.
O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari
O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy prinstiplari qadim zamonlarda ham u yoki bu ko’rinishda mavjud bo’lgan. Ammo ular Amir Temur hukymronligi davriga kelib ma’lum shaklni kasb etgan, bunga Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari yopqin misol bo’la oladi.
“Temur tuzuklari” jahonga mashhur asardir. Uning qo’lyozma nusxalari dunyoning deyarli barcha mamlakatlari (Hindiston, Eron, Angliya, Daniya, Franstiya, Rossiya, Germaniya, Armaniston, O’zbekiston va boshqalar) kutubxonalarida mavjud. Asar ikki qismdan iborat.
Birinchi qism Amir Temurning o’z davlatini barpo etish va uni har jihatdan mustahkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo’shin tuzish borasida tatbiq etgan “tuzuklari” va rejalaridan iborat bo’lib, unda hatto qo’shinning jangovor saflanish tartibi ham maxsus jadvallar orqali ko’rsatib berilgan.
Asarning o’n uch qism (kengash)dan iborat ikkinchi bobida esa Sohibqironning kuchli feodal davlatni barpo etish, qo’shin tuzish va dushman lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga oshirgan ishlari o’z ifodasini topgan.
Amir Temur zukko, tajribali va siyosatdon davlat arbobi bo’lgan. U o’zi tuzmoqchi bo’lgan davlatning markaziy apparati va mahalliy hokimiyatning qanday, qaysi ijtimoiy toifalarga tayanishi, mansabdor shaxslar va ularning sifatlari hamda burch va vazifalarini oldindan belgilab bergan.
“Tuzuklar” muallifining fikricha, har bir sohibi toj davlat va jamiyatni ma’lum ijtimoiy-siyosiy guruhga tayangan holda boshqarishi lozim. Xazrat Amir Temur “Tuzuklar”ida ma’lum qilishicha, o’z faoliyatida quyidagi 12 ijtimoiy-siyosiy guruhga tayanib ish olib borgan:
1. Xazrat Payg’ambarimiz Muhammad Sallallohu Alayhi Vasallamning aziz va mukarram avlodi bo’lmish sayidlar, ulamo va shayxlar.
2. Hayotning achchiq-chuchugini totgan bilimdon kishilar.
3. Duogo’y taqvodorlar.
4. Amirlar, sarhanglar, sipohsolorlar, ya’ni lashkar va qo’shin boshliqlari.
5. Sipoh bilan raiyat, ya’ni qopa xalq.
6. Saltanat ishlari, uning siru asrorini bilgan, kengashsa bo’ladigan dono va ishonchli kishilar.
7. Vazirlar, sarkitob va devon bitiklari.
8. Xakimlar, tabiblar, munajjimlar va myhandislar.
9. Xadis olimlari va roviylar, ya’ni rivoyat aytuvchilar (tarixshunoslar).
10. So’fiy va oriflar.
11. Hunar va san’at ahli, ya’ni kosiblar va san’atkorlar.
12. Har turli mamlakatlardan kelgan sayyoh va tijorat ahli.
Davlatni idora qilishda vazirlar, amirlar va viloyatlarda o’tirgan noiblarning roli benihoya katta bo’lgan. Shuning uchun ham Amir Temur ularni tanlash va vazifalarga tayinlash ishiga alohida ahamiyat bergan. Ular Sohibqironning fikricha sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar bo’lishi kerak. “Tuzuklar” muallifining fikriga ko’ra masalan, vazirlar to’rt sifatga ega bo’lishlari shart:
1. Asillik, toza nasllik va ulyg’vorlik.
2. Aqlu farosatlik.
3. Sipoh bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g’amxo’rlik ko’psatish, ular bilan yaxshi muomalada bo’lish;
4. Sabru bardoshlilik, muloyimlik.
“Tuzuklar”da keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, Amir Temur o’z davlatini, bir uchi Chinu Mochin va ikkinchi uchi Shom hududida bo’lgan ulkan mamlakatni bor-yo’g’i etti nafar vazir yordamida boshqargan.
Hozirgi menejment fanida ta’kidlangan boshqarishning iqtisodiy, insoniy, oqilona va samarali shaklini yaratish bo’yicha harakatlar Amir Temurning “Temur tuzuklari”da o’z aksini topib, hozirgacha ham o’zining qimmatini yo’qotmagan. Aksincha; bugungi mustaqil O’zbekistonning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi gurkirab rivojlanayotgan paytda ham boshqarishni tashkil qilishda muhim dasturulamal sifatida qo’llanilmoqda.
16
O’ZBEK MENEJMENTINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI,YUTUQ VA KAMCHILIKLARI
Bugungi kunda mamlakatimizda menejment sohasiga alohida e’tibor berilmoqda . Chunki mamlakat rivoji undagi ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarining qay darajada taraqqiy etganiga bog’liq. Bu sohalar rivoji esa o’z navbatida ulardagi boshqaruv, nazorat , tashkil etish, ya’ni, menejerlar faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir. Shuning uchun ham kuchli menejerlarni tayyorlash juda muhim masaladir.
O’zbek menejmentining shakllanishida mamlakatimizdagi milliy mentalititet kuchli ta’sir o’tkazgan. Buning eng yorqin namunasini ish joylaridagi katta va kichik o’rtasidagi hurmat-ehtiromdan ham bilsa bo’ladi. Rahbar va menejerlar o’z qo’li ostidagi yoshi katta xodimlarni hurmatlarini joyida qo’yib, ulardan doimiy maslahatlar olishib turishadi.
Albatta uzoq yillik tajribaga ega bo’lgan bu xodimlar ularga to’gri ko’rsatmalar berishadi. Rahbarlar yangi ishchilarni olishdan ko’ra, tajribali ishchilarni qoldirishga harakat qilishadi. Korxonalarning samarali faoliyat yurizishi ulardagi ishchilarning salomatligi va ijtimoiy ta’minlanganlik darajasiga ham bog’liqdir. Shuning uchun korxonalar tomonidan kam ta’minlangan xodimlarga doimiy yordamlar ko’rsatib turiladi. Xodimlar vaqti-vaqti bilan sihatgohlarga yuboriladi, yilida 2 bor shifokor ko’rigidan o’tkaziladi. Xodimlarning madaniy hordiq olishlari uchun rahbariyat tomonidan turli tadbirlar o’tkaziladi, ekskursiyalar tashkil etiladi, turli xil kino va konsertlarga boriladi. Bu esa o’z navbatida xodimlarni ish joylarida astoydil mehnat qilishga undaydi. Ichki korxona muhitida xodimlarning bir-biriga bo’lgan munosabati ham juda yaqindir. Bir-birida doimiy ko’maklashish ularning azaliy odatidir.
O’zbekcha uslubda tijorat muzokaralari olib borish xorijiy tadbirkorlarga doimo kattaqiziqish uyg’otgan, chunki keyingi paytlarda ishbilarmonlarimiz o’rtasidagi aloqalar barcha sohalarda keskin ko’paygan. Amerikalik ishbilarmonlar fikricha, muzokaralar olib borish o’zbekcha uslubining asosiy xususiyati, biz umumiy maqsadga e'tiborni qaratamiz va ularga qanday erishish mumkinligiga nisbatan kam e'tibor beramiz. Ayni paytda muayyan maqsadga erishish amerikalik muzokara ishtirokchilari uchun ham asosiy hisoblanadi. Tafsilotlarga nisbatan farqlanish birgalikdagi kelishuvlarni ishlab chiqishni cho’zib yuborishi, ba'zan muzokara jarayonini butunlay to’xtatib qo’yishi mumkin.
Muammoni hal qilishda o’zbek ishbilarmonlari muzokarada ehtiyotkorlik bilan harakat qilishni ma’qul ko’rishadi. Agar masalani hal etishning ko’proq yoki kamroq qaltis variantlari o’rtasida tanlash imkoniyati bo’lsa, ikkinchi variant tanlanishi shubhasiz. Tavakkal qilishdan qo’rqish tashabbusni cheklashga olib keladi.Shu bois, o’zbek ishtirokchilari sherik taklif etgan holatga munosabat bildirib,o’z variantlarini oldinga surishadi.
Muzokara yuritishning o’zbekcha taktikasi shunisi bilan farqlanadiki, o’zbeklar muzokara talablari oshganligi bilan xarakterlanuvchi mustahkam munosabatni egallashga harakat qilishadi. Uzoq davom etgan bahs va yon berishlardan keyin tomonlar munosabatining yaqinlashuvi boshlanadi. Bunda o’zbek ishbilarmonlarining murosasiga kuchsizlik ko’rinishi sifatida qaraladi. Shu bois unga uncha xohlamasdan qaytiladi.Muzokara chog’ida ijobiy usullardan keng foydalaniladi.
Muzokarada o’zbek ishtirokchilarning o’ziga xosligi, amerikalik tadqiqotchilar qayd etganidek, sherikka nisbatan o’ta do’stona va samimiy munosabatdir. Ba'zan muzokara chog’ida yoki majburiyatni bajarish jarayonida o’zbek tomoni, yumshoq qilib aytganda, o’zini tartibsiz tutadi. Bunday holatlar ba’zan salbiy oqibatga olib kelishi mumkin. Ba'zan sherikning majburiyatini bajarmaslik , uning manfaatiga panja ortidanqarash hollari ham uchrab turadi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, yutuqlar bor joyda kamchiliklar ham bo’ladi. Shunday kamchiliklar ham borki, ularga to’xtalmay ilojimiz yo’q. Ish joylarida qarindosh-uruchilik, qo’shib yozish keng tarqalgan. Buning salbiy oqibatlari esa ish joyiga o’z ta’sirini o’tkazmay qolmaydi. Shuningdek, kelishuvlarda ba’zan ma’suliyatsizlik bilan yondashiladi, poraxo’rlik ham uchrab turadi. Bu kabi illatlardan forig’ bo’lishda bugungi kunda ko’plab ishlar qilinmoqda, kadrlar masalasiga alohida e’tibor berilmoqda.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’zbek menejmentining taraqqiyoti biz kabi yoshlarning harakatimizga boliq. Bizlarning yuksak ma’naviyatli va bilimli bo’lishimiz bu jarayonni yanada tezlashtiradi. Qonunlar ustivorligini ta’minlash ham galdagi vazifalardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |