Ishchi varaqalar – guruhlarda, juft bo’lib va individual mashqlar bajarishda qo’llaniladi. Ular turli jadvallar shaklida bo’lib, ta’lim oluvchilar tomonidan to’ldirish talab qilinadi.
Nazorat varaqalari – mashg’ulot yakunida ta’lim oluvchilarning o’zlashtirgan bilimlarini tekshirishda qo’llanilib, ular test savollari, masalalar va shu kabi shakllarda bo’lishi mumkin.
Matnlar – mashg’ulot mavzusi bo’yicha tayyorgarlik ko’rishda, mashg’ulot davomida shuningdek bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga taqdim etiladi.
O’quvchi uchun vosita darslik, o’quv qo’llanma yoki o’qituvchining ma’ruza matnlari, jadvallar, yo’l yo’riq xaritalar, topshiriq kartochkalar va hokazolar.
D
1.1.2-chizma. Sinf doskasi. 1.1.3- chizma Doska-stend.
ars o’tkazish uchun plakatlar, diagrammalar, modellar, maketlar, etalonlar, namoyish qilish jihozlari, laboratoriya amaliy ishlarni o’tkazish uchun jihozlar,
audiovizual vositalar, diafilm, videoyozuvlar, diopozitivlar.
Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini to’ldirishi ya’ni uyg’unlashuvi kerak. Yuqorida sanab o’tilgan ta’lim vositalaridan samarali foydalanish uchun o’qituvchi qaysi vositani qachon qo’llashini mashg’ulot maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda belgilab olishi muhimdir.
Grafoproyektor – shaffof plyonkadagi tasvir (slaydlar) ni ekranga proyeksiyalash uchun qo’llaniladigan jihoz hisoblanadi. Undan ma’ruza vaqtida materiallarni namoyish qilish uchun, shuningdek guruh ishlari taqdimotida yordamchi vosita sifatida foydalaniladi. Kodoskop foydalanish uchun qulay moslashuvchan vosita bo’lib, bir marta tayyorlangan plyonkadan ko’p marta foydalanish mumkin, bundan tashqari doska bo’lmagan hollarda asosiy tushuncha g’oyalar va natijalarni o’qituvchi plyonkaga flomaster yordamida to’g’ridan-to’g’ri yozib ko’rsatish ham mumkin.
Sinf doskasi – o’quv materialini vizual namoyish qilishning an’anaviy va qulay vositasidir. Undan o’quv materialining asosiy tayanch nuqtalarini belgilashda, yoki biror narsani tez yozish lozim bo’lganda foydalanish juda qulaydir. Bundan tashqari sinf doskasi ta’lim muassasasining har bir o’quv xonasida mavjuddir. Kamchiligi: yangi materialni tushuntirish uchun doskada yozilganlarni o’chirishga to’g’ri keladi va avval yozilganlarni qayta ko’rsatish imkoni bo’lmaydi. Bundan tashqari o’qituvchi doskaga yozayotganda tahsil oluvchilarga nisbatan teskari holatda bo’ladi va uni eshitish qiyin bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |