Galaktikamizning tuzilishi



Download 49 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi49 Kb.
#217261
Bog'liq
Galaktikamizning-tuzilishi.-Galaktika-obyektlari.-Galaktikada-yulduzlarning-taqsimlanishi


Galaktikamizning tuzilishi. Galaktika obyektlari. Galaktikada yulduzlarning taqsimlanishi. Yulduz to`dalari va tumanliklar

REJA:
1. Galaktikamizning tuzilishi va o`lchamlari.



2. Galaktikamiz obyektlari ( tashkil etuvchilari).

3. Galaktikada yulduzlarning taqsimlanishi.

4. Yulduz to`dalari ( sharsimon va sochma).

5. Gaz- chang tumanliklar.
Endi Koinot tuzilishi haqidagi zamonaviy tasavvurlar bilan tanishamiz. Bu bizga Quyosh sistemamiz, jumladan Yerning Koinotdagi o`rni haqida tushuncha beradi.

BIZNING GALAKTIKAMIZ. Tunda qorong`u osmonga qarab butun osmon bo`ylab cho`zilgan yorug` kamarga ko`zimiz tushadi. Bu ( Somon yo`lidir. Somon yo`li bo`ylab kuzatilsa, uning hamma qismining kengligi bir xil emasligiga ko`zimiz tushadi. Oddiy dala durbin yoxud kichiqroq teleskopdan Somon yo`ligi karalgandayok u g`ij-g`ij yulduzlardan tashkil topgani ko`rinadi. Uning ayrim qismlarida yulduzlar aslo ko`rinmaydi. Buning sababi, Somon yo`lining shu qismida joylashgan gaz-chang bulutlar bo`lib, ularda yulduzlarning nurlanishlari yutilib bizga ko`rinmaydi. Osmonda ko`rinadigan barcha yulduzlar, Galaktikamizning tarkibini tashkil qiladi.

Bizni Quyosh ham (bir oddiy yulduz sifatida), shu ulkan yulduzlarning to`dasining a`zosi bo`lgani uchun biz uni Bizning Galaktikamiz deb nomlaymiz. Galaktikamizga kiruvchi yulduzlarning asosiy qismi fazoda egallagan formasi qavariq linza ko`rinishiga uxshaydi. Linza ko`rinishidagi Galaktikamizning diametri salkam 100 ming yorug`lik yiliga teng, qalinligi esa 7 ming yorug`lik yiliga tengdir. Quyosh sistemasi, Galaktikamizning markazidan uning radiusining 2G`3 qismiga teng masofada (33 ming yorug`lik yili) joylashadi. Agar Galaktikamiz diskiga (ya`ni Somon yo`li tekisligiga) tepadan turib, boshqacha aytganda, uning tekisligiga tik yo`nalish tomonda turib qaralsa, Galaktikamiz - markazdan spiral ko`rinishda tarqaluvchi, soat mayatnigi prujinasini eslatuvchi yenglar ko`rinishini oladi. Quyosh sistemasi tomondan qaralganda, Galaktikamizning markaziy yadrosi Qavs yulduz turkumiga proyeksiyalanadi.

Hisob-kitoblar, Galaktikamizda, 150 mlrd ga yaqin yulduz borligini ma`lum qiladi. Maxsus kuzatishlar esa, yulduzlarning ulkan bu to`dasi uning markazi atrofida aylanishini ma`lum qiladi. Barcha yulduzlar, jumladan Quyosh (o`z “oila a`zolari”- planetalarni ergashtirib), Galaktikamiz yadrosi atrofida Somon yo`li tekisligiga (Galaktikamizning ekvator tekisligi ham deyiladi) parallel ravishda aylanadi. Bunda yulduzlarning tezliklari, ularning Galaktikamiz yadrosiga yaqin yoki uzoq joylashganiga ko`ra har xil bo`ladi. Quyosh va uning yaqinida joylashgan yulduzlarning aylanish tezliklari sekundiga 250 km ni tashkil qilib, davri taxminan 200 mln yilga teng.

Yulduzlar Galaktikamizning asosiy qismini tashkil qiladi. Biroq bu degan so`z, u faqat yulduzlardan tuzilgan degani emas, unda yulduzlardan tashqari yulduzlarning turli sistemalari (qo`shaloq yulduzlar, karrali yulduzlar, yulduz to`dalari va gujlari), yulduzlararo gaz va chang muhit (bulutlar va tumanliklar), kosmik nurlar (vodorod va geliy atomlari va boshqalar) uchraydi. Galaktikada materiya: har ikkala ko`rinishda modda va maydon (elektromagnit va gravitatsion maydon ko`rinishida) ham uchraydi.

Asrimizning 20-yillarida Galaktikamizdan tashqarida, millionlab yorug`lik yili masofasida, bizning Galaktikamizga o`xshash va milliardlab yulduzlardan tashkil topgan ko`plab Galaktikalar mavjudligi aniqlangan.

Tashqi Galaktikalar o`z o`lchamlariga ko`ra, turlicha kattaliklarda uchrab eng yiriklari milliardlab mittilari esa bir necha millionlab yulduzni o`z ichiga oladi. Gigant galaktikalarning o`lchamlari 50 ming parsekkacha (ya`ni diametri 150 ming yorug`lik yiligacha ) borgani holda, eng kichiqlari bir necha 100 parsekdan ortmaydi.

Galaktikalar tashqi ko`rinishlari bilan ham bir- birlaridan keskin farq qilib, ular asosan uchta guruhga bo`lingan: elliptik, spiral va noto`g`ri formadagi galaktikalar.

Ulkan galaktikalardan biri Andromeda yulduz turkumida proyeksiyalanib ko`rinadi. Va shu yulduz turkumining nomi bilan Andromeda galaktikasi (ba`zan Andromeda tumanligi) deb yuritiladi. Andromeda tumanligi bizdan 2 million yorug`lik yiliga teng masofada yotadi. Havo tiniq bo`lgan tog`lik rayonlarda tunda uni oddiy ko`z bilan ko`rsa ham bo`ladi. U Andromeda yulduz turkumida yorug` tuman dog` shaklida ko`rinadi.

Spiral galaktikalar koinotda keng tarqalgan bo`lib, bizga qo`shni boshqa shunday galaktika M-51 nomi bilan mashhur. Ungacha masofa 1, 8 million yorug`lik yilini tashkil qiladi. Noto`g`ri formadagi bizga qo`shni galaktikalar Katta va Kichiq Magellan bulutlari deb nom olgan.

Bir- biriga yaqin joylashgan galaktikalar o`zaro dinamik bog`lanib, bu galaktikalarning massa markazi atrofida aylanadigan, bir sistemani tashkil etadi. Galaktikalarning bunday sistemasi -Mahalliy galaktik to`da deyiladi. Koinotda mahalliy galaktik to`dalar topilgan. quvvatli teleskoplarning ishga tushishi bilan Koiontning ko`rinadigan chegarasi bizdan yanada katta masofaga uzoqlashdi. Bunday quvvatli teleskoplarda kuzatishlar, bizdan juda uzoq masofalarda galaktikalar to`dalarining to`dalari ham borligini ma`lum kildi. Ular fanda o`tagalaktikalar deb nom oldi. O`tagalaktikalar, bugungi kunda, Koinotda kuzatiladigan eng yirik sistema hisoblanadi.

Umuman hozirgi zamonda ko`zga ko`rinadigan koinotning qismi (uning radiusi 10- 12 milliard yorug`lik yilini tashkil etadi) esa Metagalaktika deb yuritiladi. Metagalaktikada yuzlab o`tagalaktikalar kuzatilib, uning chegarasi ichidagi barcha galaktikalarning soni 10 milliardga yaqin deb taxmin qiladi bugun astronom - olimlar.

Koinotda yulduzlar faqat yakka holda uchramay, o`zaro dinamik bog`langan holda qo`shaloq, uchtadan, to`rttadan va nixoyat juda ko`p sonli -yuzlab, minglab, to`da shaklida ham uchraydi. O`nlab yulduzlardan bir necha minggacha yulduzlarni o`z ichiga olib, o`zaro dinamik bog`langan yulduzlarning sistemalari- yulduz to`dalari yoki g`ujlari deb yuritiladi.

Tashqi ko`rinishiga ko`ra yulduz to`dalari ikki gruppaga - sochma va sharsimon to`dalarga bo`linadi. Sochma yulduz to`dalari bir necha o`n yulduzdan bir necha minggacha yulduzlarni o`z ichiga olgani holda, sharsimon to`dalar o`n mingdan -yuz minggacha yulduzlarni o`z ichiga oladi.

Galaktikamizda 800 ga yaqin sochma to`dalar bo`lib. ularning diametri 1, 5 parsekdan 15 parsekkacha boradi. Sochma yulduz to`dalarining yaxshi o`rganilgan tipik vakillari -Savr yulduz turkumidagi Xulkar deb nomlangan to`da bo`lib, Quyosh sistemasidan parsekli masofada joylashgan.

Sharsimon yulduz to`dalari sochma yulduz to`dalaridan ximik sostavi bilan farqlanadi. Xususan sochma yulduz to`dalarining spektrida og`ir elementlarning miqdori 1-4 protsentni tashkil qilgani holda, sharsimon to`dalarda atigi 0, 1-0, 01 protsentni tashkil qiladi. Bunday hol ma`lum galaktikada sharsimon va sochma yulduz to`dalarining paydo bo`lishida turlicha sharoit mavjud bo`lganidan dalolat beradi. Shuningdek, bu sharsimon to`dalar hali og`ir elementlarga boyib ulgurmagan sferik formadagi protog`alaktik gaz tumanligidan paydo bo`lgan degan ilmiy gepotezaning tugilishiga olib keldi.



Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. Martinov D.Y. Kurs obshey astrofiziki.- M., Nauka- 1990.

  2. Martinov D.Y. Kurs prakticheskaya astrofiziki.- M., Nauka 1997.

  3. Minnart M. Prakticheskaya astronomiya.- M., Mir-1991.

  4. Sobelev V.V. Kurs teoricheskoy astrofiziki.- M., Nauka-1985.

  5. Shklovskiy I.S. Zvezdi. Ix rojdeniya, jizn i smert.- M.,Nauka-1995.

  6. www.ziynet.uz

Download 49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish