Mavzu: sifatni baholanishining shakllari va mahsulotning sifat nazorati



Download 1,37 Mb.
bet1/6
Sana14.06.2022
Hajmi1,37 Mb.
#671829
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
11-maruza

MAVZU: SIFATNI BAHOLANISHINING SHAKLLARI VA MAHSULOTNING SIFAT NAZORATI


REJA:
1. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifat ko‘rsatkichlari;
2. Tayyorlash konditsiyalari;
3. Mahsulot sifati va sifatni boshqarish tushunchasi;
2. Sifatni boshqarish funksiyalari.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifati iste’mol xususiyatlari yig‘indisi bo‘lib, xalq xo‘jaligi va aholining muayyan ehtiyojlarini qondirishi orqali belgilanadi. Mahsulot sifati uning bir qator xossalarining majmui hisoblanadi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifati tabiiy xarakterga ega bo‘lgan ob’ektiv omillar ta’sirida shakllanadi. Shu sababli mamlakatimizning turli mintaqalarida yetishtirilgan mahsulotning sifatini tabaqalashtirib baholash maqsadga muvofiq. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining ayrim xossalari uning sifatini oshirsa, ayrimlari esa aksincha salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, meva tarkibida uglevod miqdorining oshishi ijobiy baholansa, uning pestitsid va nitrat tuzlarini to‘plash xossasi salbiy hisoblanadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotining sifatini belgilashda uning iste’mol qimmatini belgilaydigan turli tabiiy xossalari hisobga olinadi.
Masalan, ildizmevalarning sifatiga baho berilganda uning tashqi ko‘rinishi (o‘lchamlari, rangi, shakli, ta’mi, tuqimalarining ko‘rinishi kabi bir qator ko‘rsatkichlar), texnik qiymati (tashishga va qayta ishlashga moyilligi, zararlanishga chidamliligi va boshqalar) va iste’mol qiymati (oziq-ovqat, energetik va biologik) e’tiborga olinadi. Sifatli yetishtirilgan mahsulotni tashish, saqlash va qayta ishlash mobaynida dastlabki xossalarini yuqotib sifatsiz mahsulotga aylanishi mumkin. Yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlari mahsulot yetishtirilgan sharoitga, saqlash va boshqa o‘tkaziladigan qo‘shimcha tadbirlarga qarab turlicha bo‘ladi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifat ko‘rsatkichlariga qarab asosan
3 guruhga bo‘linadi:
1. Sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha foydalanishi lozim bo‘lgan soha talabiga to‘liq javob beradigan mahsulotlar.
2. Sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha foydalanishi lozim bo‘lgan soha talabiga to‘liq javob bermaydigan, ammo boshqa sohada foydalanish mumkin bo‘lgan mahsulotlar.
3. Foydalanishga yaroqsiz bo‘lgan mahsulotlar.
Ayrim paytda mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari turli omillar ta’sirida o‘zgarsa (qizish, chirish) hatto zaharli bo‘lib hisoblanadi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jalik mahsulotlarining sifat ko‘rsatkichlarini tug‘ri baholash uchun standartlash sistemasi qabul qilingan.
Oxirgi masala juda zarur bo‘lib, ba’zi mahsulotlarni saqlashdagi xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarishdagi qiymatidan ham ortib ketadi. Xarajatlarni kamaytirish urug‘lik, ozuqa-yem va boshqa mahsulotlarning tan narxini pasaytirishga hamda uni sotib foyda olishga olib keladi. Xo‘jaliklar tarkibidagi texnika bazasini korxonalarning rivojlanish yo‘nalishiga, u joylashgan yerning ob-havo sharoitiga qarab qurish, jihozlari va texnik hamda iqtisodiy tomondan unumli foydalanish zarur.
Ma’lumki qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan xar bir xom ashyoning sifati qator omillarga bog‘liq. Don va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarining oziq-ovkat va texnologik qiymati to‘g‘ridan-to‘g‘ri nav, agrotexnik tadbir, ob-havo, yetishtirish sharoiti, hosilni yig‘ib olish usuli va muddati, hosil yig‘ib olingandan keyingi tayyorlashda, tashish va saqlashga uzviy bog‘liqdir. Mahsulotlarni unumli saqlash nafaqat mavjud texnik bazasi, ombor, turli mashina va uskunalardan foydalanishga, saqlanajak mahsulotlarning chidamliligiga ham chambarchas bog‘liqdir.
Qishloq xo‘jaligida konditsiyalar sistemasi. Bir turdagi qishloq xo‘jalik mahsulotlari irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlariga bog‘langan holda bir-biridan keskin farq qiladi. Mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlari tashqi muhit ta’sirida o‘zgaradi.
Bu esa ularni bir korxonadan ikkinchi Qishloq xo‘jaligida 4 ta konditsiya qo‘llaniladi:
— tayyorlash, — urug‘lik,
— sanoat va —eksport konditsiyalar.
Davlatga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotishda mahsulotlarni sifat me’yorlari tayyorlash konditsiyasida beriladi. Tayyorlash konditsiyasi bazis va chegaralangan konditsiyalarga ajratiladi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish