7.4. Alisher Navoiy davlat va jamoat arbobi
Hirot taxti Husayn Boyqaro tasarrufiga o’tgan dastlabki yillardan boshlab Xuroson davlatining muhrdori sifatida (1469-1470) shoh saroyida faoliyat ko’rsata boshladi. Muhrdorlik nihoyatda mas'uliyatli ish bo’Iib, bu lavozimga munosib ko’rilgan kishidan davlatning barcha hujjatlar-u moliyaviy sarf-u harajatlarini teran anglash, ularni diqqat bilan ko’zdan kechirib muhr bosish va rasmiylashtirish talab etilardi. Alisher Navoiy bu lavozimga har jihatdan munosib mas'ul shaxs hisoblanardi. U Husayn Boyqaro saltanatini mustahkamlash ilinjida nechog’lik katta kuch sarflasa, uning badiiy ijod bobidagi sa'y-harakatlari ham kam emas edi. Shoir she'riyati ixlosmandlari tomonidan 1465-1466 yillarda fanda «Ilk devon» nomi bilan ataluvchi she'rlar to’plamining Mashhadda tartib berilishi va Sulton Ali Mashhadiy tomonidan kitobat qilinishi Alisher Navoiyning el orasida ijodi hamda yuksak insoniy fazilatlari bilan allaqachon tanilganidan dalolat berardi. Bulardan tashqari, ulug’ shoir Sulton Husayn Boyqaroning Xuroson mamlakatini idora etishida eng yaqin ko’makdosh va fidoyi xayrixohi sifatida jonbozliklar ko’rsatardi. o’z navbatida Sulton Husayn Boyqaro ham mamlakatda osoyishtalik o’rnatishda Alisher Navoiyning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-axloqiy imkoniyatlaridan g’oyat unumli istifoda etardi.
Xuroson davlatida siyosiy barqarorlikni ta'minlash mamlakat hukmdori va uning tarafdorlari uchun nihoyatda og’ir kechdi. Ayniqsa, Husayn Boyqaro hukmronligining dastlabki yillarida Hirot taxti doimo tahlikalar qurshovida edi. Alisher Navoiy zamondoshlarining adabiy-tarixiy asarlarida bayon qilinishicha, Mirzo Jahonshoh Turkman Xuroson hukmdori Abusaid Mirzo bilan sulh tuzib Ozarboyjonga qaytadi. Shu paytlarda Abusaid Mirzoning o’g’li Muhammad Yodgor Mirzo
ammasi Poyanda Sulton begimning taklifi bilan Mirzo Jahonshoh mulozamatini ixtiyor etadi. Jahonshoh Turkman vafotidan so’ng, Abunasr Hasanbek Yodgor Muhammad Mirzoni qo’llab-quwatlab turadi. Xurosonning ba'zi amirlari ham ko’p lashkar bilan shahzodaga qo’shilib, uni otasining taxtini egallashga daVat etadilar. Shunday qilib, Yodgor Muhammad Mirzo Husayn Boyqaroning ashaddiy tahlikali dushmaniga aylanadi.
1469 yilning 11-sentyabrida Yodgor Muhammadning ayovsiz qarshiliklarini bartaraf etish uchun Husayn Boyqaro yana jangga otlanadi. U Hirotdan katta qo’shin bilan chiqib muqaddas Maslihad tomon yo'1 oladi. Bu yerda Imom Muso ar-Rizo qabrini ziyorat qilib, Mashhadni asosiy qarorgohiga aylantiradi. Yodgor Muhammadning bu paytda Isfaroin viloyatida ekanligi haqida ma'lumotlar mavjud edi. Husayn Boyqaroning ko’pgina amirlari podshoh o’rdusiga kelib unga qo’shiladilar. Anashundaysiyosiybir vaziyatda shahzoda Yodgor Mirzosipohlarining Ozarboyjon tomonga ketganligi haqida xabar keladi. U Hasanbek turkmandan katta yordam olib, Xurosonni qo’lga kiritish payiga tushadi. Husayn Boyqaro Mirzo ham fursatni boy bermay, mudofaa choralarini ko’rib Mashhaddan Hirotga yo'1 olganda, dushman qo’shinlarining yaqinlashib qolgani ma'lum qilinadi. Shunda Xuroson hukmdori vujudga kelgan siyosiy vaziyatni to’g’ri baholab, butun qo’shinini dushmanga qarshi jangga yo’naltiradi. Biroq Husayn Boyqaro ikkilana boshlaydi. Munaijimlarni chaqirib hujumni qachon boshlash ma'qul ekanligini aniqlarnoqchi bo’ladi. Qo’shin safida bo’lgan Alisher Navoiy esa paytning muvofiq bo’lish-bo’lmasligidan qafiy nazar hujumni kechiktirish mumkin emasligini shohga maslahat beradi. Shunday qilib, Chinoron mavzeida ikki tomon qo’shinlari to’qnashadilar. Husayn Boyqaro Yodgor Muhammad va unga ko’makdosh bo’Igan turkman qo’shinlarini mag’lub etadi. Ushbu ulug’ g’alaba uchun Tangri taologa shukrona aytgan Husayn Boyqaro qo’lga kirgan Astrobodga amir Shayx Hasan Temurni hokim qilib tayinlaydi.
Husayn Boyqaro Jojirmni egallagandan so’ng, Hasanbek turkmandan katta madad olgan Yodgor Mirzo Astrobodni yana ishg’ol qilganligi xabar qilinadi. Viloyat hokimligi vazifasini bajarayotgan Shayx Hasan Temur shahzoda Yodgor Mirzoning etagini tutganligi ma'lum bo’ladi. Husayn Boyqaro Jojirmdan ko’chib, bir necha masofani bosib o’tib, Mashhadga keladi. Shohga sadoqati yolg’on tarafdorlari birin-
ketin dushman tomonga o’ta boshlaydi. Bunday nochor vaziyatda Sultc Husayn amirlariga ishonmay qoladi. Puli xotin degan manzilga yetgand Hirotda ham shahar amaldorlarining adolatsizligiga qarshi xalqning isyc ko’taiganligi ma'lum bo’lib qoladi. Xoja Abdulla Ahzab Xoja Qutbiddi Tovus Simnoniy xususidagi ba'zi maxfiy ma'Iumotlarni podshoh^ yetkazadi. Xoja Tovus taftish qilinib, hibsga olinadi va Xoja Abdulla devoi oliyga boshliq etib tayinlanadi. Husayn Boyqaro Hirotdan uzoqlashisl bilan Xoja Abdulla bilan Xoja Nizomiddin Baxtiyor Simnoniy til biriktiri xalqqa zulm o’tkaza boshlaydilar. Natijada Hirotda xalq isyon ko’tard Isyonchilar Xoja Abdullani Shohruh Mirzoning dorul-adolat atalga xonasida o’tirgan vaqtida hujum qilib, uni toshbo’ron qiladilar. Xoj Abdulla ming hiyla bilan xalq g’azabidan zo’rg’a qutiladi. Bu xabar Pu xotinga, podshohga yetkaziladi. Mulozimlardan biri Hirotga borib Xoj, Abdullani sulton o’rdusiga olib keladi. Shundan so’ng Husayn Boyqan Alisher Navoiyga katta vakolatlar berib, uni Hirotga yuboradi. Ulug shoir poytaxtga kelib, podshoh farmonini xalqqa yetkazadi, imkon boricha mazlurnlar va sitam ko’rganlarni o’z tarafiga og’dirish hamd; adolatni tiklash niyatida zulm-u adovat ko’rsatganlarni jazolaydi. Xoji Nizomiddin Baxtiyor ishdan bo’shatiladi va hibsga olinadi. Xoja Qutbiddtr Tovus esa qaytadan devoni oliyga boshliq qilib tayinlanadi.
1470 yilda Husayn Boyqaro Abusaid Mirzoning qarindoshlarin] tinchlantirish uchun bo’lsa kerak, uning qizi Shahribonubegimga, keyinchalik Poyanda Sultonbegimga uylanadi. Sulton Husayn Boyqarc Narra tog’ qal'asi sari ketgan chog’ida, Yodgor Muhammad Mirzc Tus viloyatida edi. Uning ammasi Poyanda Sultonbegim esa paytdan foydalanib, Hirot qaFasi atrofidagi manzilidan shaharga kiradi va shaharni o’zining qarindoshi Yodgor Muhammad Mirzo uchun zabt etadi. Shu yilning mart oyida awal amir Hasanbekning nomi, keyin Yodgor Muhanunadning nomi xutbaga qo’shib o’qiladi. Shu tariqa poytaxt yana Husayn Boyqarodan tortib olinadi.
Hirot taxtini qayta egallash orzusi Husayn Boyqaroga tinchlik bermas edi. Hukmdorning bu tilagini amalga oshirish uchun yaqin do’sti va maslakdoshi Alisher Navoiy bilan juda teran o’ylangan bir tadbir tuzganliklari xususida iyosiddin Xondamirning «Makorim ul-axloq» asarida quyidagicha hikoya qilinadi: «Mirzo Yodgor Muhammad Hirot taxtini bosib olgan paytda Sultoni Sohibqiron zamon taqozosiga ko’ra Maymana va Faryob tomoniga yo'l oladi. U bk kuni shu viloyatda tadbirli
va yo'1 ko’rsatuvchi amir (Navoiy)ni yashirin bir joyga chaqirib, maslahat yo’Ii bilan unga shunday deydi:
—Eshitilishiga ko*ra, turkmanlar Hirot poytaxtida zulm va taaddi bayrog’ini tikkanlar. Mirzo Yodgor Muhammad esa farog’at va g’aflatda kayf-u safo chirog’ini yoqmoqda ekan. Shuning uchun o’ylaymanki, agar siz muvofiq ko’rsangiz, u tomonga qo’shin yuborsak, shoyad ish ilgari bosib, yaratuvchi tangrining omonati bo’lgan fuqarolar zulm va alam changalidan qutilsalar.
Oliy hazrat (Navoiy) bu fikrni ma'qul topib, uni mumkin qadar yashirin tutishni o’tindi va ilhom beruvchi til bilan: «Agar bu so*z menga ham aytilmasa, yaxshiroq bo’Iur edi»,-dedi.
Sulton Sohibqiron so*radi:
— Bu haqda shu qadar mubolag’a va ta'kid qilishning sababi nima? Oliyjanob amir shunday javob berdi:
— Bu so’zlarni yashirin tutish g’oyatda zarurdir. Chunki har kuni bizning bir to’da kishilarimiz Yodgor Muhammad Mirzo tomonga qochib o’tmoqdalar, ular bu xabarni yetkazishdan ko’ra qimmatroq sovg’a topolmaydurlar. Aqldan uzoq emaski, bizning fikrimizni sezib qolsa, Yodgor bundan ehtiyot bilan ish ko’rar, balki bu tomonga qo’shin yuborib qolar» (Xondamir. o’sha asar. 35-36- betlar).
1470 yilning 23 iyulida tunda Alisher Navoiyning taklifi bilan Husayn Boyqaro qo’shini Yodgor Mirzo ustiga yurish boshlaydi va g’alaba qozonadi. Shahzoda qatl etilib, ulug* shoirning do’sti yana taxtga o’tiradi. Shu bilan Xurosonda siyosiy jihatdan ancha barqarorlashgan vaziyat vujudga keladi. Shuni qayd etish lozimki, Husayn Boyqaro tasarrufidagi mamlakatda ichki nizolar hukmron saltanatning keyingi davrlariga qadar davom etib turgan bo’lsa-da, ularning Xuroson davlati uchun xatari va zarari u qadar katta bo’lgan emas. Biroq Xuroson hukmdorining o*z o’g’illari: Badiuzzamon Mirzo, Abulmuhsin Mirzo, Kepak Mirzolar bilan taxt talashib bir necha bor jang-u jadallar olib borganligi yurt osoyishtaligiga vaqti-vaqti bilan rahna solganligidan dalolat beradi. Husayn Bayqaro ana shunday ixtiloflarni bartaraf etishda Alisher Navoiyga tayanar edi. Ulug* shoir esa xalq tinchligi, mamlakat osoyishtaligi uchun kurashish o’zining asosiy insoniy burchi ekanligini nechog’lik his etmasin, adib sifatida Um va ijod bilan ko’proq mashg’ul bo’lishni istardi. Shu bois u muhrdorlik lavozimidan iste'fo berib, bu ishni Amir Shayxim Suhayliyga topshiradi. Biroq oradan ko'p vaqt o’tmay, hijriy 876 yil
sha'bon oyida (1472-yil, fevral) Alisher Navoiyning e'tirozlarig; qaramay, podshoh uni amir (vazir) qilib tayinlaydi va unga amii kabir (ulug’ amir) unvonini beradi. Shuningdek, shoir amir ul muqarrab (podshohga eng yaqin amir) unvoniga ham loyiq topilgan Mamlakat hukmdori rasmiy jihatdan ham Alisher Navoiyning siyosi) nufiozi yuksak ekaniigiga ishora qiluvchi fannon qabul qiladi. Unga ko’ra. beklar ichida amir Muzaffar Bariosgina Navoiydan yuqoriga muhi bosishi mumkin edi. Bu, albatta, Nizomulmulk va Majididdin parvonachi singari amaldorlar qalbida Alisher Navoiyga nisbatan hasad o’tining alangalanishiga sabab bo’ladi. Buni teran anglagan ulug’ shoir o’z shaxsining ulug’ligini sharqona tavoze' bilan namoyon qiladi. iyosiddin Xondamirning «Makorim ul-axloq» asarida ma'lumot berilishicha, Alisher Navoiy birinchi keltirilgan farmonga kamtarlik yuzasidan shunday joyga muhr bosadiki, boshqalarning undan quyiga muhr bosishining imkoni bo’lmaydi. Navoiyning vazirlik lavozimini qabul qilishini, ayniqsa, ilm va ijod ahli zo’r mamnuniyat bilan kutib oladi hamda shoirni ulug’lovchi she'rlar, u muhr bosgan kunga atab ta'rixlar bitishgan.
Alisher Navoiyning vazir (1472-1476) va yirik jamoat arbobi sifatida olib borgan faoliyatining asosiy jabhalarini uchga tasriif etish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |