Otasi yig’lay- yig’lay uyga yondi,
O*g*ul o’ynay-o’ynay yo’lg’a uzandi (372-bet). Navro’z o’z muhabbatiga erishishdek ko’nglining eng buyuk istagi yo’lida juda xatarli safaiga otlanadi. Shahzodaning mol-u mulklari
qiziqtirgani uchun uning «sodiq» yo’ldoshiga aylangan Bahman o*z razil niyatini amalga oshirishga muvaffaq boMadi. U Navio’zni g’aflat uyqusida qoldirib, butun xazinani o’z hamrohlari bilan olib ketadi. Shahzoda esa Bahman bilan ketib qolmagan kishilaiga ham yurtga qaytish uchun ijozat beradi. Biroq ular yo’llaridan qaytishmaydi. Navro’z Farxoiga yetib boradi. Bulbul va Savsanning sa*y-harakatlari bilan sevishganlar bir-biriari bilan ko’rishadi. Ammo Shoh Mushkin Gulni Chin xoqoniga tortiq qilgandi. Chin xoqoni elchilari bilan Gul o’zga yurtga otlanadi Navro*z ham Chin sari yo*l oladi. Chin xoqoni davlati sarhadlari yaqinida sevishganlar qochishni ixtiyor qiladilar. Navro(z Gulga quyidagicha murojaat qiladi:
«-Yaroq tuz dedi, otlansaq bu sbabgir, Qflib boshtin oyoq to’nlami tag’yir. Qocfaib Farxor iqlimindin oshsak, Borib Navshod mulkini tolashsaq.* Rizo berdi Guli Mnshkin bu so’zga, Buranqi ahdini qilmadi o’zga (402-bet).
Shunday qilib, mnhabbat—oliy ilohiy ne*mat ekanligini qaibdan anglagan Gul va Navro’z shu buyuk tuyg’u asiri sifatida barcha qiyinchiliklaidan cho’chimay, ulug’ maqsad sari talpinadi. Chin xoqoni davlati sarhadlarida Yaldo ismli bir qonxo’r qo’lida bandilikka tushadilar. Xoqon vafotidan so*ng yana qochib, devlar manziliga, Shayx Najdiyga duch kelishadi. Daryo to’fonlari-yu dengiz po’rtanalariga uchrab, ikki taxta ustida sevishganlar ikki tomonga ayrilib ketishadi. Dengizdan Gulni Javhar qutqazadi. U Adan mulkiga borib qolgan edi, Mamlakat hukmdori Bade' uni o’ziga farzand sifatida ko’radi. Gnl yigit libosida bo’lgani uchun podshoh uni o*ziga o’g*il deb biladi. Malika Gul bu yenda arslonlar bilan kurashadi. Navro*zni esa bir kambag’al baliqchi dengizdan qutqaradi. U Yaman yurtiga borib qolgan edi. Baliqchi Yusufsifat shahzoda haqida mamlakat vaziriga xabar beradi. Vazlr uni podshoh Rafe* bilan tanishtiradi. Rafe* ham Navro’zni o’g’U sifatida qabul qilib, barcha beklardan uning mavqeini yuqori deb biladi, Bunga Bahrom ismli sardor hasad ko*zi bilan qaraydi. Gulning jasorati bilan kuchaygan Adan Yaman mamlakatiga qarshi hujumga o’tadi. Jang qizib, yakkama-yakka olishuv boshlanadi, Malika Gul hasadchi Bahromni shunday kurashda halok etadi. Maydonga Navro*z va Gul chiqishadi. Navro*z Guhiing ovozidan uni taniydi. Shundan so*ng muhabbat adovatga chek qo*yadi. Hukmdoriar
yarashishadi, ginalar unut bo’ladi. Adan va Yaman podshohlari Gul va Navro’z bilan birgalikda hajga borishadi. Sevishganlar Ka'bani tavof qilayotgan otalari Farrux va Mushkinni tanib qolishadi. Hukmdorlarning kelishuvlari asosida Navshod, Farxor, Adan, Yaman mamlakatlari birlashadi, Navro’z mamlakatni adolat bilan idora eta boshlaydi.
«Gul va Navro(z»ning «Podshoh madhi bila kitofr xotimasi» nomli so’nggi bobida doston muallifi Sulton Iskandarni madh etadi. Bu bilan ijodkor Amir Temur vafotidan so’ng tobora parchalanib, inqirozga yuz tuta boshlagan mamlakat taqdirini o’ylab, temuriy shahzodalarni birlashishga, buyuk sohibqironning markazlashgan davlatini saqlab qolishga chaqiradi. Shoir asardagi har bir so’zning ma'no-mohiyatiga e'tiborni qaratganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu holat, avvalo, qahramonlar va joy nomlarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunonchi, Farrux—go’zal, baxtli, muborak, qutlug’ yuzli ma'nolarini anglatadi. Uning o’g’li Navro’z esa, haqiqatdan ham, Navshod hukmdorining hayotiga yangi kunni baxsh etadi. Navro’z bahorning fusunkor ko’rkiga ko’rk qo’shgan Gulni sevadi. Go’yoki bahorning ilk kuni go^zallik shaydosi sifatida, olamdan go’zallik izlayotganga, bu yo’Ida uchraydigan barcha yovuzliklarni yengayotganga o’xshaydi, Gul—Farxor elidan, Farxor—orasta, chiroyli, shinam degan ma'nolarni anglatadi. Bu bilan shoir Gul va u unib o’sgan yurt bir-biriga mosligini qayd etgan bo’ladi. Dostondagi salbiy obrazlar Bahman, Yaldo, Shayx Najdiylarning nomlatiishida ham shunday ramziylik mavjud. Bahman—qishning eng ayozli kunlari ma'nosini anglatsa; Yaldo—qish mavsumidagi eng sovuq, uzun va qorong’u kecha demakdir. Najdning lug’aviy ma'nosi esa yeming baland qismi, to’siqdir. Dostondagi ijobiy obrazlar Bahor, yovuz kuchlar timsollari esa Qish fasliga uyg’un nomlar bilan atalganki, bu ham yoz bilan qish haqidagi qadimgi ajdodlarimiz qarashlariga yangi ma'no mujassamlashtirganligini anglatadi. Shuningdek, dostonda shoirning istiora, mubolag’a, tashbeh kabi tasviriy vositalardan mahorat bilan foydalanganligi ko’zga tashlanadi. Ayniqsa, dostondagi bosh qahramonlardan biri Gul siymosi asarda nozik did bilan go’zal tasvirlangan:
Do'stlaringiz bilan baham: |