Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov


Alisher Navoiy hayotining Samarqand davri



Download 3,81 Mb.
bet72/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

7.3. Alisher Navoiy hayotining Samarqand davri
Ulug’ shoir umri «shabob» (yigitlik) faslining besh yili «sayqali ro’yi zamin» Samarqandga to’g’ri keldi. Biroq u jannatmakon Samarqandga siyosiy mahbus maqomida yuborilgani uchun ham ixrojning dastiabki yiliarida juda ko’p achchiq-chuchuklaiga chidashiga to’g’ri keldi. Bu haqda «G'aroyib us-sig'ar» devoniga kiritilgan va Alisher Navoiyning ustozi Sayyid Hasan Ardasherga yuborilgan she'riy maktubida («Masnaviy»da) talay ishoralar mavjud. Ayrim tadqiqotchilar mazkur asarni shoir Hirotdan Samarqandga jo*nash oldidan otasidek yaqin bo’lib qolgan Darvesh Sayyid Hasan Ardasher bilan ko’risha olmaganMgi bois yozgan, deya e'tirof etadilar. Ammo bunday fikrni ma'qullash qiyin. Chunki «kroj» haqidagi farmonni olgan Alisher Navoiy qisqa muddatda , shoshilinch ravishda «Masnaviy»ni yoza olmas edi. Ulug’ shoir Samarqandga yetib borgach, ham moddiy va ham ma'naviy jihatdan juda qiynalib yashaydi. Nazorat ostidagi shoirni erksizlik hammadan ham ko’proq yoza boshlaydi. Mana shunday bir vaziyatda u tanglikdan chiqishnmg yo’iiarini iziaydi, ustozi, otaxoni Darvesh Sayyid Hasan Ardasherdan najot kutib, unga maktub bilan murojaat etishni lozim topadi. Shunday qilib, «Masnaviy» Samarqandda ro’shnolik ko’radi. «Hasbi hol»-«Masnaviy»ni olgach, Sayyid Hasan Ardasher Fazlulloh

Abullaysiy hamda Xoja Ahror Valiylarga maktub yo’llab, Alisheiga ko’mak berishlarini so’ragan ko’rinadi. Ana shundan keyingina buyuk faqih Fazlulloh Abullaysiy Alisher Navoiyga o’z madrasasidan joy berib, panohiga oladi. «Majolis un-nafois»dagi: «Faqir ikki yil alarning qoshida sabaq o’qub erdim, ancha iltifotlari bor erdikim, «farzand» der erdilar» (MAT. 13. 33-b.) kabi ishoralar ham yuqorida bayon qilingan mulohazalar foydasiga xizmat qiladi. Alisher Navoiyning Samarqand davri hayoti haqida qissa yozgan yozuvchi MuzafFar Mirzo o’z asarini «Panoh» atab, masalaning biz eslatgan jihatlariga urg’u berib tarixiy jihatdan to’g’ri yo'1 tutgan.


«Masnaviy» Alloh hamdi bilan boshlangan bo’lib, unda Sayyid Hasan Ardasher ulug’lanadi hamda shoirning Hirotni tark etishi sabablari bayon etiladi. Maktub muallifi so’zni inson ko’nglining burchagiga yashiringan durga qiyos qilar ekan, uni insoniyat bog’ining gulshanidagi eng yaxshi mevadir, deya vasf etadi. Shuningdek, shoir o’zining betakror badiiy salohiyatining juda tez ravnaq topganligidan faxrlanib, fors-tojik adabiyotining buyuk namoyandasi Firdavsiy 30 yilda «Shohnoma»ni yozgan bo’lsa, u shunday asarni 30 oyda ijod qilishini, bir kunda xosa ma'ni yoki iyhom kabi badiiy san'atlar bilan ziynatlangan yuz bayt bitish unga holva yoyish bilan barobar ekanligini, Nizomiy Ganjaviy 30 yilda yozgan «Xamsa»ni Navoiy uchun ijod etish ikki-uch yillik ish ekanligini «Masnaviy»da quyidagicha bayon etadi:

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish