ISLOM BANK ISHI Bajardi: Isroilov Umar Ali Islom iqtisodiyotining maqsadi: Insonning nafaqat moddiy,balki ruhiy,ma’naviy va ijtimoiy ehtiyojlarini ham inobatga oladi. Puldan (havodan pul qilmaslik) insonga,tabiatiga,jamiyatiga zarar yetkazmaslik. Islomiy banklar ,,Islom iqtisodiyoti’’ tushunchasi o’tgan asrning 50-yillarida hind iqtisodchisi Abul A’lo Mavdudiy tomonidan muomalaga kiritilgan. Islom banklarining rivojlanish bosqichlari: 1.XX asrning 50-yillaridan 80-yillarning o’rtalarigacha uyg’onish,asosiy nuqtai-nazarlarni shakllantirish va qayta yuzaga chiqish davri 2.80-yillarning o’rtalaridan 90-yillarning oxirigacha- shakllanish va tetapoya davri 3.90-yillaridan to hozirgi kungacha-o’zgarishlar va yangi g’oyalar (innovatsiyalar)davri 4.Hali boshlanmagan,lekin vaqti yetib kelgan rivojlanish boshqichi IMning asosiy xususiyatlari Shariat qoidalariga rioya qilish IMdagi barcha amaliyotlar shariat standartlari,me’yor va qoidalariga muvofiq bo’lishi kerak. Taqiqlangan sanoat va faoliyat turlarini moliyashtirish Zararli (Masalan,insonlar,atrof-muhit uchun) va islom ma’naviyatiga zid moliyalashtirish taqiqlangan. Zakot-islomda yillik majburiy soliq bo’lib,u islom moliya muassasalari o’z egalari (hissadorlari,ta’sischilari) nomidan daromad keltiradigan mol-mulkdan to’lanadi (2,5%).Yig’ilgan mablag’lar (zakot) muhtojlar va yo’qsillarga yordam berish uchun sarflanadi. IMning asosiy xususiyatlari Bitimlarda jiddiy mavhumlik (g’arar) va gardkamchilik,qimor unsurlari (maysir)ning yo’qligi IMdagi barcha bitimlar haddan ortiq mavhumlik,hiyla va qimor unsurlaridan holi bo’lishi kerak.Ularning bitimlarlarda mavjudligi kelishmovchiliklarda,mojarolarga va adovatga olib boradi. Qimor-boshqalarning hisobidan nohaq boyib ketishga olib boradi,shu sababli gardkamchilik asosidagi (nol natijali) o’yinlar taqiqlangandir. Taqiqlar: Ribo ,,Riboni yeydiganlar (qabrlaridan) faqat shayton urib,jinni bo’lgan kishidek dovdirab turarlar.Bunday bo’lish ularning,tijorat ham riboga o’xshash-da,deganlari uchundir.Va holbuki, Alloh tijoratni halol,riboni harom qilgan.Kimki Robbidan mav’iza kelganda to’xtasa,avval o’tgani o’ziga va uning ishi Allohning O’ziga havola.Kimki,yana (riboga)qaytsa,ana o’shalar do’zak egalaridir.Ular unda abadiy qolurlar. (Baqara surasi 275 oyat) Ribo,sudxo’rlik-qarz shartnomasida ko’rsatilgan har qanday qo’shimcha to’lov bo’lib,bunda qo’shimcha to’lov hech qanday asosga ega emas(ya’ni bunda qo’shimcha biror bir mehnat sarf qilish yoki biror xatarni zimmaga olish evaziga kelmagan) Taqdimotdan nimadir o’zingiz uchun olgan bo’lasangiz bu sizga faqat foyda,agar e’tiborsiz bo’lgan bo’lsangiz bu ham sizga faqat … .
Do'stlaringiz bilan baham: |