www.ziyouz.com kutubxonasi
mumkin. Bunday amal radiodiapazonda o‘rinli bo‘lib, X =1 mm da radio- nurlanish intensivligi A, =1 mkm dagidan yuz milliard marta kam, ya’ni 10'5 Vt/m 2 bo‘lishi kelib chiqadi. Agar Quyoshning nurlanishini issiqlik nurlanishi deb, hisoblasak bu nurlanishga mos keladigan rentgen diapazonlarda intensivlikni hisoblash mumkin. Q uyoshning radi onurlanishi ni o‘lchashlardan olingan natijalar bundan o‘nlab va minglab marta kattadir. Ya’ni Quyoshning radionurlanishi temperaturasi T~ 104—106 K ga to ‘g‘ri keladi. Bu nurlanish noissiqlik tabiatga ega va fotosferadan emas, balki uning ustida joylashgan xromosfera va toj qatlamlaridan chiqadi. Yuqoridagi singari oddiy hisoblashlami rentgen diapazon uchun ham bajarish mumkin. Bunday itisoblash natijalari Quyoshning rentgen nurlanishi ham noissiqlik tabiatiga va u 105—106 K temperaturaga mos keladi degan xulosaga olib keladi. Shun- day qilib, Quyosh atmosferasi ichki va tashqi qatlamlarga bo‘linadi. Ichki qatlam fotosfera deb ataladi va uning nurlanishi issiqlik tabiatga ega. Fotosferani
Quyoshning to‘la energiyasiga qo‘shayotgan hissasi 99%. Atmosferaning hissasi 1% boisa-da, bu qatlamdan chiqayotgan nurlanishning temperaturasi 105— 106 K ga teng.
1.8-rasmda Quyoshdan kelayotgan nurlanish oqimida energiyaning taq- simlanishi tasvirlangan. Nurlanish oqimini Quyosh gardishining barcha qismlaridan chiqayotgan nurlanishlar hosil qiladi va uning maksimumi (-200 Vt/m 2 mkm) 0.5 mkm ga to‘g‘ri keladi. 1.8-rasmdan ko‘rinib turiptiki, maksimumdan o‘ng va chap tomonga nurlanish oqimi energiyasi kamayib boradi. Unda UB va IQ nurlar hissasi o‘n marta, rentgen va radio nurlanishlar hissasi esa minglab marta kam. 1.8-rasmdagi egri chiziqlar
1.8-rasm.Quyoshspektridaenergiyaningtaqsimlanishi: a) spektrobolometr yordamida yozib olingan spektr; b) yutish chiziqlari hisobga olingandan keyingi silliqlangan taqsimot; v) atmosferadan tashqarida bajarilgan o‘lchash natijalariga asoslangan taqsimot.
13
bilan absissa o‘qi hosil qilgan chizma yuzasi Quyoshning to‘la energiyasini beradi. Yer atmosferasidan tashqarida Quyosh nurlariga tik qo‘yilgan 1 m2 yuzani Quyosh 1366 Vt quvvat bilan isitadi. Bu quwat 11 yillik davr bilan biroz (1-2 Vt ga) ko'payib, kamayib turadi va bunday o'zgarish Quyosh aktivligining kuchayishi va susayishi bilan bogiiq. Quyosh aktivligining kuchayishi uni UB, rentgen va radio nurlanishlarining katta miqdorda orti- shiga sababchi boiadi (1.6-rasmga qarang). Bu mavzuga keyinroq qaytamiz.