T a q r i z c h i l a r : S. Nuritdinov — fizika-matematika fanlari doktori,
M.Mamadazimov — pedagogika fanlari doktori.
Uslibu qo'llanma hozirgi zamon astrofizikasi yutuqlariga asoslanib yozildi. Qo‘llanmada Quyosh lizikasi haqida ma'lumotlar, sayyoralar va Quyosh sistemasidagi boshqa jismlarni kosinik apparallar yordainida lekshirishdan olingan natijalar keltirilgan va tahlil qilingan. Shuiiiiindi'k, slalsionar (mnqiin) yulduzlarning fizik ko'rsatkichlari va ular orasidagi bog‘- liiiiishlar, iioslalsionar yulduzlanla "ro‘y" bcradigan fizik jarayonlar, Galaktikaning tuzilishi va laikihi, Mcliinalaklikiulii kiizatiladigan jarayonlar haqidagi maMumotlarga ham qoMlan- niada krng oMin hciilgan.
(jiiMlaiuii.i iiiuvnsilcllarda liamda pedagogika institutlarida fizika va astronomiya yo'nalishi ho'yiiMm liiMim olacligan lalahalarga moMjallangan. QoMlanmaclan shu yo'nalish aspirantlari v i i qiziquvc hilnn liaiii loydalanishlari mumkin.
IsroilSattarov
Muharrir /. Inog'omovM'cxnik muharrir T.SmirnovaMusahhiha //. Zokirova Kompyuterda tayyorlovchi L. Abkerimova
Bosishga ruxsat etildi 23.01.07. Bichimi 60 x 90 '/ l6. Tayms garnilurasida ofset bosma usulida bosildi. Shartli b.t. 12,5. Nashrt. 12,5. Nusxasi 1000.
0 ‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ni amalga oshirish uchun yangi o ‘quv darsliklari zaruriyati tug‘ilganligi va oxirgi 10- 15 yil davomida osmon yoritgichlarini tekshirish borasida muhim va yangi natijalar olinganligi ushbu qo‘llanmani yozishni taqozo etdi.
Qo‘llanmani tayyorlashda muallifning ko‘p yillardan buyon talabalarga o‘qigan ma'ruzalari asos bo‘ldi. Qo‘llanma hozirgi zamon astrofizikasining ko'pgina sohalarini o‘z ichiga olgan va u olti bobdan iborat. B i r i n c h i b o b d a Quyosh fizikasi masalalariga ko‘proq o‘rin berildi. Bunga sabab, birinchidan Quyosh yuza qatlamlari ko'rinadigan va batafsil tekshirish mumkin bo'lgan yagona yulduzdir va yulduzlarni tekshirishda uni o'rganishdan olingan bilimlarga tayaniladi. Ikkinchidan, Quyoshga boMgan qiziqish nihoyatda katta va Yerdagi hayot undan kelayotgan eneigiya oqimiga bog'liq. Oxirgi yillarda Yerda kuzatilayotgan global isish muammosi ko‘pchilikni tashvishga solib, bu jarayon Quyosh energiyasining o ‘zgarish natijasi emasmikin degan savol tug‘ilmoqda. Nihoyat oxirgi o ‘n besh yil ichida kosmik apparatlar yordamida Quyoshni tekshirishlar, uning atmos- fera qatlamlarini, ayniqsa, Yer atmosferasidagi radiatsion holatni belgilaydigan va Quyosh shamoli deb ataladigan plazma oqimini o‘z ichiga olgan geliosferaning tuzilishi va dinamikasi bo'yicha bajarilgan ishlar muhim natijalar berdi.
