7.1. Alisher Navoiy hayoti va ijodining o’rganilishi tarixi
"\Alisher Navoiy hayoti va ijodining o’rganilishi tarixi ulug’ shoir yasnagan davrdan boshlandi. XV asrda yaratilgan bir qancha mo’tabar manbalarda Navoiyning taqimai holiga doir muhim ma'lumotlar qayd etilganligi, uning ijodiga munosabat bildirilganligi kuzatiladi. Bunday xayrli ishni, navoiyshunoslikni Nuriddin Abdurahmon Jomiy boshlab berdi. Ayni xayrli sa'y-u harakat bugungi kunimizga qadar olti yuz yillik tarixiy taraqqiyot bosqichini o’tab kelmoqda. Ta'lcidlash joizki, bu boradagi jiddiy izlanishlar, ayniqsa, XX asrda (Bu haqda mufassal ma'lumot uchun murojaat qilingan: N.M.Mallayev. Asrlar e'tirofi va ta'zimi. «Fan»; Toshkent-1978). ancha sermahsul bo’Idi. Tadqiqotchi olimlarimiznirig shoirning hayoti va faoliyatini o’iganishda to’rt tayanch manbaga tayanib ish ko’rayotganliklari yaqqol ko’zga tashlanadi:
1. Ulug* shoirning o*z asarlari. Alisher Navoiyning deyarli barcha asarlarida uning shaxsi, ijodkorligi, ijtimoiy-irfoniy faoliyati haqida ma'lumot beriladi. Bu jihatdan, ayniqsa, uning «Xazoyin ul-maoniy», «Xamsa», «Majolis un-nafois», «Mahbub ul-qulub», «Muhokamat ul-lug*atayn», «Vaqfiya», «Xamsat ul mutahayyirin», «Nasoyim ul-muhabbat», «Tarixi muluki Ajam», «Tarixi anbiyo va hukamo», «Mezon /ui-avzon», «Munojot>, «Arba'in hadis», «Siroj ul-muslimin» singari asarlari muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur asarlarda shoirning shaxsiy hayoti, u yashagan davrdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat, madaniy-ma'rifiy muhit, ba'zi asarlarining yozilishi tarixi va sabablari, adibning el-yurt tinchligi, obodonchiligi yo’lida olib borgan keng qamrovli faoliyati, Xuroson davlatining muhrdori, vaziri a^zami/sifatida qilgan savobli ishlari, ustoz-u shogirdlari bilan munosabati singari muhim masalalar xususida bahs yuritiladi. Ulug’ shoiming o’z asarlari uning hayoti va faoliyatini/o’iganishda eng ishonchli manbadir.
2.Alisher Navoiy zamondoshlarining asarlari. Mazkur bandni yana bo’laklarga (ulug’ shoirning katta, tengdosh va kichik zamondoshlari) bolish ham mumkin. Abdurahmon Jomiyning «Bahoriston», «Haft avrang», «Yusuf va Zulayho», «Devoni Komil», Mirxondning «Ravzat us-safo» («Poklik bog’i»), Davlatshoh Sarnarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro» («ShoirIar tazkirasi»), iyosiddin Xondaminung «Makorim ul-axloq» («Yaxshi xulqlar»), «Habib us-siyar» («Suyukli xislatlar»), «Xulosat ul-axbor» («VoqeaIar xulosasi»), Zayniddin Mahmud Vosifiyning «Badoe' ul-vaqoe'» («Go’zal voqealar»), Zahiriddin Muhammad Bojburning «Boburnoma» kabi asarlarida Alisher Navoiyning hayoti va faoliyatiga oid muhim malumotlar keltirilgan, shaxsi va adabiy merosiga ta'rif-u talqinlar berilgan qimmatli, tayanch manbalardir. XV asr tarixiy voqeligi, unda ulug’ amir Alisher Navoiyning tutgan o’mi va shoirning hayoti, faoiiyati bilan yaqindan tanishishda mazkur rnanbalarning ahamiyati nihoyatda baland. Shuning uchun taniqli adabiyotshunos Izzat Sulton Alisher Navoiy hayoti va ijodini o’iganishda iik manba sanalgan ulug’ shoirning o’z badiiy-ilmiy yaratmalari va zamon(tioshiari asarlarida keltirilgan ma'lumotlaiga tayanib "Navoiyning qalb daftari" (Toshkent, .G'uIom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1969) nomli ilmiy-adabiy tadqiqotini yaratdi. Bu asar mazkur mavzu va umuman, navoiyshunoslik iimi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |