X-BOB "LISON UT-TAYR" FALSAFIY MASAL DOSTON
"Lisonut tayr"("Qush tili") Alisher Navoiy hayotining snggi yillarida ijod etilgan falsafiy, ilohiy-irfoniy, axloqiy-ta'Iimiy doston blib, unda Haq, Borliq va Inson munosabatlariga doir ulug* mutafakkiming teran mushohadalari badiiy in'ikosini topgan. Shoir asarning hamd bobida Tangri taoloning buyuk yaratuvchanlik xususiyatlarini vasf qilar ekan, Allohning butun olamni vujudga keltirishdan kzlagan maqsadi Inson ekanligini quyidagi satrlarida badiiylashtiradi:
Ofariuishdiii qilib inson araz
Oni aylab xalq ichinda beavaz
Knglin oning maxzani irfon qilih,
Ul tilism ichra zin pinhon qilib (12, 9).
Ulug* shoir dunyoqarashiga kra, Allohning olamni yaratishdan maqsadi inson blgani bois uni butun yaratiqlar orasida beevaz, ya'ni tengsiz qilib vujudga keltirdi. Odamning knglini irfon-tafakkur bilan olamni anglash xazinasiga aylantirgan buyuk Tangri zini mana shu kngil tilsimi ichra yashirdi. Demak, inson ulu Yaratuvchini z knglidan izlamoi, ishq ti, dard kuli bilan poklanib shaffof holga kelgan kngil kzgusida jilvalangan Alloh jamolini krish baxtiga muyassarblmoi lozim. Buning uchun riyozat bosqichlaridan sabot va matonat bilan tib, ma'naviy komillik rutbasiga ktarilish talab etiladi. Yuksak badiiy salohiyat sohibi blgan Alisher Navoiy olamdagi eng oliy mavjudot sanalgan insonga ilohiy ne'mat sifatida in'om etilgan ong, shuur va fikrlash qobiliyati ilm bilan uning knglini yanada ma'nan boyitishni, natijada Alloh sifatlarini zida mujassam qila boshlagan kngil bilan Yaratuvchi orasida ruhan birlik hosil bIishini qushlar tilidan majoziy tasvirlaydi. Sharq xalqlari adabiyotida mayjud blgan bunday adabiy tajriba Alisher Navoiyni maktab ostonasiga endi qadam qygan davrlaridanoq ziga oshufta qilgan edi. Ulu shoir hijriy qamariy hisob bilan 60 yoshga tlganida, ana shu ruhda yozilgan Shayx Fariduddin Attorning "Mantiq ut-tayr" dostonini bolalik davridayoq yod olganini e'tirof etadi (12, 293-297).
Fors-tojik adabiyotining yirik namoyandasi Fariduddin Attor 1148-1151- yillar orasida Nishopur yaqinidagi Kadkana qishloida tavallud
topgan. Uning asl nomi Muhammad blib, shoir otasi Abubakr binni Ibrohimdan meros qolgan attorlik dkonida faoliyat krsatgan va tabiblik bilan shuullangan. Fariduddin Attor juda kplab ilohiy — irfoniy mohiyat kasb etuvchi asarlar hamda bir qator azal va qasidalar muallifidir. Manbalarda shoiming 1219-1221-yilarda vafot etganligi qayd ^tiladi.
Alisher Navoiy "Lisonut tayr"da Fariduddin Attorning vahdat Alloh bilan birlashish) sirlari tavsiriga baishlangan na/m va nasrda jod etilgan adabiy merosini juda yuksak baholaydi, Shoir olamdagi iengiz va konlarda bor narsalar Attor dkonida (ijodida) ham yuzlab nayjudligini e'tirof etadi. Eng muhimi, "Mantiq ut-tayr"muallifi .sarlarida insonni tubanlik botqoidan poklovchi oyalar zining iadiiy ifodasini topgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |