To’ldirilgan 2.1.2-jadvallar yig’ib olinadi. Jadvalning har bir ustunlari kesimida guruh, natijalari umumlashtiriladi va matnning o’zlashtirilish darajasi quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
A)0 55% dars elementi o’zlashtirilmagan, matnni qayta tushuntirish kerak ! B) 56 70% dars elementi to’liq o’zlashtirilmagan, maslahat berish kerak ! C)71 85% dars elementi o’zlashtirilgan, dars samaradorligi talabga javob beradi! D) 86-100% dars jarayoni sifatli tashkil etilgan Didaktik tahlil natijalari asosida har bir o’quvchi va akademik guruh uchun ushbu mavzuni (tayanch tushunchalarni) to’liq o’zlashtirish bo’yicha individual va umumlashtirilgan tavsiyalar ( maslahat) beriladi
2.1.3-jadval Termodinamikaning birinchi qonuni» mavzusi bo’yicha nazariy mashg’ulotlar o’tkazishda "Insert" usuli tahlili
№
ATAMALAR, MATEMATIK IFODALAR, SIMVOLLAR
V- bilgan larimni tasdiq- laydi
N1-i men uchun yangi axborot;
NBD + men uchun yangi tushun -cha
»W bilgan- larimga zid
O’ylan tirib qo’ydi
O’zlash- tirish darajasi (%)
1.
Ideal gaz
2.
Hajm(V)
-------
-----------------
-----------
-----
-----
-----
-----
---
19.
Tashqi kuchlarning ishi
20.
Tk(0,14-20K)
JAMI
belgilanganlar %:
100(n/N)
Shuday qilib pedagogik-psixologik adabiyotlar tahlili va o’z pedagogik tajribamiz asosida INSERT usulining quyidagi afzalliklarini qayd etib o’tamiz:
O’quvchida matn bilan ishlash, uning mazmunini o’ziga ma’lum bo’lgan axborotlar bilan taqqoslash, o’xshash atamalar orasidagi bog’liqni topish ko’nikmalari shakllantiriladi. Bu esa unda tanqidiy fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlanishiga ko’mak beradi.Tanishish tahrirlash uchun berilgan material avvalgi darslarda o’tilgan o’quv materiallari bilan mantiqiy bog’lanadi, tartiblashtiriladi va tizimlilik tamoyili asosida bilim olinadi.
2.2. Fizika o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari. Shubhasiz, hozirgi kunda mamlakatimizda kompyuter va axborot texnologiyalarini, Internet tarmog’i xizmatlarini rivojlantirish ustuvor yo’nalishdan biriga aylanib qolmoqda.
Ayniqsa, bu borada O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.A.Karimov 2001- yil may oyida Oliy Majlisning 5-sessiyasida so’zlagan nutqida kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini, eng avvalo, ishlab chiqarishga umumta’lim dasturlariga joriy etish bo’yicha mamlakatimizning jahon maydonida yuqori pog’onalarga ko’tarilishi yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgan.
Aytish joizki, hozirgi davr kompyuter va axborotlar asri sifatida tavsiflanmoqda. Shu bois o’quvchilarning aql-zakovatidan imkon qadar ko’proq foydalanish o’zining muhimligi jihatidan alohida ahamiyat kasb etadigan omillardan hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimiz taraqqiyoti yo’lidagi ustuvor vazifalardan biri – ta’lim tizimini investitsiyalash, kompyuter va axborot texnologiyalari taraqqiyotini ta’minlashdan iborat ekanligi O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida»gi qonunida belgilab qo’yilgan.
Xususan, birinchi Prezident I.A.Karimovning 2002-yil 30-maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish, axborot texnologiyalarini joriy etish to’g’risida»gi farmoni, mazkur farmonning ijro etilish yuzasidan 2002- yil 30 maydagi Vazirlar Mahkamasining «2002–2010- yillarda kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» yuzasidan qarori qabul qilindi. Mazkur qarorda uzluksiz ta’lim tizimida dasturiy vositalarning, ma’lumotlarning axborot ta’minotini, multimedia, kompyuter texnikasini ishlab chiqish va ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha yuqori malakali mutaxassislar va texnik xodimlar, shuningdek, kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanuvchilarni tayyorlashni tezlashtirish belgilangan.
Kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga joriy etishning muhim omillaridan biri- elektron darslik va qo’llanmalar yaratish. Elektron darslik va qo’llanmalar fizikadan namoyishli tajribalarni bajarishda ularning mazmunini yangi materiallar bilan to’ldirib borishga imkoniyat yaratadi.
Ayniqsa, fizikadan namoyishli tajribalar bajarishda kompyuter va axborot texnologiyalarining qo’llanilishi o’quv jarayonini pedagogik dasturiy vositalar yordamida amalga oshirishdek muhim imkoniyatni yaratadi. Bunday yordamni fizikadan namoyishli tajribalarni bajarishda didaktika prinsiplarining o’zaro bog’liqligini va ular aloqadorligini o’rganishga olib kelishi bilan bir qatorda o’quv jarayonini to’la o’rganishga imkoniyat yaratadi.
Axborot texnologiyalari asosida yaratilayotgan multimediali vositalardan foydalanib, fizikadan namoyishli tajribalarni an’anaviy metod bilan bajarishga ko’ra tahlil qilinganda quyidagilar aniqlandi:
o’qituvchining fizikadan namoyishli tajribalarni bajarish va uning mohiyatini tushuntirish jarayonining yengillashtirilishi;
fizikadan namoyishli tajribalarni bajarish jarayonida ayrim materiallarni takroriy holda berish imkoniyatining mavjudligi;
kompyuter texnologiyalari asosida fizikadan bajarilayotgan namoyishli tajribalarni o’zlashtirishning yuqori darajasiga erishilishi;
multimediali vositalar yuzasidan fizikadan namoyishli tajribalarni bajarishga oid virtual stendlar tashkil qilish imkoniyatining yaratilishi;
virtual stendlar asosida fizikadan namoyishli tajribalarni bajarishga sharoitning tug’dirilishi;
kompyuterda fizikadan namoyishli tajribalarni ommaviy, guruh, individual holda bajarish imkoniyatining mavjudligi;
fizikadan namoyishli tajribalarni bajarish jarayonida o’quvchilarning individual (yakkali) tartibda nazariy bilimi, amaliy ko’nikma va malakalarini nazorat qilish imkoniyati mavjudligi;
axborot texnologiyalaridan foydalanib, fizikadan namoyishli tajribalar bajarishda qo’llanilayotgan didaktik talabalarning mazmun va sifat jihatdan o’zgarib borishligi.
Ma’lumki, fizikadan har bir namoyishli tajribaning bajarilishi uni tashkil etish usul va uslublariga bevosita bog’liq. Fizikadan namoyishli tajribalarni bajarish mazmuni va sifati o’quvchilarning nazariy bilimi, amaliy ko’nikma va malakalariga, qolaversa, didaktik vazifalariga ko’ra quyidagi metodlar asosida tashkil qilinadi:
Fizikadan namoyishli tajribalarni mustaqil bajarish.
Fizikadan namoyishli tajribalarni bajarishda nazorat va o’z-o’zini nazorat qilish metodlardan foydalanish.
O’qituvchining yuqorida keltirilgan metodlardan qaysi hollarda qanday namoyishli tajribalarni bajarish uchun qanday imkoniyatlarga ega bo’lish kerakligi hamda namoyishli tajribalarning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.[5]
Namoyishli tajribalarni bajarishda interfaol uslubdan foydalanib, zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalariga tayanib ish olib borish, uni o’qitish jarayoniga qo’llash zamon talabiga aylanib bormoqda.
Fizikadan namoyishli tajribalarni bajarishda interfaol metoddan foydalanish quyidagilarga imkon beradi:
o’quvchilarning fizikadan namoyishli tajribalarni bajarishlarida uchraydigan tushunchalarni bilishlari va ularning bir-biriga o’zaro qanday uzviy bog’liqliklarini aniqlashga;
o’quvchilarning fizikadan namoyishli tajribalarni mustaqil bajarishlariga erishishiga;
o’quvchilarning fizikadan namoyishli tajribalarni bajarishlarida faolliklari va ijodkorliklarining o’sishiga;
o’quvchilarning fizikadan namoyishli tajribalarni bajarishlarida qo’shimcha adabiyotlardan mustaqil holda foydalanishlariga hamda ularning nazariy bilimi, amaliy ko’nikma va malakalari kengayishiga;
o’quvchilarning fizikadan namoyishli tajribalarni mustaqil bajarishlarida nazorat bilimi, amaliy ko’nikma va malakalari darajalarini aniqlashga yordam berish.
Aqliy hujum metodini o’quvchilarning fizikadan namoyishli tajribalarni bajarib bo’lganlaridan keyin, ularni baholash bosqichida qo’llashlari maqsadga muvofiq.
Muammoli vaziyatni yaratish metodi fizikadan namoyishli tajribalarni bajarish jarayonida qo’llaniladi.
Masalan, gidroaerodinamikada «Suyuqlik va gazlar harakati»ga oid namoyishli tajribani bajarishda o’qituvchi o’quvchilarga shunday savol bilan murojaat etadi. Agar vodoprovod jo’mragi teshigining bir qsimini barmoq bilan to’ssak, teshikning to’silmay qolgan qismidan suv avvalgisiga qaraganda katta tezlik bilan otilib tusha boshlashiga sabab nima?
Fizikadan namoyishli tajribalarni bajarish jarayonida muammoli vaziyatlar yaratish quyidagi didaktik maqsadlarni amalga oshiradi:
O’quvchi diqqatini namoyishli tajribani bajarishga jalb qilish, undagi bilish, bajarish havasi va faoliyatinining boshqa qirralarini uyg’otish.
O’quvchi oldiga namoyishli tajribani bajarish jarayonida uni bilishga oid qiyinchilikni shunday qo’yish kerakki, bu qiyinchilikni yengish uning mustaqil fikrlash faoliyatini faollashtirishga yordam bersin.
O’quvchi oldida namoyishli tajribani bajarishda paydo bo’lgan bilishga oid talab bilan bu talabni mavjud nazariy bilim zaxirasi, amaliy ko’nikma va malakalari vositasida qondirish imkoni yo’qligi o’rtasidagi ziddiyatni bartaraf qilish.
Namoyishli tajribani bajarishni bilishga oid savolda asosiy muammoni aniqlashga yordam berish, vujudga kelgan qiyinchilikdan qutulish yo’llarini izlab topish rejasini belgilash, o’quvchini faol izlanuvchan faoliyatga undash;
Namoyishli tajribalarni bajarishda ilgari o’zlashtirilgan nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar chegarasini aniqlashda o’quvchiga yordam berish, qiyin vaziyatdan chiqib ketishning eng qulay yo’lini izlab topishni ko’rsata bilish.
Muxtasar qilib aytganda, fizikadan namoyishli tajribalarni bajarishda zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish, birinchidan, fizika ta’limi mazmunini va sifatini oshirsa, ikkinchidan, kompyuter va axborot texnologiyalarini o’qituvchi o’quvchilarning kundalik ish quroliga aylantiradi. Bu o’z navbatida kompyuter va axborot texnologiyalarini ta’lim tizimida keng ko’lamda qo’llash hamda ulardan foydalanishning dolzarb masala ekanligini taqazo etadi.
Misol tariqasida tаshqi fоtоeffеkt qоnunlаrini o’rganish tajribasini “Физикон” kompaniyasining 1999 -yilda yaratilgan “Физика в картинках”virtuаl kоmpyutеr dаsturi аsоsidа o’rgаnishni qaraymiz.