2- bob bo’yicha xulosa
O’quv yurtlarida fizikadan namoyishli tajribalar bajarish jarayonida o’quvchilarning fizikaga qiziqishi ortishi natijasi bo’lib, ularda ilmiy dunyoqarash hamda absrakt tafakkur va mantiqiy mushohada yuritish shakllandi, eng muhimi ularda egallangan nazariy bilimlarni amaliyotga qo’llay bilish, aniqrog’i, ularni hayotga tayyorlash shakllandi.
Zamonaviy axborotlashtirilgan jamiyatda ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish xususiyatlarini o’rganish, masofaviy o’qitishda kompyuter texnologiyalarining imkoniyatlarini tahlil qilish, laboratoriya ishlarini va tajribalarni olib borishda mavjud bo’lgan dasturiy pedagogik vositalardan didaktik talablar darajasida foydalanish tahlili; ayniqsa, sirtqi ta’lim olayotgan talabalar uchun chunki bu guruhda ta’lim olayotgan talabalarni masalan: avtomatlashtirilgan o’rgatish kurslari, o’quv masalalarini yechish uchun hisoblash, proyekt-grafiklar, axborotlarni qidiruvchi va optimallashtiruvchi masalalar, malakaviy amaliy programmalar, testlar, kontrol ishlarini kompyuter texnologiyalaridan foydalanmasdan o’qitish mumkin emas.
Programma-pedagogik vositalarga qo’yiladigan talablar mavjud bo’lgan didaktik prinsiplarni yangisi, sirtqi ta’lim talabalari uchun,masofaviy ta’lim uchun yaratilayotgan kompyuter programmalarini o’rgatish va qo’llash samaradorligini oshiradigan psixologik-ergonomik (kishining jismoniy qobiliyatini o’rganish) vosita bilan to’ldirish zarur. Zamonaviy kompyuter vositalari masofaviy ta’limda laboratoriya mashgulotlarini virtual o’rganish imkoniyatini berib ularda mustaqillik va tafakkurni rivojlantiradi.
Shubhasiz ta’limning bunday shakli zamonaviy rivojlangan texnologiyalarni qo’llashni talab etadi. Bizning fikrimizcha bunday texnologiyani yaratishda tasavvurni rivojlantirish har xil turdagi axborotlar bilan ishlarni bilish muvofiq bo’lgan yechimlarni tayyorlash va qabul qilishga e’tibor berish lozim. Chunki talaba individual shug’ullanadi va maslahatlashuvchi hech kim bo’lmaydi. Bunday vaqtda telekommunikatsion tarmoqlarda virtual o’quv guruhlar tashkil qilinadi.
XOTIMA
Kasb- hunar kollejlari va akademik litseylarning rahbarlar tarkibini pedagogik kadrlarni pedagogik ish sohasida yetarlicha tajribaga ega bo’lgan mahorati yuqori mutaxassislar bilan yanada mustahkamlash talab etiladi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining rahbar hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida tarkib topgan tizim zamon talablariga javob bermayapti .Ta’limni samarali tashkil etish bu jarayonda talabalarning faolligini oshirish davr talabi hisoblanadi.
Ta’limning barcha bosqichlarida talabalar qobiliyati, qiziqishlari va imkoniyatlarini inobatga olgan holda noan’anaviy darslarni tashkil etish tarbiyalanuvchida mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stiradi.
Talabalarning noan’anaviy darslarda mustaqil fikrlashga ustuvor e’tibor qaratish talabaning o’zini o’zi tarbiyalashiga, o’z shaxsida ezgu ma’naviy sifatlarni shakllantirishiga omil bo’ladi. Uni tarbiyalamaydilar, balki u o’qituvchilar, kattalar va darsliklar ko’magida o’zini o’zi tarbiyalaydi.
Noan’anaviy darslarda mustaqil fikrlashga o’rgatish, umuman, pedagogika, xususan, adabiy ta’limning bosh maqsadi bo’lmish ma’naviy barkamol insonni tarbiyalashga asos bo’ladi. O’z fikri, o’z qarashiga ega bo’lish komil shaxslikning muqim belgisi hisoblanadi. Olib borilgan tadqiqot ishlari, o’tkazilgan eksperiment natijalariga asoslanilgan holda BMI mavzusi yuzasidan quyidagi tavsiyalar beriladi.
1.Darslarda talaba shaxsini bosh qadriyatga aylantirish, darslarda ma’naviyat shakllantirish ustuvorligini ta’minlash, bilim olish va tarbiyalanish uchun bolaning o’zini harakatga undash, unga kashf etish lazzatini tuydirish, darslarda pedagogik hamkorlik hukmronlik qilishiga erishish singari tamoyillar ustuvorligiga erishish.
2.Darsda talabalarni noan’anaviy darslarda mustaqil fikrlashga o’rgatishda ta’limning mantiqiy va interfaol metodlaridan foydalanilgan holda metodik qo’llanmalar yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: |