“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №1, февраль, 2021 йил. ISSN: 2181-1016
zarar etkazilishida ham namoyon boʻladi. Ta’kidlash joizki, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bilan birga kiberxavfsizlik
tahdidlari ortib bormoqda va kiberxavfsizlikni ta’minlash global miqyosda asosiy
muammolardan biri sifatida tan olingan.
Аdabiyotlar sharhi
Jahon amaliyotida axborotlardan iqtisodiy resurs sifatida foydalanilayotgan
XXI-asrda iqtisodiy axborotlarni himoya qilish masalasi
har doimgidek asosiy
global muammolardan biri sifatida tan olingan va uzluksiz davom etadigan jarayon
hisoblanadi. Axborotlarga ishlov berishning asosiy vositasi boʻlgan mavjud
axborot va kompyuter tizimlaridan keng foydalanish tajribasi shuni koʻrsatadiki,
axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi toʻliq yechimini topmagan, turli ishlab
chiqaruvchilar tomonidan taqdim etilayotgan himoya vositalari tizimi esa
yechayotgan masalalari va qoʻllanilgan usullari boʻyicha, shuningdek, erishgan
natijalari bilan ham bir-biridan katta farq qiladi. Bu jahon iqtisodiyotidagi axborot
xavfsizligi muammosi dolzarbligicha qolayotganligini aniqlab beradi. Bu
yoʻnalishning iqtisodiy xavfsizlik sifatida yangiligi jahon iqtisodiyoti bilan bogʻliq
axborot xavfsizligini baholashning metodologik
jihatlarini tadqiq etish va
oʻrganish bilan bogʻliq bir qator muammolarni keltirib chiqaradi [8].
Shuning uchun, axborot xavfsizligi masalalarida davlat, alohida tashkilot
kabi darajalarda tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi. Hozirgi
kunda kiberhujum yoki jinoyatlar global xususiyatga egaligi bilan ham alohida
muammolarni keltirib chiqarmoqda: 2017 yilning may oyida 150
dan ortiq
mamlakatdagi kompyuterlar WannaCry virusi bilan zararlandi, natijada Buyuk
Britaniyaning Milliy sogʻliqni saqlash xizmati (NHS), Ispaniyaning Telefonica
telekommunikatsiya kompaniyasi, Germaniyaning eng
yirik Deutsche Bahn temir
yoʻl operatori, Amerikaning FedEx logistika kompaniyasi va dunyodagi koʻplab
boshqa tashkilotlar faoliyatini izdan chiqardi [5]; Nissan Motor va Renault
avtomobil konsernlari bir nechta ishlab chiqarish maydonlarida ishlab chiqarishni
vaqtincha toʻxtatib qoʻydi [6].
Iqtisodiyotning turli sub’ektlari oʻrtasida raqamli oʻzaro oʻta bogʻliqlik
sharoitida xavfsiz axborot muhitini yaratish barqaror raqamli iqtisodiyotni
shakllantirishning ajralmas elementiga aylanadi [4].
Axborot xavfsizligi nuqtai
nazaridan koʻplab raqamli texnologiyalar orasida katta ma’lumotlar, buyumlar
interneti va sun’iy intellekt texnologiyalari boshqarilishi murakkab boʻlgan
yoʻnalishlar hisoblanadi. Hozirgi kunda Amazon, Apple va Google kabi
kompaniyalar sun’iy intellektdan foydalangan holda raqamli platformalarni
shakllantirdi, Facebook ijtimoiy tarmogʻi xabarlar
orqali foydalanuvchilarning
xatti-harakatlaridagi munosabatlarni tanib olish mumkin boʻlgan DeepTex
texnologiyasini ishga tushirdi [2,9]. Bu raqamli texnologiyalarning potentsial
ustunligi, albatta, katta ahamiyatga ega, biroq, ularning joriy etilishi aholining
shaxsiy
ma’lumotlari
xavfsizligiga
tahdidlarni
keltirib
chiqaradi
va
ma’lumotlarning ozgina boʻlsa ham chiqib ketishi
innovatsiyalarga va umuman
iqtisodiyotga boʻlgan ishonchni tushirib yuboradi [10].