Mavzuga oid tayanch tushunchalar
Durbek. Balx qamali. Yusuf. Ya'qub. Og’a-inilar. Moliki Tojir. Zulayho. Enaga. Rayyon. Misr Azizi. Bashir. Taymus. Haydar Xorazmiy. «Maxzanul-asror». Sulton Iskandar Sheroziy. Maqolat. Mav'iza. Bo’z to’quvchi kampir. Bazzoz. Haqparast darvesh. Atoyi. Ismoil ota. Sakkokiy. Ulug’bek Miizo. Lutfiy. «Gulshanul-asror». Navro’z. Gul va Bulbul. Adan. Yaman. Farxor. Bahman.
Adabiyotlar
1. Valixo’jayev B. Malikul-kalom Mavlono Lutfiy. Samarqand, 1999; Yana, Mumtoz siymolar. Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi. Toshkent-2002, 84-171-betIar; Yana. Sulton Husayn Boyqaro-«Husayniy» she'riyati. Mumtoz siymolar. 3-83-betlar.
2. Vohidov R. Navoiyning ikki durdonasi. Toshkcnt: "Fan", 1992.
3. Lutfiy. Devon. Gul va Navro’z. Toshkent, 1965; Yana. Lutfiy. Sensan sevarim. o’zbek she'riyati bo’stoni. .G'ulom nomidagi ASN, Toshkent-1987, 764 bet.
4. Mallayev N. o’zbek adabiyoti tarixi. Toshkent, 1976.
5. Navoiyning nigohi tushgan. Toshkent, 1986.
6. o’zbek adabiyoti. To’rt tomlik, I tom, Toshkent, 1977.
7. Uch bulbul gulshani. o’zbek she'riyati bo’stoni. .G(ulom nomidagi ASN, Toshkent-1986, 5-66-betlar.
8.Husayn Boyqaro. Jamolingdin ko’zum ravshan. .G(ulom nomidagi ASN, Toshkent-1991, 32 bet.
9. Hayitmetov A. Temuriylardavrio’zbekadabiyoti. Toshkenf, 1991.
10. Hayot vasfi. .G'ulom nomidagi ASN, Toshkent, 1988. 704 bet.
VII-BOB ALISHER NAVOIY-ADABIYOTIMIZNING MILLIY IFTIXORI
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy musulmon mintaqa adabiyotining eng yirik vakili, ulug’ mutafakkir shoir, davlat va jamoat aibobi, ilm-ma'rifat, badiiy ijod hamda san'atning ulkan homiysidir. Bu buyuk taraqqiyparvar inson o’zi yashagan davrdanoq «Xitodan Xuroson»gacha bo’lgan hududda istiqomat qilayotgan she'rseyar ellar, xususan, «turk u3usi» qalbiga purma'no nazmiy yaratmalari, nasrda ijod etilgan badiiy, ilohiy-irfoniy, tarixiy-ma'naviy va ilmiy asarlari bilan ma'rifat shu'lalarini olib kirdi. Alisher Navoiy yirik so’z san'atkori sifatida turkiy badiiy ijodni ham ma*nolar va ham shakliy jilolar nuqtai nazaridan jahoniy mavqega ko’tardi. Asrlar o’tsa-da, bu sohir qalam sohibi qoldirgan juda boy madaniy merosga bo’lgan ma'naviy ehtiyoj kundan-kunga oshib bormoqda. Bu hol ulug’ shoirning «Muhokamat ul-Iug’atayn»da o’z ijodidan faxrlanib bildiigan quyidagi bashoratomuz fikrlarining nechog’lik haq ekanligining yana bir daUlidir:"... Umidim uldur va xayolimg’a andoq kelurkim, so’zum martabasi avjdin quyi inmagay va bu tartibim kavkabasi a'lo darajadan o’zga yerni beganmagay" (MAT.16 jild. 27-bet).
Aiisher Navoiy butun umrini xalqning baxt-saodati, yurt tinchligi, mamlakat taraqqiyotiga baxsh etganligi tufayli shunday yuksak saodatga muyassar bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |