Bog'liq portal.guldu.uz-O`ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar LXamsa ijod etish uchun «Panj ganj»ning qanday xususiyatlari bu adabiy janrga xos blgan me'yor sifatida belgilandi?
2.Sharq xalqlari adabiyoti tarixida Shayx Nizomiyga izdoshlik qilish an'anasi qanday ynalishlarda davom etdi?
3.Alisher Navoiy «Xamsa»si va uning yaratilishi tarixiga doir nimalarni bilasiz?
4. "Hayrat ul-abror"dan keltirilgan maqolat va hikoyatlarning mazmun-mohiyati, oyasi nimalardan iborat?
5. Ulug* shoir "Farhod va Shirin" dotonini ijod etarkan, uni yangicha tarhda yaratish niyatini qanday tamsillar vositasida badiiy ifoda etgan? Xuddi shu holat "Layli va Majnun"da qanday bayon etiladi?
6. Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" dostonida ulu salaflarining ijodiy tajribasiga qanday munosabat bildiradi? Ularning Xusrav, Shirin va Farhod muhabbati mojarolaridan bahs etuvchi dostonlari xususidagi turkiy xamsa ijodkoriniiig e'tirozlari nimalardan iborat?
7. "Fadhod va Shirin" dostonidagi yetakchi obrazlarning ramziy-majoziy xususiyatlarini izohlang.
8. Layli va Majnun dardchil ishqiy-saiguzasht mavzuining tarixiy asosi va tadrijiy takomili xususida nimalarni bilasiz?
9. Dostondagi («Layli va Majnumdagi) tun va tush lavhalarining ziga xos xususiyatlari haqida szlang.
10. Layli va Majnunlaming pok seygisi haqidagi mushohadalaringizni bayon eting, Majnunning Ka'ba ziyorati tafeilotlari lavhasini sharhlashga harakat qffing.
11. Shoh Bahromning ishqiy saiguzashtlari mavzuining tarixi va tadrijiy takomili haqida gapirib bering.
12. "Sab'ai sayyor"dostonining Shoh Bahrom ishqiy saiguzashtlariga
baishlangan shu mavzudagi boshqa asarlardan jiddiy farqlanuvchi jihatlari nimalarda namoyon bladi?
13. Dostondagi ("Sab'ai sayyor"dagi) hukmdorlar obraziga oid fikrlaringizni bayon eting.
14. Dostondagi hikoyatlar, qasrlarning ranglari bilan qoliplovchi hikoyatning qanday boliqlik jihatlari mavjud?
15. Shoh Bahrom obrazi «Xamsa» tarkibidagi Farhod va Majnun obrazlaridan qaysi jihatlariga kra farqlanadi? Shoir "Sab'ai sayyor"da oshiqlik va shohlik haqidagi qanday falsafiy qarashlarini bayon etadi?
16. "Sab'ai sayyor" dostonidagi tush lavhasining ijtimoiy ahamiyati nimalardan iborat?
17. Iskandar haqidagi afsona va rivoyatlarning keng tarqalishini qadimgi tarixchilar qanday izohlashadi?
18. "Saddiy Iskandariy"ning nomlanishida qanday majoziy ma'no mujassam? Uni boshqa dostonlar nomlari bilan qiyosiy izohlashga harakat qiling.
19. "Iskandar va gadolikni ixtiyor etgan shahzoda muloqoti"da qanday umumbashariy muammolar xususida fikr yuritiladi?
20. Iskandarning adolatli shoh ekanligi dostondagi qaysi lavhalarda z ifodasini topgan? Ulu jahongir vasiyatining mohiyati nimalardan iborat?