Zi mansab ro’y dar bemansabi neh, Ki az har mansab bemansafoi beh. Mazmuni: Mansabdan mansabsizlikka yuz tut, Chunki har qanday mansabdant mansabsizlik yaxshi. degan naqlning raazmunini xotirdan o’tkazib, amirlik mansabidan ifte'fo berdi. Sulton Sohibqiron ham ul hazratning ko*ngil istagini muborak ko’ngli orzusidan yuqori qo’yganlikdan, bu xususda unga hamfikrbo'ldi». (Xondamir. Makorim ul-axloq, 64-65-betlar).
Alisher Navoiy rasman vazirlikdan isteTo bergan bo’lsa-da, Xurosonning eng nuftizli siyosiy aibobi sifatida faoliyatini davom ettirdi. Ulug’ shoir podshohning «begi emas edi, balki musohibi» (Bobur Mirzo) sifatida mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy voqealarga faol ishtirok etib, o’z mavqeini yanada oshira bordi. Alisher Navoiyning hajga borish orzusi ayrim sabablarga ko’ra qoldirilganligi bois, u Husayn Boyqarodan Hirot chekkasidagi Gozurgoh va unda joylashgan Abdulla Ansoriy (1006-1088) maqbarasi «jo'robkashligi» vazifasini o’z ixtiyoriga topshirishni so’raydi. Podshoh ulug’ shoirning ushbu taklifmi mamnuniyat bilan qabul qiladi va o’sha istakka muvofiq farmoni oliy ham beradi. Ulug’ shoirning sa'y-harakatlari bilan «Piri Hirot» (Abdulla Ansoriyning laqabi) maqbarasi Xuroson poytaxtining eng so’lim go’shalaridan biriga aylanadi.
Fors-tojik adabiyotining yirik namoyandasi Abdurahmon Jomiy bilan Alisher Navoiyning o’zaro munosabatlari yanada mustahkamlanadi.
Ulug* shoir naqshbandiya tariqatining Xurosondagi yirik arbobi Nuriddin Abdurahmon Jomiyni irshod yo’lini ko’rsatuvchi pir sifatida tanlaydi. pir-u muridlik munosabatlari tufayli bu ikki buyuk iste'dod sohibi orasidagi hamkorlik rishtalari yanada mustahkamlanadi va o’zining sermahsul ijodiy samaralarini bera boshlaydi. (Bu haqda mufassal ma'lumot uchun murojaat qilinsin: Vohidov R. Sharqning buyuk allomasi. Toshkent: «Fan», 1989). Hirotda bu ikki iste'dod sohibi sa'y-harakatlari bilan vujudga kelgan gayjum madaniy-adabiy muhit hamon ibrat maktabidir. XV asrning ikkinchi yarmida Hirot madaniy hayotida Shayxim Suhayliy, Atoulloh Mahmud Husayniy, Husayn Jaloyir (Tufayliy), Muhammad Solih, Ahliy, Ohiy, Osafiy, Hiloliy, Binoiy Hotifiy, Mir Husayn Muammoiy, Sayfi Buxoriy, Abdullohiy, Mulla Muhammad Badaxshiy, Yusuf Bediliy kabi ijod ahli muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, Mirxond va Xondamir kabi tarixchilar; Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali, Abdujamil kotib kabi usta xattotlar; Behzod, Shoh Muzaffar, Mahmud Muzahhib singari nomdor musawirlar; Xoja Yusuf Burxon, Mavlono Alishoh, XojaAbdulloh Marvariy, Shayxi Noyi, Qulmuhammad Udiy, Shohquli iijakiyday hofiz-u sozandalar ham davr ilmiy-ma'naviy saviyasini ko’tarishda munosib hissa qo’shdilar.
Hirotda vujudga kelgan bunday yirik madaniy-adabiy muhit Xuroson hukmdori Sulton Husayn Boyqaroni ham befarq qodirgani yo'q. Shunday mavjli adabiy hayotning boshida turib, gurkirab o’sishi uchun mo"tadil vaziyat yaratib bergan podshohning o’zi ham badiiy ijod bilan shug’ullanar, ilm va san'at ahlini doimo qo’llab-quwatlab turar edi. Aiisher Navoiy bunday jarayondan ham chetda tuigan emas. U 1472-1476-yillarda Sulton Husayn Boyqaroning amr va istagi bilan birinchi rasmiy she'rlar to’plami «Badoyi' ul-bidoya» («Badiiylikning ibtidosi») devonini tartib berdi. 1476-1483-yillarda ikkinchi devon «Navodir un-nihoya» («Nihoyasiz nodirliklan>) vujudga keldi.
1481-1482-yillarda Alisher Navoiy «Vaqfiya» asarini yozdi. Vaqf-biror xayrli ishning sarf-u xarajatini ta'min qilmoq uchun ajratilgan yer yoki mulk bo’lib, shoir mazkur asarida vaqf yerlardan tushadigan daromadlarini qafiy tartib asosida sarflanishiga e'tiborni qaratadi. Adib yashagan davrda madrasa-yu xonaqohlarning ta'minoti vaqflar hisobiga to’g’ri kelgan. Asar muallifi mana shunday inshootlarning baipo etilishiga rahnamo bo’lgan bunyodkor sifatida ularning ravnaq topishiga doir qarashlarini «Vaqfiya»da bayon etadi.
Alisher Navoiy XV asrning 70-yillarida yetuk shoir sifatida shakllangan, uning she'rlari Xuroson-u Movarounnahr sarhadlaridan o’tib, ko’plab muxlislar qalbiga yo'1 topishga ulgurgan edi. Shoirning badiiy iqtidori yirik epik asarlar ijod etishga qodir ediki, turkiy xalqlar orasida ana shunday noyob asarlaiga ehtiyoj nihoyatda baland edi. Sharq adabiyotida Nizomiy Ganjaviy «Panj ganj»i bilan xamsachilik maktabiga asos soldi. Undan keyin bu ijodiy yo’lni fors-tojik adabiyotining yirik vakili Amir Xusrav Dehlaviy muvaffaqiyatli davom ettirdi. XV asrning 70-80-yillarida adabiy musobaqa maydoniga Nuriddin Abdurahmon Jomiy kirdi va y yetti dostondan iborat «Haft avrang* («Y yetti osmon»)ni bunyod qildi. XV asrda yashab ijod etgan shoirlar orasida Mavlono Ashraf, Ali Ohiy, Mavlono Kotibiy, Mavlono Faseh Rumiy, Xoja Hasan Xizrshoh, Mavlono Abdullo singari qalam ahli Nizomiy «Panj ganj»i yoki uning ayrim dostonlaridan ta'sirlanib o’z asarlarini yaratgan bo’lsalar-da, ulardan aksariyati mukammal xamsa yaratish sharafiga muyassar bo’la olmadi yoki o’sha qalamkashlardan anchaginasi xamsa yaratishdek ulkan ijodiy maqsadni o’z oldida vazifa qilib qo’ygan emasdi. Aiisher Navoiy esa xamsa yozishdek mas'uliyatli ishni turkiyda amalga oshirish niyatida ekanligini Abdurahmon Jomiyga bildiradi va ustozi ulug’ shoirni shunday ulkan ishni tezroq amalga oshirishga da'vat etadi.
1483 yilda Alisher Navoiy xamsa yozishga kirishdi. Ellik ikki ming ikki yuz o’ttiz satrdan iborat besh dostondan tarkib topgan bu noyob ma'naviy xazinajuda qisqa muddatda, 1483-1484 yillarda yozib tugatidi. Ikki yildan sal ortiqroq davr ichida vujudga kelgan bu nodir adabiy durdonaning falsafiy, ilohiy-irfoniy, axloqiy-ta'limiy mohiyat kasb etuvchi ilk dostoni «Hayrat ul-abrop> 1483 yilda, shu yili boshlangan «Farhod va Shirin» dostoni 1484 yil boshida, «Layli va Majnun», «Sab'ai sayyor» dostonlari shu yilning o’rtalarida (jumod us-soniy (iyun)) yozila boshlangan, so’nggi «Saddi Iskandariy» dostoni 1484 yilning dekabrida yozib tugatilgan. Alisher Navoiy «Xamsa»dek yiiik asarni turkiy tilda ijod etish bilan band bo’lishiga qaramay, yirik siyosiy arbob sifatida Xurosonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga ham juda faol ishtirok etdi. Shoir «Saddi Iskandariy» dostonida ulug’ salafi Nizomiy Ganjaviy uzoq muddatda «Panj ganj»ini yozganligini e'tirof etarkan, uning ijtimoiy-siyosiy hayotdan uzilib badiiy ijod bilan band bo’lganligini yengil tanqid ham qiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |