Mavzu. Uzluksiz malaka oshirishni rivojlantirishda individual ta’lim traektoriyasini yaratish



Download 300,05 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana11.07.2022
Hajmi300,05 Kb.
#776574
  1   2
Bog'liq
0EuXoLBUCiD2aCDEyHyRenHuGxhMUAvfchTRJUqh
1 4900392401509548420, 1-mavzu, Фалсафа тест якуний, innovvatsiya majmua


Mavzu. Uzluksiz malaka oshirishni rivojlantirishda individual ta’lim 
traektoriyasini yaratish 
 
Ma’lumki, Xalq ta’limi tizimida 2020-yil dekabr oyiga qadar xalq ta’limi 
pedagog o‘qituvchilari va rahbar xodimlari belgilangan davriylikka ko‘ra, ya’ni 
o‘qituvchilar har 5 yilda va rahbar xodimlar har 3 yilda malakasini oshirib kelgan.
Tizimdagi muammolarni o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan so‘rovnomalar 
natijalari tahliliga ko‘ra, rahbar va pedagoglar malaka oshirish jarayonida ko‘plab 
muammolarga duch kelgan. Ya’ni tinglovchilar bir oy malaka oshirish davrida 
oiladan uzoqlashishi, maktabni boshqaruvsiz qoldirishi yoki malaka oshirish o‘rniga 
boshqa xodim yuborishi kabi holatlar kuzatilgan.
Shuningdek, o‘qish davridagi korrupsion holatlar, ortiqcha harajatlar singari 
ko‘plab muammolar tizimda yillar mobaynida to‘planib kelgan.
Bu sohada olib borilayotgan islohotlar, yaratilayotgan yangi platforma 
yuqoridagi kamchiliklarga barham berishi ta’kidlab o‘tildi.
– Hozir yangi joriy qilinadigan malaka oshirish tizimi doimiy amalga 
oshiriladi. Asosiy maqsad o‘qituvchining malaka oshirishdan o‘tib, yangi bilim 
olishiga qaratiladi. Endi yangi platformada har bitta o‘qituvchining malaka oshirishi 
o‘ziga moslanib, zamonaviy rivojlanish trayektoriyasiga yo‘naltiriladi. 
Endilikda malaka oshirish tizimi ma’lumotlar bazasi, xodimlarning kasbiy 
rivojlanish holati, ta’lim kreditlari hisobini yuritish, tizimdagi barcha xodimlarning 
kasbiy bilimlaridagi bo‘shliqlarni doimiy monitoring qilish mazkur Uzluksiz kasbiy 
ta’lim elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
Yuqoridagi qarorda belgilanganidek, 2021-yil 1-martdan boshlab, tuman 
(shahar) xalq ta’limi bo‘limlari tomonidan xalq ta’limi xodimlarining malaka 
oshirish bo‘yicha ehtiyojlari o‘rganildi va A.Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot 
instituti tomonidan “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi orqali 
ularning kasbiy kompetensiyalarini aniqlash bo‘yicha diagnostika qilish hamda 
individual rivojlanish trayektoriyasini shakllantirish mexanizmi ishlab chiqildi. 
Yaratilgan elektron platforma pedagog va rahbar xodimlarga xohlagan vaqtda va 
xohlagan joyda turli gadjetlar orqali ulanish, shuningdek, o‘z kasbiy ehtiyojlaridan 
kelib chiqib, uzluksiz malaka oshirish imkoniyatini beradi. 
Shuningdek, yangi platformani pedagoglarga yetkazish yo‘lida qilinayotgan 
ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi. Unga ko‘ra, 2021-yil 1-martdan boshlab fan 
metodistlarini mazkur plaftorma orqali kredit-modulga asoslangan malaka oshirish 
boshlandi. 1-may holatiga 1647 nafar metodist malakasi oshirilib, tegishli 
sertifikatga ega bo‘ldi. Metodistlar uchun ehtiyojga asoslangan 30 ta videokurs 
tayyorlandi va platformaga joylashtirildi. 1 iyundan boshlab maktab direktorlari 
uchun malaka oshirish boshlangan bo‘lib, ular uchun 8 ta kompetensiya bo‘yicha 
ehtiyojga asoslangan 192 ta videokurs tayyorlandi. 
Islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish muayyan vaqt va fursat talab 
qiladi. Xususan, ta’lim sohasidagi islohotlar xiyla murakkab jarayon bo‘lib, 
izchillikni, puxta va o‘ylangan rejani, tahlil va tadqiqni taqozo etadi. Biroq shu 
paytga qadar xalq ta’limi tizimida soha muammolarini tadqiq qiladigan, uning 


strategiyasini belgilaydigan va rejalashtirilgan innovasiyalarni ilmiy jihatdan 
o‘rganib, tajriba-sinovdan o‘tkazadigan maxsus tashkilot yoki muassasa yo‘q edi. 
Prezidentimizning joriy yil 6-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekistonning 
yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “Ta’lim-tarbiya tizimini yanada 
takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida xalq 
ta’limi tizimidagi islohotlarni yanada takomillashtirish va ilmiy jihatdan qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi. 
Mazkur hujjatlarda xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini 
oshirish bilan bog‘liq masalalarga ham alohida e’tibor qaratilib, sohadagi rahbar va 
pedagog-xodimlarni “hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida uzluksiz malaka 
oshirish tizimiga transformatsiya qilish vazifasi qo‘yildi. 
Amaldagi tartibga ko‘ra, pedagog-kadrlar har 5 yilda kamida 1 marta, rahbar 
va mutaxassis xodimlar esa har 3 yilda kamida 1 marta malaka oshirishlari lozim. 
O‘qituvchining 5 yilda 1 oy, ya’ni 144 soatlik o‘quv dasturi asosida malaka 
oshirishi va qolgan 4 yilu 11 oy hech qanday o‘quvga jalb qilinmasligi ularning o‘z 
ustida 
ishlamasligi, 
katta 
hajmdagi 
ta’limiy 
axborotlardan 
bahramand 
bo‘lmasligiga olib kelmoqda. 
Pedagog-kadrlarning 5 yilda 1 marta malaka oshirishi hozir faqat ayrim 
MDH 
mamlakatlarida 
saqlanib 
qolgan. 
Dunyodagi 
ta’lim 
rivojlangan 
mamlakatlarda o‘qituvchilarning har yili uzluksiz malaka oshirishi yo‘lga 
qo‘yilgan. Masalan, Koreya Respublikasida o‘qituvchi har yili kamida 108 soat, 
Singapur va Yaponiyada har yili 100 soatdan ortiq, Gollandiyada 166 soat malaka 
oshirishi belgilangan. 
Shu bois, bizda ham soha xodimlarini davriy emas, balki doimiy ravishda 
o‘qitib borish, malaka oshirishni xodimlarning kasbiy ehtiyojidan kelib chiqib 
tashkil etish dolzarb masalaga aylanib qoldi. 
Islohotlar yangicha yondashuvlarni taqozo qilyapti. 
Davlatimiz 
rahbari 
farmoniga 
muvofiq, 
xalq 
ta’limi 
sohasidagi 
muammolarni ilmiy tadqiq qilish va istiqboldagi islohotlarni ilmiy jihatdan 
qo‘llab-quvvatlash uchun Abdulla Avloniy nomidagi Xalq ta’limi tizimi rahbar va 
mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti qayta 
tashkil etildi. Mazkur muassasa A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi muammolarini 
o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti deb nomlandi. Institut 
faoliyati davr talablaridan kelib chiqqan holda tubdan isloh qilindi: u faqat 
pedagog-xodimlar malakasini oshirish bilan cheklanib qolmasdan, tom ma’nodagi 
ilmiy-tadqiqot dargohiga aylanadi. 
Bu, o‘z navbatida, institut zimmasiga yanada ko‘proq mas’uliyat yuklaydi: 
raqobatbardosh va samarali milliy ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish, darslik va o‘quv 
qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, o‘quv dasturlari va 
standartlarini optimallashtirish, ta’lim muassasalari rahbar va pedagog-xodimlarini 
kasbiy rivojlantirish bilan bog‘liq ilmiy muammolarni tadqiq qilish va echimini 
topish – institutning asosiy faoliyat yo‘nalishi etib belgilandi. 


Xalq ta’limi vazirligiga Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi 
hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2021 yil 1 iyunga 
qadar xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirish jarayonini “hayot davomida 
o‘qish” tamoyili asosida tashkil qilish, xodimlarning kasbiy ehtiyojlarini tashxis 
qilish asosida ishlab chiqilgan individual rivojlanish dasturiga muvofiq malakasini 
oshirish tartibini amaliyotga kiritish, soha xodimlarining malaka oshirish 
jarayoniga kredit-modulga asoslangan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini 
bosqichma-bosqich joriy etish vazifasi yuklatildi. 
Malaka oshirish — ta’lim tizimining diqqat markazida bo‘ladi. 
Yaqinda malaka oshirish kursida o‘qigan xodimlarga berilgan “Siz o‘qigan 
kursning mazmuni kasbiy ehtiyojlaringizni qay darajada qondirdi?”, degan savolga 
ularning 20 foizi “to‘la qondirdi”, 20 foizi “qisman qondirdi”, 50 foizi 
“qondirmadi” va 10 foizi “bilmadim”, deb javob qaytardi. So‘rovnomaga jalb 
qilinganlarning ko‘pchiligi malaka oshirish dasturlarini shakllantirishda ularning 
ehtiyojlari e’tiborga olinsa, kursning foyda va samarasi oshgan bo‘lardi, deb qayd 
etdi. 
Har qanday ta’lim jarayoni samarali bo‘lishi uchun u ta’lim oladigan 
shaxsning qiziqish va ehtiyojlariga mos bo‘lishi lozim. Bu barcha yoshdagi ta’lim 
oluvchilarga xos bo‘lib, ayniqsa, katta yoshdagilar uchun muhim ahamiyat kasb 
etadi. Pedagog-xodim malaka oshirish kursiga, odatda, yangilik olish, o‘qitishning 
yangi metod va texnologiyalarini o‘zlashtirish, kasbiy ehtiyojlarini qondirish 
maqsadida boradi. Biroq kasbiy ehtiyoj har bir pedagogda turlicha bo‘ladi. Bu — 
tabiiy hol. Bitta auditoriyaga jamlangan 25 nafar pedagog-kadrga o‘tiladigan 
mavzu kim uchundir qiziqarli bo‘lishi, kimningdir ehtiyojiga mos kelishi, 
qolganlarga esa umuman hech narsa bermasligi mumkin. Pirovardida o‘tilgan dars 
yoxud malaka oshirish kursi tinglovchilarni bir xil darajada qoniqtira olmaydi. 
Buning uchun xalq ta’limi xodimlarining malaka oshirishga doir ehtiyojlarini 
o‘rganish, ularning har biri uchun individual kasbiy rivojlanish trayektoriyasini 
tuzish va malaka oshirish o‘quvlarini ana shu asosda tashkil etish lozim. 
Ehtiyojlarga asoslangan malaka oshirish tizimini joriy etish uchun xalq 
ta’limi xodimlarining malaka darajasi, bilimi, ilmiy-pedagogik salohiyati, ish 
tajribasi va individual kasbiy rivojlanish traektoriyasidan kelib chiqib, 
tabaqalashgan malaka oshirish dasturlari ishlab chiqiladi. An’anaviy malaka 
oshirish bilan bir qatorda, kasbiy o‘qitishning uyg‘unlashgan, ish jarayoni bilan 
birgalikda olib boriladigan, masofaviy va boshqa muqobil shakllari joriy etilib, 
xalq ta’limi xodimlariniing individual traektoriyalari, kasbiy rivojlanish natijalari 
va o‘zlashtirgan o‘quv dasturlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ularning elektron 
portfoliosiga kiritiladi. 
Malaka oshirishda kredit-modul tizimi joriy etiladi. 
Pedagog-kadrlar ehtiyojlariga asoslangan kasbiy rivojlanish ta’limi 
natijalarini baholash yangicha yondashuvni talab qiladi. 
Amaldagi tartibga binoan tinglovchi malaka oshirish kursini tugatganidan 
so‘ng test sinovlari va malaka ishini himoya qilishdan iborat yakuniy baholash 
jarayonidan o‘tadi. Baholashning ushbu shakllari yagona o‘quv reja hamda o‘quv 


dasturlari asosida tashkil qilingan malaka oshirish kurslari uchun qo‘llaniladi. 
Biroq turli individual traektoriya va o‘quv reja-dasturlari asosida o‘qigan 
tinglovchilar erishgan natijalarni yagona baholash vositasi — test va malaka ishi 
himoyasi bilan baholab bo‘lmaydi. 
Xalq ta’limi xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanish tizimidagi ta’lim 
olish natijalarini baholashda kredit-modul tizimini joriy etish belgilanmoqda. Unga 
ko‘ra, xodim tomonidan bir yilda yig‘ilishi lozim bo‘lgan kreditlar(akademik 
soatlar)ning eng kam hajmi nazarda tutilmoqda. Har bir xodim yuqorida qayd 
etilgan “Uzluksiz kasbiy ta’lim” platformasi orqali unga taqdim etilgan o‘quv 
modullarini o‘zlashtirgach, platforma tomonidan baholanadi va yig‘ilgan kreditlar 
xodimning shaxsiy kabinetida jamlanadi. Kreditlarning belgilangan miqdorini 
yiqqan xodim shu yil uchun malaka oshirish kursini to‘la o‘tagan hisoblanadi. 
Baholashning kredit-modul tizimini joriy etish xodimlarning muqobil 
malaka oshirish shakllarida ham olgan natijalarini baholash imkoniyatini yaratadi. 
Shuningdek, xodimning Coursera kabi internet tarmog‘idagi elektron resurslaridan 
foydalanib, o‘z saviyasini oshirishi, respublika va xalqaro olimpiadalarga 
o‘quvchilar tayyorlagani, chet ellardagi nufuzli ilmiy jurnallarda maqola chop 
etgani, ilmiy daraja olish uchun dissertasiya himoya qilish kabi holatlarni ham 
kreditlarda baholash belgilangan. 
Sog‘lom raqobat muhiti yaratiladi. 
Xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish jarayonlariga pedagogika 
yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini ham 
jalb etish, pirovardida sog‘lom raqobat muhitini yaratish belgilanmoqda. 
Bugungi kungacha xalq ta’limi muassasalari xodimlari malakasi institut va 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi 14 ta xalq 
ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy 
markazlarida oshirilayotgan edi. 
Oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida xalq ta’limi xodimlarini malakasini 
oshirish fakul`tetlarini tashkil etish, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat 
pedagogika universitetini xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish vakolati 
berilgan oliy ta’lim muassasalari uchun tayanch ta’lim muassasasi etib belgilash, 
xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish kurslarining namunaviy o‘quv reja, das-
tur, o‘quv-metodik va boshqa hujjatlarini ishlab chiqish belgilanmoqda. 
Shuningdek, kurslarning o‘quv-uslubiy ta’minotini doimiy yangilab borish 
choralarini ko‘rish, malaka oshirishning samarali shakllarini joriy etishning ilmiy-
metodik va tashkiliy-metodik asoslarini ishlab chiqish nazarda tutilgan. Pedagog-
xodimlarda o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy uslublari ko‘nikmalarini 
rivojlantirish, xalq ta’limi xodimlarida Internet jahon axborot tarmog‘i, 
mul`timedia tizimlari va masofadan o‘qitish usullaridan foydalangan holda, ilg‘or 
pedagogika, axborot-kommunikasiya va innovasion texnologiyalarni egallash va 
ularni o‘quv jarayoniga faol tatbiq etish ko‘nikmalarini rivojlantirish vazifalari 
nazarda tutilgan. 
Endi xalq ta’limi xodimlari faqat Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi malaka 
oshirish tashkilotlarida emas, balki o‘z ixtiyorlariga ko‘ra, hududlarda joylashgan 


istagan davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida ham o‘z malakalarini oshirishlari 
mumkin bo‘ladi. 
Mazkur tartib malaka oshirishda mavjud monopoliyaga barham beradi, 
tanlash imkoniyatini taqdim etish orqali malaka oshirish sohasida sog‘lom raqobat 
muhitini yaratadi. Xodimdan qaerda malaka oshirishidan qat’iy nazar, joriy yil 
uchun belgilangan kredit ballarini yig‘ish talab qilinadi. 
Xalq ta’limi tizimi o‘z ilmiy tadqiqot institutiga ega bo‘ldi. 
Institutimiz zimmasiga soha faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan ta’minlash, 
fundamental, amaliy va innovasion tadqiqotlar o‘tkazish, ularning natijalarini 
amaliyotga joriy etish va umumiy o‘rta ta’limning dolzarb muammolari yuzasidan 
ilmiy-tadqiqot dastur hamda loyihalarini amalga oshirish vazifalari yuklatilmoqda. 
Ushbu vazifalar ijrosi yuzasidan ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, 
seminarlar, yig‘ilishlar tashkil etish, soha uchun yuqori malakali ilmiy kadrlarni 
tayyorlash, ilmiy xodimlar, sohadagi rahbar kadrlar va metodistlarning kasbiy 
darajasi, malakasini muntazam oshirib borish, shuningdek, sohaga oid ilg‘or 
tajribalarni o‘rganish va joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish, xorijdagi 
etakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish, umumiy o‘rta 
ta’limni tashkil etishning yangi texnologiyalari, vositalari va shakllarini ishlab 
chiqish, sinovdan o‘tkazish va ekspertiza qilishda ishtirok etish kabi faoliyat 
yo‘nalishlari nazarda tutilmoqda. 
Rivojlangan mamlakatlarda ta’lim sohasi muammolarini tadqiq qilish bilan 
shug‘ullanadigan institutlar ta’lim tizimi taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib 
kelmoqdalar. 
Masalan, Koreya Respublikasida Koreya ta’limni rivojlantirish instituti 
(KEDI) 1972 yildan buyon muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatadi. Uning zimmasiga 
Koreya milliy an’analarini aks ettiruvchi yangi ta’lim tizimini yaratish, bu borada 
keng qamrovli ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, innovasion ta’lim tizimini ishlab 
chiqish, sohadagi islohotlar siyosati uchun platforma vazifasini o‘tash, kelajak 
ta’lim qadriyatlarini ilgari surish va innovasion ta’limning ilmiy salohiyatini mus-
tahkamlash kabi vazifalar yuklatilgan. Mazkur institut bugungi kunda nafaqat 
Koreya Respublikasi, balki xalqaro maydonda ham o‘z nufuziga ega ilmiy 
tashkilotga aylangan. 

Download 300,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
O'zbekiston respublikasi
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
saqlash vazirligi
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
covid vaccination
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti