Rahim Vohidov, Husniddin Eshooqutov


Alisher Navoiy devonlari, ularning tartib berilishi tarixi, janriy



Download 3,81 Mb.
bet81/188
Sana23.05.2022
Hajmi3,81 Mb.
#607255
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   188
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI

8.1. Alisher Navoiy devonlari, ularning tartib berilishi tarixi, janriy
tarkibi va mavzulari
Alisher Navoiy badiiy ijod bilan bolalik yillaridanoq shug’allana boshladi. Oila muhiti, Xuroson hukmdori Abulqosim Bobur Mirzoning yosh shoirga bo’lgan munosabati uning ijodiy salohiyatini tez orada ravnaqtopishigavailmdae'tirofetilganidek, 10-11 yoshlarida Mavlono Lutfiydek yirik so’z san'atkorining nazariga tushib, keksa ijodkorning yuksak bahosi bilan ulug’lanishiga imkon yaratdi. Alisher Navoiy 23-24 yoshlarida shoir sifatida el orasida tanilgani, uning she'rlari Movarounnahr-u Xuroson sarhadlaridan o’tib shuhrat qozonganiga qaramay, asarlarini jamlab devon tartib berishga shoshilmadi, Ehtimol, shoir bu davrda Mashhaddan Hirotga qaytganida, hayotidagi eng og’ir yo’qotishJar tufayli bu ishga jiddiy e'tibor qilmagan bo’lishi mumkin. Zero, uning sal keyinroq Samarqanddan ustozi Sayyid Hasan Ardasherga maktub tarzida yozgan «Masnaviy»sidagi o*z ijodidan ko*ngli to’lib yozgan faxriya — baytlari shoirning xalq orasida sohib devon tarzida tanilishi uchun imkoniyat allaqachon vujudga kelganligini tasdiqlaydi.
Alisher Navoiy ijodi muxlislari bu noyob iste'dod sohibining badiiy yaratmalarini o’z vaqtida qadrladilar. Ulug’ shoiming sohib devon ijodkor sifatida tanilishida she'riyati muhiblarining hissasi beqiyos kattadir. Ularning sa'y-harakati bilan hijriy 870, milodiy 1465-1466-yillarda shoirning iik norasmiy devoni vujudga keldi. Bu devon taniqli xattot Sulton Ali Mashhadiy tomonidan nasta'liq xati bilan ko’chirilgan bo’lib, noma'Ium musawir tomonidan naqshlar bilan bezatilgan edi. Devonga maxsus nom berilmaganligi boisidan faksimH (foto) nusxasini 1968-yilda birinchi marta nashrga tayyorlagan va chop ettirgan taniqli adabiyotshunos Hamid Sulaymon uni «Ilk devon» deb atadi. «I!k devon»dan 391 g’azal, 1 mustazod, Imuxammas va 41 ruboiy o’rin olgari bo’lib, ularning barchasi 434 ta she'rni tashkil etadi. Mazkur asar Alisher Navoiy ijodining dastlabki bosqichlarini o’rganish uchun ishonchli manba sifatida ahamiyatlidir.
Alisher Navoiy Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egallagandan so(ng, uning taklifi bilan o’zining birinchi rasmiy devoni «Badoe' ul-bidoya» («Badiiylik ibtidosi»)ni tartib beidi. Mazkur devon XV asr adabiy hayotida juda katta voqea bo’ldi. Shoirniiig bu devoni o’zigacha yashagan ijodkorlar va zamondoshlari devonlaridan ancha farq qilar edi, Awalo, devon tartib berish uchun debochaga o’rin berish zarurligi ijodiy tajriba

tarzida «Badoe' ul-bidoya»dan (Bizning bu ta'kidimiz o’zbek mumtoz devonchiligiga daxldor) boshlandi. Shuningdek, shoir Sharq devonchiligi qator tamoyiilarini isloh qilib, uning mukammallik kasb etishi uchun e'tibor qilinishi zarur bo’Igan jihatlarini amaliyotda ko’rsatdi. Alisher Navoiy ushbu devonda debochadan so’ng dastlab g’azallariiti, keyin esa boshqa janrdagi asarlarining radifi yoxud qofiyasidagi oxiigi harfiga tayanib, qat'iy tartibda, arab alifbosi sirasida o’rin berishga e'tiborni qaratdi. Shuningdek, she'rlarining mavzulari, g’oyaviy yo’nalishi ham diqqat markazida turdi. Alisher Navoiy har bir harf sirasida kelgan g’azallaming dastlabkilari Alloh hamdi va Muhammad alayhis-salom na'tiga bag’ishlanishi, shundan so’nggina boshqa mavzudagi g’azallar tartib bilan joylashtirilishi lozimligini mazkur devon debochasida alohida ta'kidladi. Eslatilgan muqaddimada ulug’ shoir matlada aytilgan fikrni g’azalning maqtaiga qadar tadrijiy rivojlantirib borish hamda oshiqona sheMar tarkibida mav'iza, pand, hikmatlaiga doir baytlar kiritilishi shartligini ta'kidladi. o’zi zikri o’tgan tartiblarni barcha devonlarida amaliyotda ko’rsatishga muyassar bo’ldi.


«Badoyi' ul-bidoya»dan she'riyatning o’n bir janriga doir asarlar o’rin olgan bo’lib, ularning miqdori va tartibi quyidagichadir;
i.azal-777 7. Ruboiy-85
2. Mustazod - 3 8. Lug’z - 10
3. Muxammas — 5 9. Muammo - 52
4. Musaddas - 2 10. Tuyuq - 10
5. Tarje'band - 3 11. Fard - 53
6.Qit'a-46
Mazkur devondagi she'rlarning umumiy miqdori 1046 tani tashkil etadi. «Badoyi' ul-bidoya»da «Ilk devon»dagi bir qism she'rlar ham kiritilgandir. Keyinchalik bu asarlar «Xazoyin ul-maoniy» yig’ma devonlari tarkibidan o’rin olgan.
Alisher Navoiy 1483-yilda ikkinchi rasmiy devoni «Navodir un-nihoya» («Behad nodirliklar»)ni tuzdi. Devonning Abdujamil kotib va Sulton Ali Mashhadiy tomonidan ko’chirilgan nisbatan to’Jiq nusxasi bizgacha yetib kelgan. XX asrning 70-yillari oxirida Alisher Navoiyning dastxati topilganligi haqidagi xabar ilm ahlini qiziqtirib qoldi, Bu haqda akademik B.Valixo'jayev Eron saltanati kutubxonasida saqlanayotgan qo’Iyozmalar ko’rsatkichidagi qaydlarga tayanib birinchilardan bo’lib ilm ahliga ma'lumot berdi. Keyinchalik akademiklar VAbdullayev, B.Valixo'jayev, prof. A.Hayitmetov va S.G'aniyevalaniing maqolalari

e'lon qilindi. Masala bilan izchil shug’ullangan adabiyotshunos S.G'aniyeva shov-shuvlvrga sabab bo’Igan qo’lyozma izidan tushdi va Eron Islom Respublikasidan uning surat-nusxasini olishga muyassar bo’ldi. Izlanishlardan ma'lum bo’ldiki, mazkur kitob ulug’ shoir «Navodir un-nihoya» devonining notugal nusxasi bo’Iib, uning muqovasida Alisher Navoiyning bir qatorlik qo’lyozmasi hamda muhrining aksi bor ekan. Bundan qafiy nazar, surat-misxa «Navoiy dastxati» (Toshkent: «Fan», 1991) nomi bilan o’quvchilarga taqdim etildi. Olima mazkur kitobga yozgan so’z boshida, jumladan, quyidagilarni qayd etadi:


Ziyo ul-haq va-d-dunyo va-d-din
Berib ikkinchi devonimga tazyin.
Savod uzra savod ar qildim mastur,
Val ma'nidadur nur a'Io nur.
Katabahu al-abd al-faqir Alisher al-mashhur bi-n Navoiy g’af-ara zunubahi (ya'ni, haq, dunyo va dinning nuri ikkinchi devonimni bezadi. Garchi qoralama ustiga qoralama yozilgan esa-da, lekin ma'nosida nur ustiga nur bo’lib tushdi. Bituvchi banda va faqir Navoiy nomi bilan mashhur Alisher, uning gunohlari kechirilgay!) Shu yerda Navoiy muhri bosilgan: («Kun, osha fi-d dunyo ka-1 g’arib-al-faqir Alisher») (Ya'ni: Dunyoda faqir va g’arib Alisherdek hayot kechir) (O'sha kitob, 6-bet). «Navodir un-nihoya»ning nisbatan to’liq nusxalarida 862 she'r joylashtirilgan. Bular «Badoyi' ul-bidoya» tartib berilgandan so’ng ijod qilingan she'rlar bo’lib, ular ham keyinchalik «Xazoyin ul-maoniy»ga kiritilgan.
Alisher Navoiyning avlodlar oldidagi yana bir buyuk xizmati uning deyarli barcha lirik turga mansub yozgan asarlarini o’z bag’riga olgan «Xazoyin ul-maoniy» («Ma'nolar xazinasi») yig’ma devonlarining tartib beiganiigi bo’ldi. Bu xayrli ishning amalga oshishida murshidi komil Nuriddin Abdurahmon Jomiy va zamon hukmdori Sulton Husayn Boyqarolar tashabbuskor bo’ldi. Ulug’ shoirning «Xazoyin ul-maoniy» «Debocha»sida bayon etUgan qaydlaridan ayonlashadiki, «Badoyi' ul-bidoya» va «Navodir un-nihoya» devonlari tartib berilgandan so’ng, ijod qilingan she'rlar to’pIanib qoladi. Ulkan so'z san'atkori ularning taqdiri haqida o’ylaydi va yozadi: «Xotirg’a kelur erdikim, agar bu avroqqa rabt-u tartib berilmasa, bir havodis tundbodi eskach, har safliasin bir yon sovurg’ay va agar bu gul barglarini zeb-u oyin bila bir guldasta bog’lamasak, bir navoyib nasimi yetkach, har varaqin bir
yon uchurg'ay» (MAT, 3-tom, 12-bet). Biroq bu ishni amalga oshirishda shoir o’zida yetarli quwat topa olmaydi. Ana shunday bir vaqtda Sulton Husayn Boyqaroning Alisher Navoiy nomiga o’z she'rlarini to’plab devon tartib berishi lozimligi haqida «farmoni vojib ul-iz'oni» («itoat etishga majbur farmoni») e'lon qilinadi. Alisher Navoiy ustozi Abdurahmon Jomiy bilan maslahatlashadi. Ularga Amir Xusrav Dehlaviyning Malikshoh Alp Arislon nomiga bag’ishlab, besh devonlar silsilasini tuzgani, ular o’z zamonasida g’oyat mashhur bo’lsa-da, keyingi davrda faqatgina nomlari saqlangani ma'lum edi. Ayni an'anaga ixlosmand Alisher Navoiy «Xazoyin ul-maoniy»ni to’rt devon shaklida tuzishni ma'qul ko’radi. Shunday qilib, shoir o’zbek tilida yozgan deyarli barcha she'rlarini to’rt devonga ajratadi va ulaming har birini inson umrining muayyan fasliga mos keladigan bir nom bilan ataydi.
Ulug’ shoir ijodiy hayotining 7-8 yoshidan 20 yoshigacha bo’lgan qismini umrining navbahoii-«sig’ar» (yoshlik) fasli sifatida qayd qiladi va shu muddatda yozilgan she'rlariga «G'aroyib us-sig’ai> («YoshIik ajoyibotlari») nomli birinchi devonidan o’rin beradi. 20-35 yoshlar oralig’i umrning yozi-«shabob» (yigitlik) ayyomi bo’lib, muallif bu davr devonini «Navodir ush-shabob» («Yigitlik nodirliklari»-) tarzida nomlaydi. 35-45 yoshni umrning kuzi—«vasat» (o’rta yosh) hisoblagan ulug’ shoir «Badoyi' ul-vasat» («O'rta yosh go'zalliklari») devoniga ana shu yillarda bitilgan she'rlarini kiritadi. Nihoyat 45-60 yosh «kibar» (keksalik) avoni bo’lib, inson umrining qishiga qiyoslanadi va ayni devon «Favoyid ul-kibar» («Keksalik foydalari») deb ataiadi. Bu majmualarning barchasi «Xazoyin ul-maoniy» («Ma'nolar xazinasi*) nomi ostida birlashtiriladi va 1492-1498 yillar oralig’ida tartib beriladi. «Debocha»da berilgan ma'iumotlarga ko(ra, mazkur devonlardan o’rin olgan har bir she'r bevosita Sulton Husayn Boyqaro nazaridan o’tkazilgan. Albatta, hazrat Navoiyning bu ta'kidlarini to’g’ri ma'noda qabul qilishni aqlga sig*dirib bo’lmaydi. Negaki,.yig’ma devonlardan uch mingdan ziyodroq she'r o’rin oJganligiga e*tibor qilinsa, Sulton Husayn Boyqaroning ularni birma-bir nazardan o’tkazganligini tasawuiga sig4dirish qiyin. Fikrimizcha, ulug’ shoirning bunday qaydini maktabdosh do’st va zamon podshohiga yuksak hurmati nishonasi sifatida qabul qilish, yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, davr insho san'atining uslubiy jilosi ma'nosida tushunish pand bermaydi.
«Xazoyin ul-maoniy» devonlaridan o’rin olgan she*rlarni to’Ia ma'noda tarixiylik tamoyiliga rioya qilingan holda joylashtirilgan deyish

qiyinroqdir. Chunki uhig’ shoir katta miqdorda yig’ilgan she'rlarni devonlarga taqsimlaganda, har bir she'rning ruhi, uslubini e'tiborga olishga uringan. Ammo oradan o’tgan vaqt o’z gapini aytgan hamda she'rlarni tarixiy va mavsumiy aniqlik bilan joylashtirishning iloji bo’lmay qolgan. Bunday fikr taniqli navoiyshunoslar A.Hayitmetov, M.Shayxzoda va H.Sulaymon tadqiqotlarida o’z ifodasini topgan (Qarang: o’zbek adabiyoti tarixi. 2-tom, Toshkent: «Fan», 1977, 86-bet).


«Xazoyin ul-maoniy» debocha, 2600 g’azal, 133 ruboiy, 10 muxammas, 4 mustazod, 5 musaddas, 4 tarje'band, 210 qifa, 10 lug’z-chiston, 52 muammo, 13 tuyuq, 86 fard, 1 masnaviy, 1 qasida, I musamman, 1 tarkibband,! soqiynoma jami 16 janrdagi she'rlardan iboratdir. Har bir devonga 650 g’azal kiritilgan. Shu kichkina ishoraning o’zidan ham ulug’ shoir «Xazoyin ul-maoniy»ni tartib berishda tarixiylik tamoyilidan birmuncha chekinganini sezish mumkin, Bu fikrni «vroyib us-sig’ar» va «Navodir ush-shabob» devonlari tarkibida «vasat» hamda «kibap> davriga oid g’azallarning va aksincha, «Badoyi' ul-vasat» hamda «Favoyid ul-kibar»da «sig’ar»-u «shabob»ga daxldor she'rlarning mavjudligi ham quwatlaydi. Jumladan, «G'aroyib us-sig'ar» devoni tarkibidan o’rin olgan g’azallardan birida quyidagi bayt mavjud: Yoshing ellik bo’idi, yuz qo’yg’il fano tufrog’ig’a, Kim, shabob ayyomi aysh-u beadablig* chog’i bas
(MAT. 3. 201-b.)
Bunday misollarni yana ko’plab keltirish mumkin. Shuningdek, «G'aroyib us-sig’ar» devonidagi bir qator she'rlarda Sulton Husayn Boyqaroning podsho sifatida tilga olinishi ham yuqoridagi fikrfami tasdiqlaydi. Zero, Sulton Husayn Boyqaro Xuroson taxtini egallaganida, ulug' shoir 28 yoshda edi. Bulardan tashqari, Sayyid Hasan Ardasherning vafoti (1488-1489) munosabati bilan yozilgan masnaviy «Navodir ush-shabob» devonidan o’rin olgan. Holbuki, bu davrda ulugL shoir 47-48 yoshlarda edi. Ko’rinadiki, «Xazoyin ul-maoniy» devonlariga taqsimlangan she'rlar nisbiy mohiyat kasb etadi. Yana shuni unutmaslik lozimki, «Xazoyin ul-maoniy»dan o’rin olgan asarlar 1498-yilga qadar yozUgan she'rlardir. Taniqli adabiyotshunos olim Hamid Sulaymon «Xazoyin ul-maoniy» devonining ilmiy-tanqidiy matnini yaratish sohasida juda katta izlanishlar olib bordi. Tadqiqotchi «Xazoyin ul-maoniy»ning Toshkent, Sankt-Peterburg, Dushanbe, Boku, Parij, London va dunyoning boshqa shaharlaridagi muzey hamda kutubxonalarida saqlanayotgan ko’p sonli qo’lyozmalari surat nusxalarini yig’ib, ulami qiyosiy o’rganib chiqib, nashr ettirdi. (Alisher
Navoiy. Xazoyin ul-maoniy. I, II, III, IVtomlar. Toshkent: «Fan», 1959-1960.) Alisher Navoiyning 1498-yildan keyin ijod etgan hamda turli sabablaiga ko’ra mazkur yig’ma devonga kiritilmagan she'rlari ham olimning e'tiboridan chetda qolgan emas. Yig’ma devonlarning Hamid Sulaymon nashri IV tomida bunday she'rlar «Navoiy tomonidan «Xazoyin ul-maoniy»ga kiritilmagan she'riar» sarlavhasi ostida keltirilgan bo’iib, ular 24 g’azal, 2 ruboiy, 8 qifa, 4 farddart iborat (Qarang: Alisher Navoiy. Xazoyin ul-maoniy. IV tom, Toshkent: «Fan», 1960, 773-794-betlar). Keyinchalik bu she'rlarning yana yangi topilganlarini qo’shib, filologiya fanlari doktori Fozila Sulaymonova «Ayyomi visol o’ldi yana» nomi bilan mo’jaz bir to’plam holida (Toshkent, 1996) ulug' shoir ijodi muhiblariga tuhfa qildi. (Bu haqda qarang: Vohidov R. Navoiy she'rig’a solg’il quloqki... «O(zbekiston adabiyoti va san'ati», 1997-yil 7-fevral).
Alisher Navoiy she'riy merosi ko’lamining kengligi, ayni choqda rang-barang mavzularni o’zida mujassamlashtirganligi biian ahamiyatlidir. She'rda hayotning barcha murakkabliklari haqida nozik ishoralarda badiiy fikr yuritish adabiy ijodga xos yetakchi xususiyat sanaladi. Shu ma'noda ulug’ shoir she'riyatini u yashagan davrning betakror qomusi deyish mumkin. Unda shoir zamondoshlarining shavq-u zavqi, tabassumi-yu qahqahasi, g’azabi-yu nafrati, ingrashi-yu dardli fig’oni, shirin xayollari-yu ezgu niyatlari, baxtli kunlari-yu musibati, to’y-u ta'ziyasi, xullas, murakkab ruhiy-maishiy olami, sertashvish hayoti sahifalari yorqin iz qoldirgan. Buyuk mutafakkir faoliyat ko’rsatgan zamonning ilmiy-badiiy saviyasi, tafakkur kengliklari, falsafasi, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta'limiy, ilohiy-irfoniy mezonlari uning she'riy merosida badiiy tajassumini topgan. Shu bois ulug’ shoirning rangin she'riyati mohiyat-mazmuni bilan, shubhasizki, ma'nolar xazinasidir. Unda Sharq mumtoz adabiyoti an'analari takomillashtirilgani, hamd, na't, mav'iza yo’nalishidagi she'rlaiga keng o’rin berilganini kuzatish mximkin. Ishq-muhabbat mavzusi esa kichik she'riy asarlarining tayanch yo’nalishini tashkil etadi. Ayni choqda bu ko’hna va doimo yangilanib boruvchi barhayot mavzu ulug’ shoir qalamida ayricha joziba kasb etdi. Natijada uning oshiqona she'rlari bag’rida XV asr ikkinchi yarmi hayotining ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta'limiy, ilohiy-irfoniy qarashlari go’zal badiiy ifodasini topdi va shunday kichik janrdagi asarlar mavzular olamining boyitilishiga munosib hissa bo’lib qo’shildi. Ishq-muhabbat inson-ma'naviy kamolotida hal qiluvchi rnavqega egadir. Ulug’ shoir muhabbat mavzuida qalam tebratar ekan, eng awalo, dard ahli—oshiqlaiga murojaat qiladi:

zohid dunyoqarashlari o’rtasidagi keskin tafovutga adabiyotshunos N.Komilovning «Tasawuf» kitobida nozik ishoralar bor. U o’z fikrlariga mashhur so’fiy ayol Robia Adviyaning (714-801) Allohga munojotlarida quyidagicha nola qilib aytgan so’zlarini keltiiish bilan oydinlik kiritadi: «Ey Parvardigorim, Ey yori aziz, agar jannating tama'ida toat qiladigan bo’lsam, jannatingdan benasib et, agar do’zaxingdan qo’rqib ibodat qiladigan bo’lsam, meni do’zax o’tida kuydir, ming-ming roziman! Ammo agar Sening jamolingni deb tunlarni bedor o*tkazar ekanman, yolvoraman, meni jamolingdan mahrum etma!» (Komilov N. Tasawuf. Birinchi kitob. Toshkent: «Yozuvchi», 1996, 6-bet). Ko’rinadiki, tasawuf ahlida hayotga tavakkul bilan qarash kayfiyati baland. Ularning qafiy ishonchiga ko’ra, solik ishq va tariqat maqomlari sari intilishini davom etishi, bu haqda baland ovoz bilan gapirmasligi, tama'dan yiroq turishi lozim. Ulug’ shoir g’azallarida ushbu fikrlarni quwatlovchi ko’plab baytlarni uchratish mumkin:



Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish