1.2-jadval
h, k mr/R T, KLg N, cnr3 Lg(R>
din/sm3
500 1.0007 5230 14.08 -1,26
1000 1.0014 6420 12.25 -1.18
1.500 1.0022 8000 11.17 -1.42
2000 1.0029 100000 10.11 -1.05
2100 1.0030 470000 9.32 -1.17
fotosfera nurlanishini toj elektronlarda sochilishi (tomsoncha sochilish) na- tijasida hosil bo‘ladi. Unda elektron konsentratsiyasi ne= 1014 m-3. Tashqi
(F) toj o ‘rta tojni o ‘rab turadi, qalinligi 2 -;-3 R 0, spektri fotosferanikiga o‘xshash qora chiziqlar bilan kesilgan tutash spektrdan iborat. Tashqi toj fotosfera nurlanishini Quyoshdan 2—3 Quyosh radiusi uzoqlikdagi chang zarrachalarida sochilishi natijasida hosil bo'ladi.
Toj yoruglik nurlarida tiniq bo‘ladi, biroq radionurlanishni kuchli darajada yutadi. Tojning radionurlanishi protonlarning elektr maydonida ozod elektronlarning tormozlanishi natijasida hosil bo‘ladi. Toj temperaturasi 1— 2 million gradus, elektron konsentratsiyasi 1011—■1015 ‘/ m 3.
1.6. Atmosferaning mayda strukturasi
Odatda, atmosferani nazariy tekshirishda u bir jinsli sferik qatlamlardan iborat deb olinadi va energiyani nuriy uzatish va muvozanat tenglamalarini yechish yo‘li bilan uning o'rtacha fizik ko'rsatkichlari (T, G , R) topiladi. Bu ko'rsatkichlar past ajratilish ( » 1 " ) ga ega bo‘lgan kuzatishlardan olingan o'lchash natijalari bilan solishtiriladi va o'rtacha taqsimotlar chiqariladi, ya'ni atmosfera modeli tuziladi. Yuqorida keltirilgan ko'rsatkichlar ana shunday atmosfera modeliga tegishlidir.
Yuqori darajada ajratilishi ( » 1 " ) ga ega bo'lgan Quyosh atmosferasi suratlarida u bir jinsli emasligi va mayda strukturaga ega tuzilmalardan tarkib topganligi, bunday tuzilmalar atmosferada gaz oqimlariga bog'liqligi va ular magnit tabiatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Atmosfera bo'ylab fotosfera ostidagi konvektiv oqimlar hosil qiluvchi tebranishlar va to'lqinlar tarqalishi topilgan. Fotosfera ostida joylashgan konvektiv oqimlar sohasiga o ‘tishdan oldin atmosfera qatlamlarining mayda strukturasi bilan tanishib chiqamiz. Ma'lumki, Quyosh atmosferasi holati uning aktivlik (faollik) darajasiga bog‘liq: aktivlik oshgan sari atmosfera tuzilmalari kuchayadi (yorug‘lashadi, kattalashadi va murakkablashadi), tez o'zgaruvchi jarayonlar kuzatiladi. Quyosh aktivligi 1.9-bandda ko‘rib chiqiladi. Tinch yoki sokin Quyosh atmosferasida kuzatiladigan mayda tuzilmalar tabiati bilan tanishib chiqaylik.
A) Fotosferada granulyatsiya va tebranishlar. Yuqori darajada ajratilish (= 1") bilan olingan fotosfera surati mayda donador (granulyatsiyali) strukturaga ega bo‘ladi. (1.12-rasm). Suratda yorug‘ dona (granula)lar bir-
18
1.11-rasm. Quyosh to‘la tutilgan paytda toj (qora gardish atrofidagi yorug‘ shu'la)ning ko‘rinishi; aktivlik maksimumida.
biridan ingichka nisbatan xira oraliqlar bilan ajratilgan. Bunday suratlar qozondagi suvi terilgan guruch donalari yupqa yog‘ oraliqlar bilan bir- biridan ajratib turgan osh sirtini eslatadi. Y onm a-yon joylashgan granulalarning bir-biridan o‘rtacha uzoqligi 1800 km, ularni bir-biridan ajratib turadigan oraliq kengligi 350 km dan oshmaydi. Granula kichkina (<300 km) yorug‘ nuqta sifatida paydo bo‘ladi va kengayib, yorug‘lasha boradi. Uning markazida vertikal bo‘yicha yuqoriga yo‘nalgan, tezligi 400 m/s bo‘lgan qaynoq gaz oqimi kuzatiladi. Bu oqim fotosferada soviydi va vertikal yo‘nalishdan og‘adi, hamma tomonga yoyilib tarqaladigan (u~250 m/s) gorizontal oqimga aylanadi.
Granula atrofida, oraliqda, Quyoshning icliki qatlamlari tomon yo‘nalgan modda oqimi (u~0.4 km/s) kuzatiladi. Katta granulalarning o ‘rtacha ko‘ndalang kesimi 1500 km. Granula maksimal kattalikka (o‘rtacha -1800 km) yetgach (8 minutda) parchalanadi va uning bo‘laklari barcha tomonga uzoqlashib, kichraya boradi va nihoyat ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi. Ularning o‘rtacha umri 30 minut (I. Sattorov). Parchalangan granula o‘mida boshqa granula paydo bo‘ladi. Granula fotosfera ostidan ko‘tarilayotgan konvektiv oqim uya (katak)ning tepasi bo‘lib, oqim granula markazidan uning chegarasi tomon yo‘naladi va undan keyin granulalar orasiga tushadi. Ko‘ndalang kesimi 1000 km va vertikal tezligi u~ 0.4 km /s bo‘lgan bunday konvektiv uyada oqimning bir marta to‘la aylanishi uchun 1000/0.4 sekund yoki » 40
1.12-rasm. Quyosh gardishining kichik (30000 ga 80000 km) bir qismi surati. Oq nurda fotosfera surati donador (granulyatsion) tuzilishga ega. Yorug‘ tuzilmalar
300>
Do'stlaringiz bilan baham: |