Avtomatik apparatlar yordamida sayyoralar va Quyosh sistemasining
boshqa mayda jism lari tabiatini tekshirishlar yangi va m uhim bilim - lar keltirdi. Sayyoralar sirtidan nihoyatda yuqori darajada energiya ajratilishiga ega tasvirlar olindi va o ‘rganildi hamda avtomatik apparatlar yordamida fizik va kimyoviy o'lchashlar bajarildi. Sayyoralar sirtiga avtomatik stansiyalar (mas. Mars sirtiga "Spirit") qo'ndirildi va ular yordamida sirtning fizik-kimyoviy tarkibi va tuzilishi o ‘rganildi. Sayyoralar atrofidagi ko'plab halqalar va yo‘ldoshlar kashf etildi. I k k i n c h i b o b d a ana shu jism larni tekshirishdan olingan bilimlar keltiriladi va tahlil qilinadi.
U c h i n i c h i b o b d a statsionaryulduzlarning fizik ko'rsatkichlari va ular orasidagi bog‘lanishlar tahlil qiinadi, yulduzlar evolutsiyasi to ‘g‘risidagi olingan natijalar keltiriladi. Ko‘pchilik yulduzlar qo'shaloq yulduz tizimini hosil qiladi va ularning faoliyati yakka yulduzlarnikidan
3
farq qiladi. Ularning ayrimlari atrofida sayyoralar, gaz disklar kashf etilmoqda.
Zich qo‘shaloq yulduzlar tizimi nostatsionar yulduzlar faoliyatida muhim o‘rin egallaydi. Bunday tizimlarni tashkil etuvchilari orasida modda almashinuvi ro‘y berib turadi, bu esa o‘z navbatida, yulduz faoliyatida keskin o'zgarishlar (masalan, chaqnash) hosil bo‘lishiga olib keladi. Ushbu bobda rivojlanish bosqichining boshida bo‘lgan yulduzlarning o ‘zgarish jarayonlarini tekshirishdan olingan turli-tum an muhim va yangi ma'lumotlar keltirilgan.
T o ‘r t i n c h i b o b d a bizning Galaktikamizning tuzilishi, tarkibi va fizik ko'rsatkichlarini tekshirishdan olingan yangi bilimlar keltirilgan. Bunda Xabbl kosmik teleskopi (XKT), rentgen, infraqizil va radio teleskoplar yordamida olingan natijalarga asoslaniladi. Rentgen va infraqizil diapazondagi kuzatishlar optik nurlarda bizga ko‘rinmaydigan Galakatika markaziga "qarash" imkonini berdi. Radiointerferometr teleskoplar yordamida mar- kazning yuqori darajada ajratilishiga ega xaritalari olindi. Bu natijalar Ga- laktikaning to'laroq modelini tuzish imkonini berdi.
B e s h i n c h i b o b d a Galaktikadantashqaridakuzatiladigan obyektlar, boshqa galaktikalar, kvazarlar, kvazaglarning fizik ko‘rsatkichlarini tekshirishdan olingan yangi bilimlar beriladi. M etagalaktikadagi galaktikalarning taqsimlanishi, galaktikalar spektrida chiziqlarning qizilga siljishi, Xabbl doimiysining oxirgi yillarda aniqlangan yangi qiymati va u bilan bog‘liq muammolar muhokama qilinadi. O l t i n c h i b o b d a kosmologiya asoslari, kosmologik modelni tanlash muammolari, galaktika va unda yulduzlarning evolutsiyasi nazariyasi keltiriladi.
Qo‘llanma ko‘plab grafik va rasmlar bilan boyitildi. Ular matnni to'laroq tasvirlashga, tushinishga va eslab qolishga imkon beradi degan umiddamiz. Bu rasmlar orasida XKT, sun‘iy kosmik stansiyalarga o‘rnatilgan rentgen, ult- rabinafsha, infraqizil teleskoplar yordam ida tushirilgan osm on yoritqichlarining suratlari, o‘ta uzun bazisga ega (Yer radiusi kattaligida) radiointerferometrlar yordamida olingan kosmik radionurlanish manbalari xaritalari o'rin olgan.
Ular Yer yuzida turib olingan rasmlardan yuqori darajada aniqligi bilan farq qiladi va rcntgen hamda ultrabinafsha, infraqizil nurlarda birinchi bor olinganligi bilan muhimdir. Qo‘llanma elektron versiyaga ham rejalashtirilgan.
'i