Радиотехник тизимлар назарияси асослари



Download 17,68 Mb.
bet42/130
Sana13.07.2022
Hajmi17,68 Mb.
#791991
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130
Bog'liq
Astrofizika.-2-qism-I.Sattorov

a) Yupiter. Quyosh atrofida aylanadigan eng katta sayyoradir. Uning massasi Yernikidan 318 marta ko‘p. Yupiterning bizga ko‘rinadigan sirti uning zich va qalin atmosferasining yuqori qatlamlaridir.
Sayyorani ekvatoriga parallel yorug‘ sohalar (tasma) bilan bir-biridan ajratilgan ko‘plab qorong‘i tasmalarni ko‘rish mumkin (2.10-rasmga qarang). Bu yorug‘ va qorong‘i tasmalar yillar davomida asta-sekin o ‘zgaradi. Tas- malar turg‘un bulut tuzilmalar bo‘lib, ular o‘q atrofida aylanayotgan sayyora atmosferasidagi passat deb ataladigan sirkulatsiya turidir. Tasma murakkab tuzihshga ega va uni ichki tuzilmalari hamma vaqt harakatda bo‘ladi. Sayyora ekvatoridan shimol va janubdagi tasmalar ayniqsa ko‘p o‘zgaruvchandir, ular 4 yillik davr bilan ko'zdan g'oyib bo‘lib va yana yangidan paydo bo‘lib turadi.
Agar Quyosh nuri sayyorani isituvchi yagona manba bo‘lganda Yupiter sirtining temperaturasi 112 K bo‘lar edi. Biroq uning infraqizil nurlarda o ‘lchangan temperaturasi 145 K, santimetrli diapazonda —170 K ga teng. Qorong‘u tasmalarning ayrim qismlarida uzun infraqizil nurlarda 270 K gacha yetadi. Bunday yuqori temperatura qorong‘i tasmalarni tashkil qilgan chang zarralarida Quyosh nurianishining yutilishi natijasida hosil bo‘lsa kerak.


2.10-rasm. Yupiterning qizil va ko‘k shisha saralagich orqali olingan suratlari asosida tuzilgan rangli tasviri (30-sentabr, 1999)(a) va Voyadjer-l(b). Yuqori darajadagi ajratganlikka ega bo‘lgan surat (b)da tasmalar gaz uyurmalari ekanligini ko‘rish mumkin.
74

www.ziyouz.com kutubxonasi



Sayyora atmosferasida T ning yuqoriligi uning ichki issiqlik manbayi borligini ko‘rsatadi. Bu manba Quyoshdan kelayotgan issiqlik oqimiga nisbatan ikki marta ko‘p energiya chiqaradi. Bu manba sayyora atmosferasida toshqin vertikal havo oqimlarini hosil qiladi. Yuqoriga ko‘tarilgan qaynoq gaz oqimlari sovigach pastga qarab yo‘nalgan oqimlarni beradi.
Yupiter atmosferasida uzoq vaqt davomida kuzatiladigan tuzilmalar ham bor. Shulardan biri Katta Qizil Dog‘ (KQD)dir. U janubiy tropik yaqinida (22°) joylashgan (1878-yilda kashf etilgan) va hozirgi paytda ham ko'rinadi. Uning temperaturasi 120—128 K. KQD ning kattaligi 40000 x 13000 km, atrofidagi modda harakati u siklonik tuzilma ekanligini ko'rsatadi.
Yupiterning kimyoviy tarkibi uning spektriga (2.1-rasm ) asosan aniqlangan. Unda metan (CN 4), ammiak (N H 4), molekular vodorod (H 2) ning spektral chiziqlari va tasmalari bor. Shuningdek, Yupiterda He, suv bug'lari (H 20 ) , atsetelin (C2H 2), etan (C2H 4), fosftn (PH 4) va uglerod oksidi (CO) borligi aniqlangan. Yupiter atmosferasi asosan vodorod (72%) va geliy (22%)dan («Pioner»ning o'lchashlari bo'yicha vodorod 77 %, geliy
23 %) tarkib topgan (boshqa
kimyoviy elementlar 6%). Bunday *'•' * * *"* H-He tarkib va past o‘rtacha zich-
lik (1.3 g/sm 3) Yupiter qattiq yuzaga ega bo‘lmagan gaz holatdagi shar degan farazga olib keladi.
Yupiter atmosferasidagi qo- rong‘i tasmalar va qo‘ng‘ir-qizil dog‘lar aerozol (chang)dan tashkil topgan. Bu chang zarralari kattaligi 0.2—0.3 mkm bo‘lgan ammiak kristallaridir.
Yorug‘ tasmalarni polisulfid zarralar: suv kristallari va ammiak- ning suvdagi eritmasi hosil qiladi. Yupiter atmosferasida T, P ning o‘zgarishi 2.11-rasmda tasvirlangan. P = 1 atm qatlam bizga ko‘rinadigan sirt bulut qatlamga mos keladi. Bu qatlamda T ~ 100 K atrofida va undan pastda P ichki qatlamlar tomon tez suratlar bilan yetib boradi. Bulut sirt qatlamdan yuqorida stratosfera, mezosfera va termosfera mavjud. Bu qatlamlardagi T, P va p lar rasmda keltirilgan. Sayyoraning bu qat- lamlarida qutb yog‘dular, chaq-
moqlar chaqnashi kuzatilgan. 2.11-rasm. Yupiter atmosferasi kesimi.
75



Yupiter kuchli dipol ko‘rinishdagi magnit maydonga ega. Uning kucli langanligi qutblar yaqinida 4 gs, ekvatorda 0.3 gs. Sayyoraning magnit o‘c|i uning aylanish o ‘qi bilan 10° burchak tashkil etadi. Magnit maydon sayyora atrofida magnitosferani vujudga keltirgan va unda radiatsion belbog' lar mavjud. Yupiter kuchli dekametr diapazonda radionurlanish manbayi U sm va dm diapazonlarda ham radionurlanish sochadi. 3 sm da T = 160 K, 68 sm da 50000 K. Bu magnit maydonda elektronlar va protonlarniii}.', tormozlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Demak, Yupiterning radionurlanislu uning magnitosferasida hosil bo‘ladi.
Yupiter ham Saturn singari ekvator tekisligi yaqinida ichma-icli joylashgan halqa (sayyora izidan 126 000 km balandlikkachajlarga ega. Bu halqalar yupqa (3 km) bo‘lib, yonidan qaraganimiz uchun bizga ko‘rin- maydi va mayda jismlar tosh, chang va gazdan tashkil topgan. Yupiterning 27 ta yo‘ldoshi bor. Shulardan 4 tasi (Galiley kashf etgan) oddiy maktab teleskopida ko‘rinadi. Bular Io (R= 1820 km, m = 1.21m, m-Oy massasi), Evropa (1565 km, 0.66 m), Ganimed (2640 km, 2.02 m) va Kallisto (2420 km, 1.44 m). loda 7 marta vulqon otilishi qayd qilingan. Qolgan yo‘ldoshlarining kattaligi 10—240 km. Yaqinda yana 11 ta yo‘ldosh kashl etildi, ularni kattaligi 3—8 km gacha va sayyoradan <=22 mln km uzoqlikdn uning atrofida aylanadi.

Download 17,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish