etuvchilaridan foydalanish …………………………………….………………20
2.2. Fizika o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari…………………………………………………………………….27
2.3. «Ergashtiruvchi» grafik –chizma usulidan foydalanish ………….
XOTIMA………………………………………………………………………..53
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………….……………………………….54
ILOVA……………………………………….…………………………….56
KIRISH
Farzandlarimiz bizdan ko’ra
kuchli, bilimli, dono va albatta
baxtli bo’lishlari shart.
(I. Karimov)
Mavzuning dolzarbligi: Davr talabiga javob beradigan, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, ijodkor, tadbirkor, raqobatbardosh yoshlarni tarbiyalash, ularni hayotga ishlab chiqarish sohalariga tayyorlash ta’lim tizimining bosh vazifasi bo’lib qoladi. Ta’limni ilmiy uslubiy jihatdan to’g’ri tashkil etish belgilangan vazifani hal qilishga ko’maklashadi. Hozirgi rivojlanish bosqichida akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni o’zlashtirishga e’tibor yanada ham kuchaytirildi, dars mashg’ulotlari sifatini yaxshilash, uni jahon andozalari darajasiga yetkazish asosiy maqsadlardan biriga aylandi. Bugungi kunda yoshlar zimmasida katta mas’uliyat, ya’ni yurt taqdiri, vatan kelajagi taqdiri turibdi. Demak, endigi kadrlar sifati masalasi ko’proq o’quv yurtida, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, oliy ta’lim dargohlarida beriladigan ta’lim–tarbiyaning sifatiga, mazmuniga aloqadordir.
Bugungi kun nuqtai nazaridan qaraydigan bo’lsak, talabalarni bilim darajasi yuqori, aqliy faoliyati yetuk va mustaqil fikrlay olishi zarur. O’qituvchilar bunday xislatlarni talabalarda rivojlantirib boradilar.Shunday ekan, darslarda faqat o’qituvchi aktiv faoliyat ko’rsatmasdan, balki talabalar passiv holatdan darsning asosiy ishtirokchisiga aylanishi, ya’ni mustaqil ishlashlari zarur. Shu sababli talabalarni fizika faniga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, ularga chuqur va puxta bilim berish borasida turli xil noan’anaviy uslublardan, yangi pedagogik va informatsion texnologiyalardan foydalangan holda dars o’tish muhim ahamiyatga ega va hozirgi kun dolzarb vazifalaridan biriga aylangan. Yangi usullarni ta’lim jarayoniga joriy etish o’quv jarayonlarini tubdan o’zgarishiga olib kelmoqda.Bu holat ta’lim jarayoni ishtirokchilarini bilimlarini kengaytirishga, ijodkorlikka, tinimsiz izlanishga, o’z ustida ishlashga har bir darsni haqiqatdan ham bir san’at asari sifatida taqdim etishga olib kelmoqda.
Ta’limni axborot bilan ta’minlash, rivojlantirish uni jahon axborot tizimi bilan bog’lash barcha fanlar qatori fizika fanini o’qitishda ham o’z multimediya, kompyuterli test nazorati, skaner texnologiyasi, internet, elektron pochta, virtual kutubxona, masofadan turib ta’lim berish, taqdim etish texnologiyasi kabi zamonaviy axborot texnologiyasi elementlaridan foydalanish mumkin.Hozirgi vaqtda barcha o’quv muassasalarida o’qitishning zamonaviy shakllari va metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. An’anaviy o’qitish jarayonida asosan o’qituvchi avtoritarlik bilan darsni olib borsa(subyekt-obyekt), noan’anaviy o’qitish jarayonida esa talaba shaxsiga erkinlik berish, munosabatlarni demokratlashtirish (subyekt-subyekt) asosida dars jarayonlari tashkil etiladi.
BMI maqsadi: Ta’lim vositalaridan va ta’limning grafik tashkil etuvchilaridan fizika o’qitishda foydalanishni didaktik-uslubiy jihatdan tahlil qilish, ta’lim vositalaridan foydalanishning zamonaviy shakl va uslublarni ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |