Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov


Men ul menki to turk bcdodidur



Download 3,81 Mb.
bet73/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

Men ul menki to turk bcdodidur,
Bu tU birla to nazm bunyodidur.
Falak ko’rmadi men kibi nodire,
Nizomiy kibi nazm aro qodire.
Ne nazme der ersam meni dardnok
Ki, har harfi bo’Ig’ay aning durri pok. Yetar tengridin oncha quwat manga,
Ki, bo’lmas bitirig’a fursat manga.
Bu maydonda Firdavsiy ul gurd erur,
Ki, gar keisa Rustam javobin berur.
Raqam qildi farxunda «Shohnorna»e,
Ki, sindi javobida har xomae.
Musallamdurur zohiran bu ishi
Ki, ma'razga kelmaydumr har kishi.
Dedi o’z tOi birla ul koni ganj,
Ki: «Si sol burdam ba «Shohnoma» ranj.» Ani derg*a bo*Isa qachon rag’batim, Erur oncha haq lutfidin quwatim,-Ki, har necba nutq o’lsa kohilsaroy, Bitig’aymen o’ttiz yilin o’ttiz oy. Agar xossa ma'no gar iyhom erur, Aning kunda yuz bayti halvom emr
(MAT. 3. 529-530-b.)
Takrorlanmas iste'dod sohibi bo’lgan Alisher Navoiy «Masnaviy»da o’zi istiqomat qilayotgan mamlakatda ijod qilish uchun imkoniyat yo’qligini, ijodidan bahra olish o’rniga umri ranj-u dard bilan o’tayotganligini achinish bilan yozadi. Mamlakatda zulm hukmronlik qiladi. Vafo o’rnini nifoq, saxovat o’rnini baxillik egallagan. Yurt «vahshat obod zisht>- dahshatli vahshiy yurtga aylanib, jannat o’rnini do’zax egallagan. Abusaid Mirzo bilan Samarqanddan Hirotga kelgan beklar va amirlar xalqqa zulm ustiga zulm qiladilar. Alisher Navoiyga rahnamolik qiladigan biror kishi yo*q. Unga biror yerdan maosh tayinlanmagan, ko’ngli orom olguvchi biror hujrasi ham, ketishga azm etsa, yo’Idoshi ham yo’q. U qanchalik moddiy qiyinchiliklar bilan yuzma-yuz keknasin, hirnmati baland ulug’ zot edi. Xondamirning «Makorim ul-axloq» asaridan o’rin olgan quyidagi hikoyat Alisher Navoiyning ana shunday yuksak insoniy fazilati haqida ma'lumot berishi bilan ahamiyatlidir:
«... Abusaid zamonida juma kuni, Hirot shahri ichidagi masjidi jome'da juma namozini ado qilgandan keyin, xiyobonda sayr qilish uchun o’sha tomonga jo’nadim. «Mufarrih» ko’chasiga yaqinlashganimda, bosh yalang va oyoq yalang holda o’tirgan bir gadoyni ko*rdim. U aytur edi:
-Ayoimand bir kishiman, bir necha och-yalong’och bolalarirn bor, ertadan buyon o’tirib tilanaman, hozii^acha hech kim bir pul bergani yo(q.
Ul hazrat (Navoiy) aytdilarki, o’sha vaqtda yonimda bir tanga bor edi, undan boshqa dunyo molidan hech narsam yo'q edi, o’z-o’zimga shunday dedim: Mayda va yirik narsalarimni Yaratuvchiga tavakkal qilib, bu tangani shu darveshga bersang, toki, bola-chaqalarining, bugungi ovqatini to’g’rilasa, sening esa ertalik rizqingni xudoning o’zi yetkazar. o’sha zahotiyoq tangani unga berib, o’tib ketdim. Namozshomgacha xiyobonda sayr qilib yurib qaytgach, ko’rdimki, haligi darvesh o’sha

joyda o’tirib, ilgarigi so’zlarini aytib tilanardi. Uning haddan tashqari yolg’onchiligi va tilanchilikdagi o’ta harisligidan taajjublandim. Ammo bu ishdan xabardor bo’lganligimni unga bildirmadim... (Xondamir, Makorim ul-axloq, 99-100-betlar).


Zamon va uning johil hukmdorlaridan norozilik kayfiyatini aks ettiruvchi bunday voqealar «Makorim ul-axloq» asarida yana uchraydi. Ulardan birida hikoya qilinishicha, Pahlavon Muhammadning tanishlaridan Yusuf nomli bir shaxs Abusaid Mirzo mulozimlaridan shikoyat qilib, uning huzuriga kirmoqchi ekanligini aytadi. Shunda Alisher Navoiy unga quyidagi baytni o’qiydi: Gadoy ki non az dari shoh just, Biboyad zi obi xudash dast shust.
Mazmuni: Podsho eshigidan non izlagan tilanchi, o’z suvi bilan qo’lini yuvib qo’ltig’iga urmog’i kerak (Xondamir. Makorim ul-axloq. 108-109-betlar).
Ulug’ shoiming nafrat ruhi aksini topgan ayni yo’nalishdagi baytlari Abusaid Mirzo qulog’iga yetib turgan. Boz ustlga, Xuroson davlatining ashaddiy daVogari sifatida uning turli viloyatlariga hujumlar uyushtirib turgan Sulton Husayn Boyqaro Mirzo Alisher Navoiyning ko’kaldosh hamda maktabdosh do’sti edi. Zikri o’tgan ayrim lavhalar shoh va shoir o’rtasidagi munosabatni (ulug’ shoirning «ixroj»i sabablari haqida murojaat qiiinsin: Abdullayev V. Navoiy Samarqandda. Tanlangan asarlar. Ikki jildlik, l-jild, Toshkent: «Fan», 2002, 3-108-betlar) yanada keskinlashtirgan va Alisher Navoiyni Hirotdan uzoqroqda, nazorat ostida saqlash lozim ko’rilgan.
Alisher Navoiy ana shunday ahvolda, hayotdan juda ko'p ranj-u dard chekib Samarqandga keladi. Ijodkor va Darvesh Sayyid Hasan Ardasherga yozgan she'riy maktubida ulug’ shoir insonga ta'rif berarkan: «Ki haq sirrining bo’lg’ay ul mahrami»,-deya e'tirof etgandi. Asar muallifming ongiga kishi haqiqat sirlari bilan oshno bo’lishi kerak, insonning maqsadi dunyoni irfbn-tafakkur bilan tanishdir,- degan ezgu g’oyalar allaqachon singgib ulgurgan edi. Alisher Navoiy tanlagan bu yo’ldan uni hech qanday qiyinchilig-u to’siqlar qaytara olmas edi.
Samarqand XV asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning eng yirik madaniy markazlaridan biri bo’lib, bu maskanda, ayniqsa, Ulug’bek Mirzo hukmronligi (1409-1449) davrida ilm-fan, san'at, adabiyot ravnaq topdi. Ma'rifatparvar bu hukmdorning tashabbusi bilan
1424 yilda shahar chekasida yulduzlar harakatini tadqiq qilishga mo’ljailangan uch qavatli rasadxona barpo etiladi. Rasadxonada Qozizoda Rumiy, iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi kabi olimlar nujum ilmi bilan shug’ullanih 1018 ta yulduzning samodagi joylashish o’rnini aniqlashga muvaffaq bo’ldilar. Fanning shu sohasiga bag’ishlangan Ulug’bek Mirzoning «Ziji jadidi Ko'ragoniy» («Ko’ragoniyning yangi yulduzlar jadvali») nomli kitobi dunyo yuzini ko’rdi. Samarqand madrasalarida yetuk olimlar tolibi ilmlarga saboq berardi. Bu ezgu ishlarning barchasiga Sulton Ulug’bek Mirzo rahnamolik qilardi. Ilm-fan, adabiyot va san'at homiysi bo’Igan Movarounnahr hukmdorining fojiali o’ldirilishi (1449) Samarqanddagi ilmi nujum maktabining tarqalib ketishiga sabab boldi. Shunday bo’lishiga qaramay, Samarqandda juda uzoq yillar davomida shakliangan yuksak ilmiy-madaniy muhit XV asrning 70-yillariga qadar o’zining baland mavqeini saqlab qoldi. Shubhasizki, Samarqandda yashayotgan Alisher Navoiy ham ajdodlarning jahoniy mohiyat kasb etgan ulug’ ishlaridan bahramand bo’ldi.
Alisher Navoiy qalban talpinib orzu qilgan muhitni Samarqandda topdi. «Vafoiy» taxallusi bilan she'rlar yozgan, sohib devon shoir, Samarqand hukmdori Ahmad Hojibek asli Xurosonda tarbiyat topgan bo’lib, Ulug’bek Mirzoning madaniyat sohasidagi qutlug’ an'analarining davomchisi sanalardi. Olim va fozillarni qadrlab, ihn-fan ravnaqiga homiylik qilgan Ahmad Hojibek Xurosonda shoir sifatida tanilib, ko’pchilikning e'tiboriga tushgan Alisher Navoiyni o’z himoyasiga oldi. Bu davrda fiqh (islom huquqshimosligi)da dong taratgan, arabshunos olim Xoja Fazlulloh Abullaysiy madrasada mudarrislik qilardi. Alisher Navoiy Abullaysiy madrasasida tahsilni davom ettirdi. Bu uiug’ faqihdan fiqh ilmini o’iganib, uning xonaqohidagi hujralaridan birida yashadi. Alisher Navoiy hayotining Samarqand davri shoir umr daftarining g’oyatda mazmundor sahifalarini tashkil qiladi. U «Majolis un-nafois»da nomlarini ehtirom bilan tilga olgan «muammoda Samarqand ahli ani Mavlono Sharofiddin Yazdiy muqobalasiga mazkur» qiladigan Mavlono Uloyi Shosliiy, Ulug’bek Mirzo madrasasining mudarrisi Xoja Xurd, Ulug’bek Mirzo bilan xamsabaq va musohib bo’lgan Mavlono Muhammad Olim, har kuni besh yuz baytni osonlik bilan bituvchi «sari' ul-qalam kotib* Mavlono Soyimiy, musiqa ustasi Darvesh Ahmad Samarqandiy, talantli shoirlar Mirzabek, Mirzo Hoji So’g’diy, Sayid

bo’lgan, «Hoshiyai mutawal* asari muallifi Abulqosim bin Abubakr al-Laysiy (Bu haqda batafsil ma'lumot uchun qarang: Valixo’jayev B. Xoja Ahror tarixi. Toshkent: «Yozuvchi», 1994, 20-35-betlar) hamda tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy, Ulug’bek Mirzo bilan tahsil olgan keksa olim Muhammad Olim Samarqandiy, musiqachi Darvesh Ahmad Samarqandiylar bor edi. Bu kabi bir qancha ziyolilar keyinchalik Hirotda Alisher Navoiy homiyligidan bahramand bo’lib ilm va ijod bilan shug’ullandilar.


Alisher Navoiy 1469 yilga qadar Samarqandda yashadi. 1468 yilning oxirlarida Abusaid Mirzo arbiy Eronni qo’Iga kiritish uchun jang olib boradi. Biroq u kurashlarda muvaffaqiyatsizHkka uchrab o’ldiriladi. Ayni siyosiy voqealar Xurosonni o’z idorasi ostida ko’rishni orzu qilib yurgan Husayn Boyqaro Mirzo uchun qo'1 keladi. U 1469 yilning boshlarida Hirot taxtini egallaydi va maktabdosh do’stini eslaydi. «Vaqfiya»da xabar berilishicha, «davlat manshuri» bilan Movarounnahr hukmronlariga murojaat qilib, Alisher Navoiyni Hirotga yuborishlarini so’raydi. Ana o’sha rasmiy takliflarga ko’ra, shoir 1469 yilning aprelida Hirotga qaytadi.
Alisher Navoiyning Hirotdan Samarqandga «ixroj»i nechog’iikbahs-u munozalaiga sabab bo’lsa, Samarqanddan Hirotga qaytishi ham qarama-qarshi fikrlardan xoli emas. Hatto bunday gapni ayrim mumtoz manbalar malumoti haqida ham aytish joiz ko’rinadi. Ayni mavzuga doir fikr-u qarashlarni ikki katta guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga mansub muhaqqiqlar Hirot poytaxt Xuroson davlatining Sulton Husayn Boyqaro Mirzo qo’liga o’tganligini eshitgan Alisher Navoiy turkiydagi «Hiloliya» qasidasini yaratib Hirotga jo’nadi, degan mulohazaga moyiilik ko’rsatadtiar. Ikkinchi yo’nalishga daxldor olimlar bunday fikiga shubha bilan qaraydilan Bas shunday ekan, qaysi qarash haqiqatga yaqin va unga xayrixohlik qilish mumkin? Alisher Navoiyning zamon hukmdori Abusaid Mirzo hukmi bilan g’ayri ixtiyoriy ravishda Hirotdan chiqqanligi, Zahiriddin Bobur Mirzo iborasi bilan aytganda, bu «safar»ning «ixroj» ekanligi inobatga olinsa, ulug* shoir qanchalik Hirotga jo’nashni istamasin, u o’z xoxishi bilan Samarqanddan keta olmas edi. Chunki Abusaid Mirzo o’ldirilgan bo’lsa-da, Movarounnahr taxti hali uning o’g’illari Sulton Ahmad va Sulton Mahmud Mirzolar ixtiyorida edi. Bu masalada haq ulug’ shoirntng o’z hukmida: Sulton Husayn Boyqaro Mirzo «davlat manshuri» (davlat maqomidagi rasmiy xat) bilan Movarounnahr hukmdorlariga murojaat
qilishdan tashqari, yo'l xarji, ot-ulov va mulozimlar ham yuboradi. Hirot—Samarqand karvon yo’li (eng yaqini !) bir haftalik harakatni talab qilishi e'tiboiga olinsa, o’sha tadbirlarsiz Alisher Navoiy Hirotga bora olmas edi. Masalaning ham rasmiy-ma'naviy va ham moddiy jihatlaridan kelib chiqqan ulug’ shoiming kichik zamondoshi va tarjimoni Faxriy Hirotiy uning «Vaqfiya»dagi qaydlarini ta'kidlashga to’la haqli edi (Qarang: Vohidov R. «Latoifnoma» latofati. «O'zbekiston adabiyoti va san'ati», 1995 yil,3-fevral).

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish