Reja: Diplomatiya tushunchasi


Yangi zamon davrida xalqaro munosabatlar tarixi va uning nazariy asoslari



Download 417,5 Kb.
bet2/18
Sana29.04.2022
Hajmi417,5 Kb.
#593475
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
diplomatiya 2 (2)

Yangi zamon davrida xalqaro munosabatlar tarixi va uning nazariy asoslari

Agentliklar ichida shunday topshiriqlar olgan kishilar siyosatda katta rol o’ynagan va ba’zida yirik elchilik mansablarini qo’lga kiritgan. Shunday diplomatlar bo’lgan-ki, o’z sohasiga ko’ra ular vatansiz va yuzsiz bo’lganlar. Ya’ni qaysi davlat vakillari ko’p miqdorda mablag’ bersa, o’sha davlatga xizmat qilganlar. Bunday elchilar ayniqsa XVIII asrda absolyut manarxiyaning qulashi bilan ko’paygan. Bunday kishilarning ba’zilari o’zlarining diplomatic va siyosiy jihatdan Yevropada ham mashhur bo’lganlar. Shunday kishilardan biri Ispan qiroli flip V ning birinchi ministry yoki aniqroq qilib aytganda Flipp V ning ikkinchi xotini Elezabetta Parmskiyning ham vaziri bo’lgan D. Julio Alberoni ( 1664 – 1752 ) bo’lgan Uning asli kelib chiqishi italiyalik bo’lib qashshoq kambag’al uzumchining o’g’li bo’lgan. Alberoni o’zining qobiliyati va bilimi tufayli abbat lavozimiga ko’tariladi va amaldor dvoryanlar oilasiga mansub yosh farzandlarning murabbiysiga aylanadi. Uning hukmdorlarga o’z ta’sirini o’tkaza olish qobiliyati tez orada o’z kareyeralarining amalga oshishiga yorgam beradi. 1702 yilda gersog Vandonning siyosiy maslahatchisiga aylanadi. Aynan shu Vandon Alberoni qirol Lyudovik XIV bilan tanishtiradi. Albero tez orada qirol hurmatiga erishadi va undan 3000 livr maosh olishga erishadi. Keyinroq u Lyudovik XIV dan uning nevarasi Flipp V ya’ni ispan qiroli xizmatiga o’tadi. Bu yerda u o’z ayyorligi bilan birinchi mnister lavozimiga erishadi. Qirolichaning o’limidan so’ng u avvalgi hukmdorining jiyani gersog Parmskiyning qiziga ya;ni Yelizabettaga uylanadi. Ular birgalikda Ispaniyani 1719 yilgacha boshqaradi. Uning birinchi maqsadi Ispaniyani Italiya provinsiyasiga aylantirishni xahlagan. Bu uchun antiispan kaolitsiyasini, qaysikim ispan merosi uchun bo’lgan urushda Angliya, Avstriya, Gollandiya koalitsiyalarini qayta tiklashga urinadi. Shu bilan birga Alberino fransuz taxtini egallashni xohlagan Flipp V ga ham yon bosishga harakat qilgan. Shuning uchun Alberoni fransuz hukumatiga qarshi harakatlar olib borishga harakat qilgan. Aks holda ispan hukumati unga qarshi bo’lib qoladi. Bu haqida Alberinoning o’zi ,, fransuz xalqiga qarshi diplomatiya olib bormaganimda turkiya kemalaridagi o’riga o’xshab qolardim’’ deydi. Alberino diplomatic usullardan yengib bo’lmas mohirlikka ega edi. U Angliyaga Amerikadagi fransuz kaloniyalari bilan savdo – sotiq qilish huquqini bergach, buning evaziga Ispaniya bilan ittifoq tuzadi. U sirli ravishda Angliyadagi yakobidlarni qo’llab – quvvatlaydi. Yakobidlar - Styuardlar dinastiyasi tarafdori bo’lishgan. O’z harakati bilan Alberino Angliyaga va Fransiya o’rtasidagi urushga Ispaniyani tortadi.


1719 yilda Flipp V tinchlik sulh shartnomasi tuzishga majbur bo’ladi. Bu Alberinoning ayni vaqtda tanazzuliga olib keladi. Fransuz – Angliya hukumati talabi bilan Ispaniya hududlaridan haydab yuboriladi. Ana shunday elchilardan yana biri graf Boneval ( 1675 – 1747 ) ‰Oo’lib u o’z qarashlariga ko’ra haqiqiy feudal tuzum tarafdori edi. Shuningdek u juda jasur siyosat sohasida alohida g’ayratga ega ega bo’lgan shaxs bo’lib, o’rta asrlarda vassallar o’z senyorlarini o’zgartirganlari kabi u ham o’z suvirenitetini o’zgartirishga usta edi. Boneval Fransiya ministri Shomilyar bilan urushib qolgach, Avstriya xizmatiga o’tib ketadi. 1709 yilda o’z maslakdoshlari bo’lgan diplomatlarga qarshi kurash olib brogan bo’lsa keyinchalik mashhur avstryalik yo’lboshchi Prins Yevgeniy Savoyskiy bilan turklarga qarshi kurash olib brogan. Lekin u bilan ham murosaga kela olmagan. U Avstriya hukumati tomonidan o’sha davrda Avstriya hududiga ta’luqli bo’lgan Belgiyaga elchi sifatida yuboriladi. Boneval bu yerda ispaniya va Fransiya bilan maxfiy aloqa o’rnatadi. Bu ishidan xabar topgan hukumat uni dastlab qamoqga oladi va keyinchalik esa, mamlakatdan haydab chiqariladi. Shundan so’ng Boneval Turkiyaga yo’l oladi. Uning maqsadi turk bataleonlari yordamida shaxzoda Yevgeniyga zarba berish edi. Turkiya hududlarida yashab yurganida u islom diniga o’tgan va boshida salla kiyib o’z ismini Ahmad Poshsha Bonevalga o’zgartiradi. Tez orada u turk sultonining siyosiy maslahatchisiga aylanadi. Hamda bor kuchi bilan Rassiya imperiyasining janubga bo’lgan harakatini ya’ni Qora dengiz va Yaqin Sharda chiqishiga to’sqinlik qilishiga harakat qiladi. U Rassiyaga qarshi Shvetsiya Turkiya va Polshadan iborat uch yirik derjaviya ittifoqini tuzishga harakat qiladi. Bundan maqsad Rassiyaning kuchayishini oldini olish edi.
Bonevalning shu harakati fransuz diplomatlarining rejalariga mos tushar edi. Shu sabab Fransiya hukumati bu uch derjaviyalar ittifoqini qo’llab – quvvatlaydi va mustahkam fransuz turk ittifoqini tuzishga urinadi. XVI va XVIII asrlarda xalqaro qarama qarshilikning 3 asosiy manbai mavjud bo’lib, bu har minut har vaqtda urush alangasiga aylanib ketishi mumkin edi. Yevropaning g’arbida savdo va mustamlakalar borasida 4 ta yirik davlatlarning qiziqishlari to’qnash keldi. Ular: Ispaniya, Fransiya, Angliya va XVII asrdan boshlab Gollandiya

  1. XVI asrda paydo bo’lgan va XVIII asrda to’liq shakllangan janubiy – sharqdagi sharqiy masala- bu Yevropa derjaviyalari va Turkiya imperiyasi o’rtasidagi alohida masalalar edi.

  2. Yevropaning shimoliy sharqidagi yirik davlatlar 300 yillar davrida Bolqon dengizi hukmronligi masalasi bo’lib, unda kimning hukmronligi o’rnatilishi haqida murosalar kechadi.

XVI asrda eng kuchli Yevropa davlatlari Fransiya va Ispaniya hisoblanadi. XVI asrning 2 - yarmidan esa Angliya mustamlakachilik kuchi osha bordi. XVI asrning 2 – yarmidan Niderlandiya revolyutsiyasi sodir bo’ldi. Natijada ispan hukmronligiga qarshi qo’zg’oalon ko’tarildi. XVI asr oxirida yangi mustaqil davlatlar paydo bo’la boshladi. Ularning birinchisi Yevropada birinchi burjua Respublikasi o’rnatgan Gollandiya Respublikasi edi. Yevropa qit’asidagi Fransiya va Ispaniya o’rtasidagi urush hamda Angliya va Fransiya o’rtasidagi dengiz hukmronligi uchun urush XVI asr g’arbiy Yevropadagi asosiy diplomatic siyosiy masalalardan biri edi. Bu urushlar yakuni Ispaniyaning zaiflashuvi, shuningdek iqtisodiy rivojlanishni orqaga surdi. Angliya, Fransiya va Gollandiya esa aksincha kuchaydi. Angliyada burjua inqilobi yuzaga keldi. Bu urush ikki dengiz hududlari Angliya va Gollandiyaning dengizdagi urushi bilan boshlangan edi. Urush Angliya foydasiga hal bo’ldi.
XVIII asr Angliya uchun Yevropada Fransiya yogona raqib sifatida qoladi. Fransiya qit’ada yirik kuchli davlat bo’lsa-da u o’z dengiz kaloniyalaridan ajralgan edi.



Download 417,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish