Ravshanov Javohir Shuhrat o’g’li


II-BOB. TA’LIM VOSITALARIDAN FIZIKA O’QITISHDA FOYDALANISH BO’YICHA USLUBIY TAVSIYALAR



Download 5,08 Mb.
bet11/18
Sana22.04.2022
Hajmi5,08 Mb.
#572021
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Fizika o’qitishda ta’lim vositalaridan foydalanish

II-BOB. TA’LIM VOSITALARIDAN FIZIKA O’QITISHDA FOYDALANISH BO’YICHA USLUBIY TAVSIYALAR




2.1 Fizikadan nazariy mashg’lotlarda ta’limning grafik tashkil etuvchilaridan foydalanish
XXI asr ta’lim texnologiyalarining asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, u katta hajmdagi o’quv ma’lumotlarini qisqa vaqt ichida o’quvchi-talaba o’zlashtirishga moslab ishlab chiqish va dars jarayonini doimiy nazoratda saqlagan holda o’zlashtirish qiyin bo’lgan yoki o’quvchilarga notanish bo’lgan atama, tayanch, ibora va matematik simvollarni tezkor aniqlash va tegishli tushuntirishlar olib borishni taqozo qiladi.Ushbu muammo yechimi faqat o’qituvchiga bog’liq bo’lmasdan, balki o’quvchi- talabalarning dars jarayonidagi faolligini oshirish, o’quv materiallari bilan maqsadli ishlash malakasini oshirish bilan ham bevosita bog’liqdir.[4]
O’quvchi-talabalarning darsdagi faolligini oshirish usullari, jumladan, matn bilan ishlashning turli usullaridan foydalanish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalaridan amaliy pedagogik faoliyatda foydalanish bugungi kunning dolzarb yo’nalishiga aylanib bormoqda.
Ushbu tavsiya etilgan usullar orasida matn bilan ijodiy -tanqidiy ishlashning "insert" usuli alohida ahamiyatga ega. Bu usul 1986- yil AQSh pedagog olimlari J. Vogan va T.Estes tomonidan taklif etilgan bo’lib, (Insert: I- interactive N- noting S -system E effective R reading and T thinking), matnlarni tanqidiy o’qish va o’zlashtirish darajasini maxsus belgilar bilan baholashning samarali usulidir. Ushbu usul 1997- yilda AQSh pedagog- olimlari J. Styl, K. Meredit, Ch. Templ, S. Uolterlar tomonidan « samarali o’qish va yozish orqali tanqidiy fikrlashni kuchaytirish » texnologiyasiga asos bo’ldi va hozirgi kunda jahon pedagogik trening, kasbiy malaka oshirish tizimlarida, jumladan O’zbekiston Respublikasida keng qo’llanila boshladi.

« V «- o’zim bilar edim

« + « — men uchun yangilik

« — « — bilganimga zid

« ? « — tushunarli emas

matn ( v)

matn ( + )

matn( )

matn (?)
2.1.1. –jadval.Insert jadvali.

Matn bilan ishlash tugagach, matnning belgilar tizimiga mos kelgan ayrim qismlari 2.1.1-jadvalga kiritiladi va mazmunan qiyosiy tahlil etiladi.


Ushbu ishlanmada fizika fanining o’quv axborotlariga boy bo’lgan, ammo ishchi rejada kam o’quv vaqti berilgan asosiy bo’limlaridan biri, «Termodinamikaning birinchi qonuni » mavzusi bo’yicha nazariy mashg’ulotlar o’tkazishda "Insert" usulining didaktik imkoniyatlaridan foydalanish uslubiyoti keltirilgan.
Nazariy mashg’ulotni tayyorlash va o’tkazish bosqichlari:
1.Nazariy mashg’ulotlarga tayyorgarlik bosqichi:
nazariy mashg’ulotning o’quv maqsadlarini rejalashtirish;
ma’ruza matni konspektini (4-6 bet, A4 formatda) tayyorlash (matn alohidda didaktik birliklarga ajratiladi va №);
maxsus ishchi jadval tayyorlanadi va unga mantiqiy ketma-ketlikda asosiy atamalar, tayanch iboralar va matematik simvollar joylashtiriladi (optimal o’lcham 1 betga 20 ta) ;
2.Nazariy mashg’ulotni olib borish tartibi (algoritmi):
tayyorlangan matn va ishchi jadval talabalar soniga mos nusxada
ko’paytiriladi va mashg’ulot boshlanishida tarqatiladi;
ishchi jadval bilan ishlash tartibi, ya’ni har bir atama faqatgina bir marta va bitta ustunda "+" bilan belgilanishi, hamda ushbu atama bilan ishlash vaqti sekundda ko’rsatilishi tushuntiriladi;
«Termodinamikaning birinchi qonuni» mavzusi bo’yicha ma’ruza tezislari (konspekti)
Termodinamika tajribada topilgan ikki qonunga asoslanadi.
Termodinamikaning birinchi bosh qonuni-issiqlik harakat muhim rol o’ynaydigan sistemalar uchun energiyaning saqlanish va aylanish qonunining tatbiqidir.
Energiya haqida mulohaza yurgizishimiz lozim bo’lgani uchun ichki energiya tushunchasiga aniqlik kiritib olamiz.[15]
Moddaning ichki energiyasi deb,uni tashkil qilgan molekulalarning kinetik va potensial energiyalarning yig’indisiga aytiladi.Gaz molekulalarning ichki energiyasi quyidagicha topiladi.
U  (2.1.1)
Moddaning ichki energiyasi uning harorati o’zgargandagina o’zgaradi.
Ish –bir jismdan ikkinchi jismga energiya uzatishning makroskopik shaklidir.Agar malum bir miqdordagi gazning hajmi V1 dan V2 ga o’zgarsa gaz mexanik ish bajargan bo’ladi.Agar gaz kengaysa bajarilgan ish noldan katta bo’ladi.Agar gaz siqilsa yoki gaz ustida tashqi kuchlar ish bajarsa ,bajargan ish noldan kichik bo’ladi.Gazning bajargan ishi quyidagicha topiladi.
A=P∆V (2.1.2)
Termodinamikaning birinchi qonuni quyidagicha ta’riflanadi:
Sistema atrofidagi jismlar bergan issiqlik miqdori sistema ichki energiyasini o’zgartirishga va sistemaning tashqi jismlar ustida ish bajarishiga sarflanadi.

Q=∆U+A (2.1.3)


(2.1.3) ifodadagi Q va A –algebraik kattaliklar. Sistemaga issiqlik miqdori berilayotgan holda Q>0 deb va sistema tashqi jismlar ustida ish bajarganda A>0 deb hisoblanadi.Aksincha ,sistema atrofdagi jismlarga issiqlik miqdori berayotgan holda Q<0 deb va tashqi jismlar sistema ustida ish bajarayotganda (ya’ni sistema energiyani tashqi jismlarning bajargan ishi orqali olganda) A<0 deb hisoblash lozim.
Termodinamikaning birinchi bosh qonuni birinchi tur abadiy dvigatel yasash yo’lidagi urinishlarga chek qo’ydi.Issiqlik dvigatellarda yoqilg’ining yonishi tufayli ajraladigan issiqlik miqdori evaziga ish bajariladi,lekin sistema davriy ravishda o’zining boshlang’ich holatiga qaytadi.Binobarin ,sistema ichki energiyasi o’zgarmaydi,ya’ni ∆U=0.Mazkur hol uchun (2.1.3) ifoda Q=A ko’rinishga keladi.
Bundan, davriy ravishda ishlaydigan dvigatelning bajaradigan ishi unga berilayotgan issiqlik miqdoridan katta bo’la olmaydi,degan xulosa kelib chiqadi.
Oladigan issiqlik miqdoriga nisbatan ko’proq ish bajaradigan xayoliy mashinani birinchi tur abadiy dvigatel deb ataladi.Ya’ni birinchi tur abadiy dvigatel yasash mumkin emas.
Termodinamikaning birinchi qonunini ideal gazdagi jarayonlarga tatbiqi:
1.Izobarik jarayon. Bu jarayon amalga oshayotganda ideal gaz bosimi o’zgarmay saqlangan holda (p=const) kengayadi.Ideal gazga berilayotgan issiqlik miqdori (Q) ning qolgan qismi ,termodinamikaning birinchi qonuniga asosan ,ichki energiyaning o’zgarishiga sababchi bo’ladi.
Q=∆U+A ( 2.1.4)
2.Izoxorik jarayon. Bu jarayon sodir bo’layotganda ideal gazning hajmi o’zgarmaydi.(V=const).Hajm o’zgarmaganligi tufayli izoxorik jarayonda ish bajarilmaydi,ya’ni A=0.Natijada termodinamikaning birinchi qonuni quyidagicha bo’ladi.
Q=∆U (2.1.5)
4.zotermik jarayon.Mazkur jarayon o’zgarmas temperatura(T=const)da amalga oshadi.Izotermik jarayonda temperatura o’zgarmaganligi tufayli ideal gazning ichki energiyasi ham o’zgarmaydi,ya’ni ∆U=0 bo’ladi.
Q=A (2.1.6)
Matn bilan ishlash tartibi va qoidalari:
A.Matnni diqqat bilan boshidan oxirigacha o’qib chiqing, ayniqsa, osti chizilgan, kursiv yoki qora rangda ajratib berilgan qismlarga e’tibor qiling! ijro vaqti 20 min.
B. Matnni o’qish davomida Siz biladigan, bilmaydigan, noaniq; yoki tushunarsiz bo’lgan ifodalar, atamalar, matematik simvollar va terminlarga maxsus belgilar qo’yib boring va matn tugagach, ularni 2.1.1-jadvalning mos katakchalariga ko’chiring!
V.To’ldirilgan 2.1.2- jadvalning ustunlari bo’yicha markerlar yig’indisini aniqlang, uni atamalar umumiy soniga (20 ga) taqsimlang va natijani 100 ga ko’paytirib, % ko’rinishida («JAMI...») qatoridagi mos katakchalarga yozing! Umumiy vaqt sarfini hisoblang!
2.1.2-jadval « Termodinamikaning birinchi qonuni » mavzusi bo’yicha nazariy mashg’ulotlar o’tkazishda "Insert" jadvali.




Download 5,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish