Ravshanov Javohir Shuhrat o’g’li


«Ergashtiruvchi» grafik –chizma usulidan foydalanish



Download 5,08 Mb.
bet14/18
Sana22.04.2022
Hajmi5,08 Mb.
#572021
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Fizika o’qitishda ta’lim vositalaridan foydalanish

2.3. «Ergashtiruvchi» grafik –chizma usulidan foydalanish
O’qitish jarayonini faollashtirish ta’lim muassasalari oldida turgan asosiy vazifalardan biri bo’lib kelmoqda. Bu vazifaning yechimi turli yo’nalishlarda izlanmoqda, fizika darslarida ko’rgazmalilikni kuchaytirish ham muammo yechimlardan biri bo’lib hisoblanadi.
Ta’lim muassasalarida fizikaning shunday mavzularini o’qitishga to’g’ri keladiki, ularni o’qitish jarayonida yangi axborot kommunikatsion ko’rgazma vositalari bilan emas, balki, ko’rgazma vositalarning boshlang’ich ma’nosida chegaralangan ko’rgazma vositalari bilan: predmetlarning o’zlari yoki ularning tasvirlari bilan olib borishga to’g’ri keladi .
Fizika fanini o’qitish jarayonida yuqori ko’rgazmalilik va algoritmik xususiyatlarga ega bo’lgan grafik usullardan foydalanish uslubiyotini takomillashtirish, kompyuter tizimini qo’llamasdan ham fizik hodisalar va qonunlarni o’zlashtirish darajasini oshiradi.
Shu bilan bog’liq, ushbu maqolada boshlang’ich ma’noga ega bo’lgan ko’zgazma, ya’ni, fizika darslarida keltirilishi kerak bo’lgan predmetlarning tasvirlari-rasmlarining o’qitish jarayonidagi o’rni va roli haqida ayrim mulohazalar beriladi.
Ma’lumki, fizika darslarida o’qitiladigan predmetlarning o’zlari bo’lmagan taqdirda jarayonlarni samarali o’tkazish maqsadida ularning o’rniga ko’rgazmali vosita sifatida ularning tasvirlari–rasmlari ishlatiladi. Rasmlar ikki ko’rinishida bo’lishlari mumkin: sxematik soddalashtirilgan va ramziy soddalashtirilgan.
Fizikani o’qitish jarayonida o’quvchilarga ko’rsatilishi kerak bo’lgan obyektlarning o’zini bevosita ko’rgazma sifatida ko’rsatish mumkin bo’lmagan taqdirda, fizika o’qituvchisining samarali dars o’tishi va o’qitilayotgan obyekt yoki hodisa to’g’risida o’quvchilarda tasavvurlar hosil qilishi uchun bayon etiladigan so’zlari yetarli bo’lmasdan qoladi, shuning uchun obyektlar va predmetlarning rasmlarini ko’rsatishlari albatta zarur bo’lib qoladi.
Rasmlar, sxematik usullar bilan belgilanishlar tizimi bayon etuvchi vosita o’qituvchi so’zining funksiyasi rolini yoki boshqacha qilib aytganda “Grafik til” deb ataluvchi o’rnini egallaydi .
Ayniqsa fizikaviy eksperimentlarni bajarishda yoki fizikaviy jarayonlarni bayon etishda rasmlarni ergashuvchi qilib bog’lasa unda o’qitish jarayoni yanada samaraliroq bo’ladi. Bunday o’qitish albatta o’quvchilarda kuzatuvchanlik, atrofdagi haqiqatdan obyekt yoki predmetlarni ajrata olish, yassi tasvirda obyekt yoki predmetlarni hajmiy ko’rib bilishi qobiliyatlarini, predmetlar yoki obyektlarni masshtabli o’zgartira olishini rivojlantiradi.
Rasmlar ba’zi bir tushuntirish xatlari asosida to’g’ri bajarilsa unda bunday xatlar fizika darslarining o’ziga xos “grafik konspekti” bo’lib xizmat qiladi.
“Grafik til” fanni bilishning maqsadi uchun astoydil xizmat qilsin desak, albatta haqiqat bilan tegishli bir ma’noda, yagona bo’lishi kerak.
Murakkab rasmlar, tipografik usullar bilan yoki maxsus tasniflovchi kishilar tomonidan tayyorlangan murakkab rasmlardir.
Oldindan doskada yoki qog’oz betida, hamda ekranda loyihalangan usullar bilan tayyorlanmasdan, balki fizikaviy darslarda mavzularni bayon etish jarayonida o’qituvchilar tomonidan oddiy rasmlar chiziladi. Bunday talablarning qabul qilinishi psixologik qonunlarlariga asoslangan bo’lib: darsni tinglovchi o’quvchi erkin holda o’qituvchining qo’l harakatini kuzatadi, o’xshash harakatlarni o’z daftariga qaytaradi va o’qituvchining parallel holda mavzuni bayon etishi va unga mos rasmni chizib borishi rasmlarning alohida olingan chiziqlarini tushuntirilayotgan obyektga nisbatan “haqiqiylashtirish” ga olib keladi.
Murakkab rasmlar, darsliklar, metodik qo’llanmalar va adabiyotlar illyustratsiyasi yoki devoriy jadvallar ko’rinishlarida keltirilishi mumkin. Bunday rasmlarni oddiy sxemalar ko’rinishida bajarish kerakli axborotlarni o’quvchilar xotirasida mustahkamlashga yordam beradi.
Fizikani o’qitishda qo’llaniladigan rasmlarga hozirgi vaqtda yetarlicha talablar qo’yilgan deb qarash mumkin.
Fizika darslarida rasmlar ortiqcha detallarni qamrab olishi kerak emas. Masalan, tayanch tekisliklarni va tasvirlangan obyekt va predmetlarning bog’ichlarini rasmlarda keltirish shart emas. Bunday takliflar tasviriy san’at nuqtai nazarida xato qilish bo’lsa ham, ob’ekt va predmetlar xuddi fazoda turgandek tuyulsa ham, lekin sxematik rasmlarda taklif etgandek chizish qulay va ko’p yillik tajribalar buni tasdiqlaydi.
Fizika darslarida rasmlar qoida bo’yicha yassi shaklda chiziladi, agar yassi rasmlar obyekt va predmetlar bo’yicha yetarlicha axborot bera olmasa, unda obyekt va predmetlarning hajmiy tasvirlarini qo’llash zarur bo’lib qoladi.[8]
Bir rasmda obyekt va predmetlarning yassi va hajmiy tasvirlarini birga keltirish man etiladi, bunday hollar o’quvchilarning yangi materiallarni qabul qilishlari murakkablashadi va o’qituvchi tomonidan tushuntirish jarayoni cho’ziladi.
Predmet va obyektlarning real va simvolik tasvirlarini bir rasmda keltirish man etiladi. Bunday hollar o’quvchilarning tassavvurlarini siljitishga olib kelishi: simvollar obyektlar va predmetlarning konstruktiv elementlari sifatida qabul qilinishi mumkin yoki teskarisi, konstruktiv elementlar simvollar sifatida qabul qilinishi mumkin. Fizika darslarida qo’llaniladigan barcha rasmlarining g’oyalarini va ularning grafiklari savodxonligini saqlash uchun ularning konstruktiv elementlarini bir xilda saqlash zarur.
Qo’llaniladigan rasmlar loyihalash chizmachilik normalariga to’g’ri kelishi zarur.
Ushbu bo’limda akademik litsey va kasb hunar kollejlarida fizikaning “Metall o’tkazgichlarda elektr toki. Metallarning tuzilishi. Metall o’tkazgichlarda elektronlarning harakati” mavzusini amalda o’qitish jarayonida darsning yangi mavzuni bayon etish qismi bilan chegaralanib qolishni ma’qul topdik.
Metallarni tashkil etgan atomlar kristal panjaralar hosil qilib joylashadi. Atomlarning markazida musbat zaryadlangan protonlar va neytronlar mavjud, yadro atrofida esa elektronlar harakatlanadi. Kristal panjara hosil qilgan atomlarning tashqi qobig’ida joylashgan erkin elektronlar qo’shni atomlar ta’sirida undan chiqib, atomlararo fazoda chiqib ketadi. Kristal panjara oralig’ida erkin harakatda bo’ladilar Bunday elektronlar erkin elektronlar deyiladi. Metall o’tkazgich uchlari tok manbaiga ulanganda o’tkazgich bo’ylab elektr maydoni hosil bo’ladi. Elektr maydoni kristall panjara ichidagi elektronlar va ionlarga kuch (Kulon kuchi) bilan ta’sir qiladi. Bunda erkin elektronlargina kuch ta’sirida maydon kuch chiziqlari bo’ylab bir tomonga ko’chishi, harakati yuz beradi.[10]
O’quvchilarda metallarda elektr toki erkin elektronlarning bir to-monga tartibli harakatidan iboraligi to’g’risidagi tasavvurlar rasmlar orqali hosil qilinadi so’ngra mavzuga oid animastiyalarni namoyish qilish mumkin. Bu usul o’qitish samaradorligini oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Buxoro viloyat hokimligi o’rta maxsus kasb-hunar ta’lim boshqarmasiga qarashli Buxoro bank kollejidagi izlanishlar buni tasdiqlaydi.
2.3.1- jadval. Metall o’tkazgichlarda elektr toki mavzusini o’qitishda ramziy soddalashtirilgan grafik konspektining texnologik xaritasi.


Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish