yer sharida mavjud bulgan juda ko’plab davlatlar va xalqlarning hayoti uchun muhim bo’lgan geografik omillarning sifat jihatidan o’zgarishiga sabab bo’ldi. Bu esa, o’z navbatida. hukumatlarning milliy xavfsizligiga doyr an’ana­viy tushuichalarga ko’zga ko’rinarli o’zgartishlar kiritdi. Yadroviy qurollar va ularni Yer sharining xoxlagan nuqtasiga yetkazib bera oladigan texnika vositalarining yaratilishi geografik omillar­ning axamiyatini yo’qqa chiqardi. Avvallari davlatlar xavfsizligi uchun ko’mak beruvchi geografik (tog’, suv va boshqalar) to’siqlarning endilikda hyech qanday ahamiyati qolmadi.


Atlantika va Tinch okeanlari AQShni, umuman, butun G’arbiy yarim sharni ko’hna dunyo davlatlarining xujumidan ximoya qiluvchi ulkan tabiiy to’siq sifatidagi rolidan maxrum qildi. Natijada ular dastlabki davrlarda xarakterli bo’lgan geosiyosiy mudofaa ahamiyatini yo’qotdi. "Front chizig’i" tushunchasining shu vaqtgacha an’anaviy hisoblab kelingan mazmun-moxiyati tubdan o’zgardi. Masalan, Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari bevosita urush harakatlarida faol qatnashmagan amerikaliklar uchun qasrdadir, uzok Yevropada bo’lib o’tgan bo’lsa, endilikda jarayonlar boshqacha tus olishi mumkin. Hozirgi davrda harbiy texnika imkoniyatlari shu da­rajada yuqoriki, harbiy harakatlarning ilk soati va hattoki dast­labki daqiqalaridayoq Amerika qit’asining markaziy hududlari yadroviy kallakchalarning nishoni ostida qolish xavfi nihoyatda yuqoridir. Yadroviy raketa qurollari go’yoki usha ega bo’lgan davlat­larning bir-biridan qancha masofadaligidan, geografik joylashuvi, aholisining soni, iqlim xususiyatlari va boshqalardan qat’i nazar kuchlar nisbatini tenglashtirib turadi. Hozirgi davrda kos­mik va xavo kengligi harbiy-siyosiy nuqtai nazardan quruqlik va dengizdan kam axamiyat kasb etmaydi. Markaz va chekka qirg’oq bo’yi va ichki hududlar, dengiz bo’yi va qit’alarda joylashgan xalqlar hamda davlatlar o’rtasidagi nisbat tubdan o’zgarmoqda. Axborot, texnolo­gik va iqtisodiy yangi transnasional shakllari paydo bo’lmoqda. Zamonaviy texnologiyalarning hayotga kirib kelish kuchi shu qadar qudratligi, xar qanday chegaralar, to’siqlar, devorlar, pardalar va choxlar bu jarayonga bardosh bera olmaydi.
Barcha xalqlarning asosiy iqtisodiy, milliy va boshqa manfa­atlari yagona umuminsoniy manfaatlarga bog’lanib jipslashmoqda. Hozirgi davrga kelib xech qaysi bir xalq va davlat iqtisodiy, ijti­moiy-siyosiy va madaniy sohalarda o’zaro munosabatlar o’rnatmasdan turib yashay ham olmaydi va rivojlana ham olmaydi. Masalan, doimo "an’anaviy" hisoblanib kelingan vabo, o’lat va terlama kabi kasalliklarni lozim bo’lgan chora-tadbirlarni ko’rib, milliy-hukumat chegaralari doirasida bartaraf qilish mumkin bo’lsa-da, biroq "XX asr vabosi" hisoblangan SPIDni hozircha shu tariqa jilovlashning imkoniyati topilgan emas. Insonlarni ko’zga ko’rinmasdan o’ldiradigan radiasiya na to’siqlarni va na milliy-davlat chegaralarini tan oladi.
Shu va shunga o’xshash fenomenlar insonlarni ongli ravishda birlashishga majbur kilmoqda. Ammo davlatlar orasidagi o’zaro munosabatlar, asosan, ular bir-birlarini qanday ko’rishlari va qabul qilishlariga qarab belgilanadi. Urush harakatlarining oldi­ni olish va qurollanish poygasini cheklashga doyr muzokaralarning muvaffaqiyatli yoki muvaffaqitsiz borishi, xalqaro vaziyatning keskinlashishi va zaiflashishi shularga bog’liq. Asosan, urushdan keyingi davrga xos bo’lgan qurollanish poygasi xalqlarning bir-biriga dushmanligi va ishonchsizligi oqibatida kelib chiqqan unsurdir. Bu ishonchsizlik esa, o’z navbatida, siyosiy-iqtisodiy nizo­lar va ziddiyatlarning o’zagi edi.
Shu sababli G’arb va Sharq o’rtasidagi harbiy-siyosiy qarama-qarshilik hamda qurollanish poygasiga barham berib, amaliy muloqot va xamkorlik yo’liga o’tish uchun dushman qiyofasini demon­taj (qismlarga ajratish) qilish, taxdidga asoslangan va qarama-qarshi ziddiyatlar tilini muloqot va kelishuvchilik tiliga aylan­tirish maqsadga muvofiq edi.
Butun insoniyat tarixi davomida u yoki bu davlatlarning xavf­sizlik darajasi, nufuzi va kuch-qudratini belgilab beruvchi harbiy-siyosiy strategiyasi davlat ixtiyorida mavjud bo’lgan qurol-yarog’lar soni va sifatiga bog’liq degan g’oyalar xukmron edi. Yadro quroli, ayniqsa, harbiy-siyosiy tenglik sharoitida yuqoridagi postulatlarni yo’qqa chiqardi. Urushlar - siyosiy maqsadlarga erishish uchun qurol kuchi yordamida amalga oshirilgan siyosiy qarorlar natijasidir. Ilgari urushlarga siyosatning to’laqonli vositalaridan biri sifatida qaralar edi. XIX asrda yashagan prussiyalik mashxur harbiy nazariyotchi Klauzevis: "Urush - bu siyosatning boshqa vositalar bilan davom ettirilishidir", - degan fikrni ilgari sur­gan. Raketa-yadro quroli ma’lum bir darajada siyosat bilan urush oralig’idagi aloqaga rahna soldi. Chunki xalqaro sahnadagi milliy manfaatlarni ximoya qilishni ilgari surgan ongli siyosat insoni­yatni yo’q qilib yuborishga qodir bo’lgan yadro qurolini ishlatishga yo’l qo’ymaydi.
O’rta Osiyo mintaqasi XXI asrning birinchi 10 yilligida yana dunyo hamjamiyatining diqqat-e’tiborini o’ziga qaratmoqda. Yevroosiyoning deyarli istalgan qismiga chiqa olish imkoniyatini beradigan geosiyosiy joylashuvga ega bo’lgan bu mintaqa O’rta Osiyo, Yaqii Sharq, Kaspiy havzasi va Janubi-Sharqiy Osiyo kabi bir necha yo’nalishlarda keng ko’lamdagi boshqaruv imkoniyatini beradigan plasdarm sifatida geosiyosiy o’yinchilarning qizikishini uyg’otmoqda. 2001 yil 11 sentyabrda Nyu-Yorkda sodir etilgan terrorchilik harakatlar natijasida AQSh tomonidan xalqaro terro­rizmga qarshi kurashning kuchayishi, O’rta Osiyo mintaqasi xalqaro xavfsizlik tizimida tamomila yangi ahamiyat kasb etib, dunyoning eng kuchli davlatlari o’rtasidagi geosiyosiy raqobatning yangi to’lqini paydo bo’lishiga olib keldi. Nafaqat qulay geografik joylashuv, shu bilan birga, bu hududda tabiiy xomashyo manbalarining ko’pligi ham kelajakda dunyo bozori uchun Neft va gaz quvurlari ustidan bo’ladigan raqobatning asosiy omillaridan biriga aylantirdi. "Nol qiymatidan boshlangan o’yin" deb nomlangan keskin kurashlar, birinchi navbatda, dunyoning eng kuchli davlatlari bo’lgan Rossiya va AQSh o’rtasidagi raqobatda kuzatilmoqda. Shu o’rinda, Qozog’iston, Turkmaniston va O’zbekistonning gaz potensialiga diqqat-e’tiborini qaratayotganliklarini aytishimiz mumkin. Bundan tashqari, Turkmanistonda Turkmanboshi hokimiyatining o’zgarishi munosabati bilan, Vashington bu holatdan foydalanish maqsadida Ashxobodni o’z siyosati doirasiga kiritmoqchi. Yer kurrasidagi boshqa Neft va gaz qazib oluvchi Yaqin Sharq va Venesuela kabi mintaqalardagi notinch siyosiy vaziyat, shuningdek, Rossiya iqtisodiy potensialining oshib borishi boshqa manfaatdor davlatlarni, bi­rinchi navbatda, AQShni O’rta Osiyo tabiiy boyliklarini bo’lib olish o’yinida o’z ulushi uchun kurashga undamoqda. O’z navbatida, Ros­siya ham AQShning bu qiziqishlarini tinchgina kuzatib turgani yo’q. Ta’kidlash kerakki, bugungi kunda Moskvaning siyosiy-iqtisodiy o’rni ham tobora quchayib ketmoqda. Buni biz 2007 yilning mayida Ashxabodda Kaspiyoldi gaz quvuri qurilishi to’g’risidagi Xujjatning imzolanganligidan ham ko’rishimiz mumkin. Rossiyaning bun­day geosiyosiy yutug’iga qaramasdan, Vashington bu davlatning Yev­ropa tranzit bozoridagi ta’sirini kamaytirish maqsadida Kaspiy dengizi tubidan gaz quvurini o’tkazish loyihasidan voz kechgani yo’q. Rossiya gaz sanoatining (industriyasining) katta mavqyeidan ke­lib chiqib aytish mumkinki, bu davlatning O’rta Osiyo gaziga bo’lgan e’tibori juda kattadir. Ya’ni, bu mintaqa yiliga 665 mlrd kub/m gaz yetishtirish imkoniyatiga ega, shundan 479 mlrd kub/m gaz ichki talabni qondirish uchun ketsa, 161 mlrd kub/m gaz Yevropa Ittifoqi davlatlariga, 80 mlrd kub/m gaz MDH davlatlariga va taxminan 24 mlrd kub/m gaz Osiyoga eksport qilinadi. O’z eksport majburiyatlarini bajarish uchun Moskva 79 mlrd kub/m gazni O’rta Osiyodan olishga majbur. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, Moskva uzoqni ko’zlagan holda Qozog’iston, Turkmaniston va O’zbekiston kabi gaz zaxiralariga boy davlatlar bilan yaqindan siyosiy va iqtisodiy aloqalarni saqlab turishni ko’zda tutgan. Ma’lumki, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning gaz ta’minotiga muhtoj. O’z navbatida, bu Rossiyaning Yevropadagi mavqyeining mustaxkamlanishiga xizmat qilishi tabiiydir. Bu esa Vashingtonga yoqmaydi. Rossiyaning Yevro­padagi mavkeiga zarba berish niyatida Vashington Yevropa Ittifoqi davlatlari bilan birga "Nabuko" loyixasini amalga oshirishga kirishgan. Mazkur loyihada ko’zda tutilgan gaz quvurlarini to’ldirish uchun Turkmanistan va Qozog’iston Respublikalari ham Transkaspiy gaz quvuri loyihasiga qo’shilishlari lozim. Voqyealarning bunday rivojlanishini istamagan Moskva iloji boricha bunga to’sqinlik qilmoqda. Bu esa o’z navbatida, O’rta Osiyo gaz platformasi ustida ketayotgan raqobatni yanada kuchaytirmoqda, Shunday bo’lsa-da, muno­sabatlarning boshqa jixatlari bo’yicha ikki davlat o’rtasida o’zaro hamkorlikka moyillik ham kuzatilmoqda, ayniqsa xalqaro terrorchilikka qarshi kurash borasida buni yaqqol ko’rishimiz mumkin. Afg’onistondagi kontrterroristik operasiyalar boshlanishi bilan, Rossiya O’rta Osiyoda Amerika harbiy bazalarining qurilishiga qarshilik qilmagan edi. Buning ustiga, Moskva Vashingtonga Nyu-Yorkda bo’lgan terroristik harakatlar munosabati bilan birinchilar qatorida hamdardlik bildirdi. Vashingtonni xalqaro koali­siyada qo’llab-quvvatladi. Terrorizmga qarshi kurashda har kanday yordam ko’rsatishga tayyor ekanligini namoyish etdi. "Tolibonlar" Afg’oniston Hukumatidan chetlashtirilgan bo’lishiga qaramay, Va­shington bu hududdan chiqib ketashni xayoliga ham keltirmadi, aksincha, uzoq muddatga qolish istagini bildirdi. Bu esa Markaziy Osiyoda Rossiya va AQSh raqobatani yanada kuchaytirib yubordi. Ros­siya uchun O’rta Osiyo sobiq sovet hududi sifatida katta ahamiyatga ega.
Rossiya Federasiyasining mintaqaga bo’lgan siyosiy qiziqishining bir necha sabablari bor. O’rta Osiyodagi rusiyzabon aholi manfaatini himoya qilish; tashqi xavfdan himoyalanish masalasi va o’zaro xamkorlik asosidagi mintaqa xavfsizligi; MDH davlatlarining Rossiyaga iqtisodiy tashqi himoya, milliy xavfsizlik masalalarida bog’liqligi; integrasiya jarayonlari va xalqaro ekstremizmga qarshi kurashda xamkorlik.
Putinning hokimiyat tepasiga kelishi bilan Rossiya Federa­siyasining mintaqaga bo’lgan tashqi siyosiy munosabati strategik xarakterni kasb etdi. Bu munosabatlarning samarali yoki samarasizligini bir necha yildan so’ng ko’rish mumkin. Ta’kidlash ke­rakki, Rossiyaning kuch-qudrati sovet davridagiga qaraganda ancha zaiflashganligiga qaramay, mintaqadagi geosiyosiy vaziyat diqqat-e’tiboridadir. Afg’onistondagi "Tolibon" harakatini tugatish maqsadidagi AQShning antiterroristik operasiyasi Moskvaning manfaatlariga mos tushgandi, chunki u Shimoliy Kavkazdagi umumiy ahvolni yaxshilab, islom ekstremistlarining taxdidini kamaytirishga yordam berar edi. Ammo shunga qaramay, Rossiya AQShning O’rta Osiyo mintaqasida uzoq vaqt qolishiga qarshi edi. Rossiyaning harbiy-siyosiy doiralari Pentagonning Rossiya chegaralariga tobora yaqinlashib kelayotganiga salbiy munosabatda edi. Afg’onistondagi siyosiy qayta qurilish bahonasida amerikaliklar o’rta osiyoliyutar bilan xalqaro antiterroristik koalisiya doirasidagi xavfsizlik borasida yaqin hamkorlikni yo’lga quyish, Rossiyani chetga surib qo’ydi. Natijada mintaqaviy xavfsizlikka oid ayrim hodisalar Vashingtonning aralashuviga bog’liq bo’lib qoldi. Bu esa AQSh mavqyei mustahkamlanayotgan bir vaqtda Rossiyaning geostrategik holatini biroz qiyinlashtirib qo’ydi. Bunday qiyin vazi­yatda Rossiya siyosiy doiralari yo’qotilgan ta’sir kuchini MDH, ShOS, YevrAzES, KXShT (Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tash­kiloti) va boshqa mintaqaviy tuzilmalardan foydalangan holda tiklamoqchi bo’ldi. Bu borada 2003 yil Qirg’izistondagi harbiy bazaning ochilishi muhim qadam bo’ldi. Bunday baza Tojikistonda ham tashkil etildi. Ammo Qirg’izistonda AQShning ham harbiy bazasi mavjudligi mintaqaviy raqobatning yangicha turini keltirib chiqardi. Shu asnoda O’rta Osiyoda boshqa davlatlar ta’sir kuchini ka­maytirish, o’z xukmronlik mavqyeini kengaytirish maqsadida bo’lgan yashirin kurash ochiqcha ko’rinish oldi. Ikkita bazaning mavjudligi va 2006 yil Tojikistondagi (kosmik hududni boshqarish sistemasi) "Hypek" optik-elektron tarmog’ining Rossiya Federasiyasi to­monidan xususiylashtirilishi Moskvaning harbiy-siyosiy mavqyei yana mustahkamlanganidan darak beradi. Rossiyaning xavfsizlik bo­rasida mintaqaviy qiziqishlari (manfaatlari) 4 ta asosiy sababga bog’liq: birinchidan, xalqaro terrorizm va diniy ekstremizmga qarshi kurashish; ikkinchidan, mintaqadagi tinchlik, janubiy chegaralardagi xavfsizlikni ta’minlash; uchinchidan, noqonuniy narkotik moddalarning aylanishiga qarshi kurashish; to’rtinchidan, strategik xomashyo zaxiralari (gaz, Neft, uran, oltin va boshqalarning mav­judligi. Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, Rossiya­ning O’rta Osiyodagi tinchlik va siyosiy turg’unlikning saqlanishiga harakat qilishidan maqsad bu mintaqa boshqa kuchlar tomonidan boshqarilib, Moskvaning strategik manfaatlariga taxdid solmasligining oldini olishdir. Rossiyaning O’rta Osiyoga bo’lgan e’tiborining oshishini, ayniqsa strategik nuqtalar va sanoat obyektlariga nisbatan energiya zaxiralariga bo’lgan talab va narx-navoning doimiy o’sishi bilan izohlash mumkin. "Gazprom", "Lukoyl" va "Itera" kabi Rossiyaning kuchli kompaniyalari mintaqa bozorini faol egallab, energetik sektorga katta investisiyalar kiritmoqda. Rossiya Federasiyasi O’rta Osiyoning qanchalik muhimligini an­glab, o’z milliy manfaatlarini ochiq namoyish etmoqda. Uzbekistan O’rta Osiyo davlatlari o’rtasida Rossiya uchun mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash, Neft va gaz kabi sohalarda xamkorlik jihatidan katta ahamiyatga ega. Bunga misol qilib, 2002 yil 17 dekabrdagi "O’zbekneftgaz" va "Gazprom" o’rtasidagi "Strategik xamkorlik to’g’risida"gi Kelishuvning imzolanishini ko’rsatish mumkin. Kelishuvga ko’ra, O’zbekiston 2012 yilgacha gaz yetkazib berishi, Kelishuv doirasida O’zbekiston hududida tabiiy gaz kazib olish bo’yicha loyihalarda Rossiya kompaniyalarining qatnashishi va gaz transport infratuzilmasini rivojlantirish hamda gaz yet­kazib berish kabi masalalar bo’yicha xamkorlik belgilab qo’yilgan. Harbiy sohada ham shunday hamkorlik ko’zga tashlanmoqda. Masalan, 2007 yil mart oyida birinchi bor MDH davlatlari o’rtasida harbiy va texnik hamkorlik doirasida Uzbekistan va Rossiya Federasiyasi o’rtasida "O’zrosavia aviaremont" korxonasining qurilishi to’g’risida"gi bitim imzolandi. Bunday yaqin aloqalar va hamkorlik barcha soxalarda ko’zga tashlanmoqda. Bu esa yana bir bor O’zbekistonning Rossiya tashqi siyosiy strategiyasida muhim rol o’ynashini ko’rsatadi. 2005 yil may oyida Andijonda bo’lib o’tgan voqyealarga nisbatan AQShning asossiz tanqidiy munosabati "Qarshi-Xonobod" Amerika bazasining yopilishiga olib keldi. Bu voqyea amerikalik siyosiy doiralar uchun yaxshi dars bo’ldi. Shundan so’ng Vashington O’rta Osiyo bozorida yoqilg’i tashuvchi vositalar transportirovkasiga oid har kanday katta loyihalar Toshkentning aralashuvisiz, qolaversa, mintaqadagi tinchlikning ta’minlanishisiz bo’lmasligini anglab, Andijon vokealari haqidagi asossiz salbiy munosabatining o’ylanmasdan qilingan qadam ekanligini tushundi. Qozog’iston va Turkmaniston Transafg’on quvurlari orqali o’z Neft zaxiralarini eksport qilish imkoniyatiga ega. O’zbekiston Turkmaniston-Xitoy yo’nalishidagi gaz quvurining qurilishiga ta’sir eta olgan bir vaqtda, Transafg’on gaz quvuri loyihasida Toshkentning ta’siri noma’lumligicha qolmoqda. O’zbekistonning geosiyosiy, harbiy, etnosiyosiy, iqtisodiy va demografik rivojlanishi uni iqtisodiy jihatdan faol rivojlanayotgan Qozog’iston bilan bir qatorda, O’rta Osiyodagi eng muhim nuqtalardan biriga aylantirdi. Taxlillar shuni ko’rsatadiki, O’rta Osiyo borasidagi masalalarda Toshkent bilan kelishilmasdan ish tutish maqsadga muvofiq emas. AQSh bu aksiomani anglab yetgach, oldingi pozisiyadan voz kechib, O’zbekiston bilan aloqalarini tiklay boshladi. 2007 yil sentyabrida "Lukoyl" va Xitoy Milliy Neft kompaniyasi o’rtasida strategik Kelishuv imzolandi. Aytib o’tish kerakki, ushbu kompaniyalar uzoq vaqtdan beri uglevodorod xomashyosini qazib olish va uni qayta ishlash bo’yicha xamkorlik qilmoqda. Ammo hozirda bu xamkorlik O’zbekiston va Qozog’iston bilangina cheklanmoqda. Bunday faol aloqalardan nafaqat "Lukoyl", balki Xitoy Mil­liy Neft kompaniyasi ham juda manfaatdor. Ma’lumki, XXR Turkmaniston-Xitoy gaz quvurini qurmoqda. Bu esa Rossiyaning bu loyihada katnashish imkoniyatini beradi. Yana bir kelajakdagi loyixalardan biri Orol dengizining O’zbekiston qismida geologik tekshirish bo’lib, bu loyihaning 20% aksiyasi shu ikki kompaniyaga tegishli. Yana ta’kidlab o’tish lozimki, Rossiyaning O’rta Osiyoga bo’lgan qiziqishi faqatgina moddiy manfaatdorlikdan emas, balki XIX-XX asr oralig’idagi vaqt davomida O’rta Osiyo va Rossiya yagona ulkan davlat tarkibiga kirgani va bir-biriga ham iqtisodiy, ham ijtimoiy, ham madaniy tomondan u yoki bu shaklda ta’sir etgani bi­lan ham bog’liqdir. Shunday ekan, hozirgi Moskva siyosati nafaqat iqtisodiy va siyosiy manfaatdorlikka, balki tarixiy o’tmishga ham asoslangan. Rossiya Tabiiy Fanlar Akademiyasi akademigi, profes­sor Ye. Vertlibning fikricha, Rossiya Federasiyasining O’rta Osiyo mintaqasidagi strategiyasi quyidagilar bilan izoxlanadi: faqat o’z transport tizimlari orqali energiya tashuvchi resurslarni o’tkazib, alternativ yo’llarni yopish; radikal islom ekstremizmining oldini olish uchun bu hududda turg’unlikni saqlash; AQSh "demokratiya eksporti"ning oldini olish uchun to’siqlar hosil qilish; amerikaliklarga qarshi turish uchun Pekin bilan birlashish, shu bilan birgalikda, Xitoyning mintaqada dominantlik qilishiga yo’l qo’ymaslik.



1



Download 417,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish